Masalan, zamonaviy g’arbiy firma (korporatsiya) 20-25 dan kam bo’lmagan (ba’zida 40 gacha) ichki va tashqi ishlab chiqarish vazifasiga ega. - Ular quyidagilar:
- Asosiy ishlab chiqarishni boshqaruvi.
- Yordamchi ishlab chiqarishni boshqaruvi.
- Xizmatga ishlab chiqarishni boshqaruvi.
- Marketing boshqaruvi.
- Moliya boshqaruvi.
- Sifat boshqaruvi.
- Mehnat boshqaruvi.
- Yangiliklar kiritish boshqaruvi.
- Xodimlar boshqaruvi va boshqalar.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi: Korxonaning nima, qachon, qaerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan siyosati - Boshqaruv sub’ekti ishlab chiqarish resurslari va asbob-uskunalardan foydalanish siyosatini belgilaydi, ishlab chiqarish vositalarining ishchi kuchi bilan birlashuviga ko’maklashadi. Ya’ni korxonaning nima, qachon, qaerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan siyosati, birinchi o’rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. Shu sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo’lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Boshqaruv amallari ishlab chiqarish jarayonining yakunlanishi uchun moddiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. Aytish mumkinki, boshqaruv amallari boshqaruv faoliyati va natijalari o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning, jumladan, boshqaruv foliyatining o’zining samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning allohida elementlari va bo’g’inlari o’rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim o’rin egallaydi. Bu erda boshqaruv organi (sub’ekti) yoki boshqaruvchi shaxs tomonidan boshqariluv organiga nisbatan ta’sir ko’rsatishning o’zigina kamlik qiladi. Boshqarilayotgan ob’ektdan boshqaruv ob’ektiga javob tariqasida teskari aloqa ham bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |