"zamonaviy lingvistika"


- seminar mashg`uloti. Konseptual tahlil metodlari


Download 321.66 Kb.
bet24/39
Sana16.06.2023
Hajmi321.66 Kb.
#1504671
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
zamonaviy lingvistika

5- seminar mashg`uloti. Konseptual tahlil metodlari.
REJA:
1. Konseptual tahlil metodi.
2. Konseptual metaforik tahlil metodi va uning texnikasi.

Tayanch so‘zlar:


Modellashtirish, etnogenez, psixolingvistika, kognitiv xarita, sotsiolingvistika, metoforik tahlil, etnolingvistika, kibernetika, semiotika, freym, freym tahlili…
Hozirgi vaqtda kognitiv tilshunoslikda keng tarqalgan konseptual tahlil metodlardan biri freym tahlili hisoblanadi. Lingvokognitologiyaga ko‘ra, har qanday matn ma’lum bir freym ifodasidir. Freym nazariyasini yaratgan olimlardan biri M.Minskiy unga shunday ta’rif beradi: “....freym – stereotip vaziyatlarni namoyon qilish usullaridan biri hisoblanib, har qanday freymda ko‘p qirrali axborot o‘zaro bog‘langan bo‘ladi”. Binobarin, freym u yoki bu tipik vaziyatning keng hajmli prototipi bo‘lib, matn yaratilishi jarayonida kognitiv kontekst vazifasini bajaradi. Bu o‘rinda shuni ham aytish lozimki, matn yaratilishi tadqiqida kognitiv tuzilmalardan biri bo‘lgan geshtalt ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi tilshunoslikda mavjud bo‘lgan semantik geshtalьtlar nazariyasi tilning lug‘aviy sathini o‘rganishga tatbiq etilgan. Geshtalьt hodisasini matn bilan bog‘lab o‘rganuvchi tadqiqotlar soni esa juda oz. Vaholanki, har qanday matn yaratilishi “butundan – bo‘lakka” jarayonini aks ettiradi. Prof. SH.Safarov fikriga ko‘ra, geshtalьt va matn yaratilishini uzviylikda tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Psixolingvistik nuqtai nazardan matn yaratish va uning mazmuniy pertseptsiyasi individning nutqiy tafakkuri mahsuli, ob’ektiv borliqni til tizimi vositasida aks ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda matnning shakli va mazmuni muayyan kommunikativ vaziyat qatnashchisi – konkret shaxsning psixologik xususiyatlari bilan uzviylikda tadqiq etiladi.
Matn idrokini dekodlash sifatida talqin etish o‘tgan asrning so‘nggi choragida e’tiborni jalb qilgan qarashlardan biri bo‘ldi. Mashhur psixolingvist L.S.Vigotskiy “Mыshlenie i rechь” (“Tafakkur va nutq”) kitobida (Moskva, 1982) verbal tafakkur tabiatini keng miqyosda yoritib berdi. Dekodlash nazariyasini rivojlantirishda “Jinkin maktabi” deb nomlangan yo‘nalish vakillari katta rolь o‘ynadilar.
N.I.Jinkin o‘z tadqiqotlarida UPK (universal-predmet kodi) haqidagi nazariyani ilgari surdi. Bu qarashlarga ko‘ra, inson nutqi dastlab uning ongida amorf – shaklsiz holatda bo‘ladi. Bu verbal shakl emas, u tasavvur holatida bo‘ladi. Bunday predmet kodi barcha millat vakillari uchun universal xarakterda bo‘lib, uni barcha tillarga tarjima qilish mumkin.
N.I.Jinkinning mazkur qarashini I.N.Gorelov o‘z tadqiqotlarida rivojlantirib, UPK axborotni uzatish kommunikativ usullarining neyrofiziologik ko‘rinishi ekanligini qayd etdi. I.N.Gorelovning fikriga ko‘ra, aynan mana shu jarayon tafakkurning tilga aylanish bosqichida vositachilik vazifasini bajaradi.
XX asrning so‘nggi choragidan jahon tilshunosligida lisoniy faoliyat mahsuli bo‘lgan har qanday nutqiy tuzilmani uni yaratuvchi va idrok etuvchi shaxs – muallif va retsipient muloqoti nuqtai nazaridan tadqiq etishga katta e’tibor qaratila boshlandi. Nutqiy tuzilmani muloqot jarayoni sifatida o‘rganish diskurs tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. O‘tgan asrning 50-yillarida amerikalik tilshunos Zellig Xarris tomonidan birinchi marta qo‘llangan diskurs so‘zi bugungi kunda tilshunoslikning markaziy masalalaridan birini ifodalovchi hodisani anglatmoqdaTilshunoslik shunday fanki, uning xilma-xil fan sohalari bilan bog‘liqlik tomonini olsak, bunday fan sohasini topish qiyin. Bu tilshunoslik fanining predmeti, ya’ni tilning o‘ziga xos xususiyati orqali izohlanadi.
Avvalambor, til - bu ijtimoiy hodisadir, chunki u jamiyat tomonidan yaratiladi,uning a’zolariga asosiy muloqot vazifasi sifatida xizmat qiladi va jamiyatning eng zarur sharti – mavjudligini tashkil qiladi.
Shuning uchun til ijtimoiy fan sohalari doirasiga kiradi va falsafa, tarix bilan bog‘liqligi bor, shuningdek, jamiyat hayotini o‘rganuvchi: arxeologiya, etnografiya va hokazolar bilan ham bog‘liqdir.
Tilshunoslik falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Falsafa barcha fanlarning metodologiyasini belgilab beradi. Tilning mohiyati, tilning rivojlanishi, tilda shakl va mazmun munosabati, til va tafakkur, narsa – predmetlarni atash prinsiplari kabi muhim masalalar umumiy tilshunoslikda ham, falsafada ham talqin etiladi. Tilshunoslik bilan falsafa o‘rtasida paydo bo‘ladigan muammolarni mantiq va grammatika o‘rganadi.
Tilshunoslik tarix (kishilik jamiyati taraqqiyoti haqidagi fan) bilan o‘zaro bog‘liq. Ayniqsa, tilning lug‘at tarkibi, uning ish ko‘rish doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan bog‘liqdir.
Til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun kishilik jamiyatining tarixi tilda bevosita o‘z aksini topadi. So‘zlarning tarixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda tarix tilshunoslikka katta yordam beradi.
Masalan, hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan arab, fors va boshqa tillardan o‘zlashib qolgan so‘zlarni o‘rganishda tarix dalilllari e’tiborga olinadi. Masalan kartofel so‘zini olib ko‘raylik.
Tarixdan ma’lumki, “kartofel” Yevropaga Lotin Amerikasidan keltirilgan bo‘lib, uning mahalliy nomi patata edi. Keyinchalik esa italyanlar unga tartufolo degan nom berganlar. Nemislar esa bu italyan so‘zining talaffuzini bir oz o‘zgartirib kartoffel deb atay boshlaganlar.
Tilshunoslik va tarixning bog‘lanishi ikki tomonlamadir: tarix materiallari til taraqqiyotini o‘rganish uchun va aksincha til materiallari tarix uchun, ayniqsa, xalqning paydo bo‘lishi (etnogenezi), xalq madaniyati tarixi, xalqlar o‘rtasidagi aloqa kabi tarixiy muammolarni o‘rganishda muhimdir.
Tilshunoslik qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining o‘tmishini o‘rganuvchi fan - arxeologiya (yunoncha archai – logiya o‘tmish to‘g‘risida hikoya) bilan ham bog‘liqdir.
Arxeologik qazilmalarda topilgan turli mehnat qurollari, bezaklar, ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar til tarixini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, tilshunoslik xalqlarning kelib chiqishi, tarkibi, urf-odatlari: moddiy, ma’naviy va ijtimoiy madaniyatini o‘rganadigan etnografiya (yunoncha etnos – xalq, grapho - yozaman) bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi.
Til – etnik belgi. Bir xalq tilining boshqa xalq tili bilan bo‘lgan munosabatini aniqlash orqali etnograf xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqani kuzatishi mumkin. Tilshunos u yoki bu tilni o‘rganishda xalq etnografiyasi materiallaridan foydalanadi. Ayniqsa, dialektal leksikani o‘rganishda etnografik ma’lumotlar qo‘l keladi.
Tilshunoslikning etnografiya bilan aloqasi tillarni tasnif qilishda, xalqlarning tarixiy taraqqiyotini tilda o‘z aksini topishini o‘rganishda ham namoyon bo‘ladi. Tadqiqotning bu yo‘nalishi etnolingvistika deb ham yuritiladi.
Til o‘ziga xos xususiyatga ega insoniy hodisa bo‘lib, shu vaqtning o‘zida inson tafakkurining samarasi va tafakkurning moddiy shakli hamdir.
Til yordamida insonlar o‘zlari va boshqalar uchun tushunarli tarzda fikr va his-tuyg‘ularini ifoda qiladilar.
Shuning uchun til haqidagi fan tafakkur qonunlarini va inson psixikasini o‘rganuvchi fanlar mantiq va psixologiya bilan bog‘liqdir.
Til – fikr ifodalash quroli. Fikr esa mantiqda o‘rganiladi. Grammatikaning kategoriyalari mantiq kategoriyalarni ifodalaydi. Mantiq bilan grammatikaning ob’ektlari – fikr va til o‘zaro bog‘liq.
Tilshunoslik psixologiya bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Psixologiya – inson ruhiy jarayonining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Tilshunoslik bilan psixologiya o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammo psixolingvistikada o‘rganiladi. Psixolingvistika inson nutq faoliyati qonuniyatlarini o‘rganadigan, tilshunoslik bilan psixologiya fanlarini bir biriga uzviy bog‘laydigan yangi sohadir. Tilning lug‘at boyligini yod olish mumkin, ammo gaplar sonini yod olish yoki eslab qolishga inson qodir emas. Darhaqiqat, inson ma’lum miqdordagi tajriba va qoidalar yordamida cheksiz miqdorda yangidan-yangi jumlalarni yaratish qobiliyatiga ega.
Psixolingvistika fanining asosiy maqsadlaridan biri ana shu qobiliyatning rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganishdir.
Modomiki, til – inson fikrini amalga oshirish vositasini tashkil qilsa, u insoniy madaniyatning rivojlanish va mavjudligini ro‘yobga chiqaradi va barcha qoidalarning ifoda vositasi hisoblanadi.
Madaniyatning shunday sohasi borki, unda til qurilish materialidek yoki bo‘lmasa, xuddi musavvirning bo‘yoqlari yoki haykaltaroshning loyi va marmaridek xizmat qiladi.
Bu – adabiyotdir.
Adabiyotshunoslik va tilshunoslik faqatgina chegaradosh emas, balki bir-biriga singuvchi sohalardir. Yozuvchining ijodi o‘rganilayotganda, uning asarining tili ham o‘rganiladi, tilshunos uchun material sifatida badiiy adabiyot xizmat qiladi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik filologiyani tashkil qiladi. Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslikning aloqasi ayniqsa stilistika, adabiy til tarixi, adabiyot muammolarini o‘rganishda yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Til – ijtimoiy hodisa bo‘lib, shu bilan birga u insonning fiziologik tuzilishi, nerv sistemasi, miyasi, nutqiy apparati bilan bog‘liqdir. Tilshunoslik organizmni o‘rganuvchi fiziologiya, tibbiyot kabi tabiiy fanlar bilan ham bog‘liqdir.
Inson fiziologiyasi, xususan, akademik I.B. Pavlovning 2-signal sistemasi nazariyasi tilshunoslik faniga ham qo‘shilgan ulkan hissa bo‘ladi.
Inson oliy nerv sistemasining faoliyatini o‘rganish tovushlarning o‘zgarish qonuniyatlarini assimmilyatsiya va dissimilyatsiya kabi fonetik hodisalarni ilmiy tushunishga imkon beradi. Til tovush tarzida mavjuddir, buni fizik hodisa sifatida ko‘rishimiz mumkin. Tabiatdagi xohlagan tovush alomatlari inson nutqining akustik tovushida ham mavjud. Shundan ma’lum bo‘ladiki, tilshunoslik fizika bilan ham bog‘liqdir.
Nutq tovushlari xususiyatlarini (ohang, ton, tembr va hokazolar), nutq tovushlarini tasnif qilish prinsiplarini o‘rganishda fizika fanining hissasi bor.
Til – fikrni ifoda qilish va yetkazishning asosiy vositasidir, lekin tildan tashqari boshqacha – imo-ishoralar, mimika, sonlar, tasviriy san’at va boshqalar yordamida ham yetkazish mumkin. Har xil signallar, o‘xshashliklar va farqlarni aniqlaydigan fan semiotika deyiladi.
Fanda anchadan beri texnik vositalar yordamida uzoq masofalarga xabarlarni yetkazishga harakat qilingan. Hozirgi paytda bu telefon, radio, televideniya, elektron mashinalar (axborot beruvchi mashinalar), kompyuter, faks, uyali telefonlar, “internet”, elektron pochtalar, sun’iy yo‘ldosh yordamidagi aloqalar shular jumlasiga kiradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan, axborot yuborish bilan shug‘ullanuvchi fan axborot nazariyasi deyiladi.
Bunda aloqa kanallari orqali axborot yuborish tushuniladi. Axborot nazariyasi kibernetika fanining bir tarmog‘i hisoblanadi.
Shunday qilib, aloqaning asosiy masalalari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar tilning tuzilishi va funksiyalari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslar bilan hamkorlik qilishlari kerak.
Umuman, keyingi paytda tilshunoslikning amaliy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Chet tillarini o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish,turli xildagi lug‘atlarni tuzishda matematika, fizika, kibernetika kabi tabiiy fanlarning tilshunoslik bilan munosabati mustahkamlanmoqda.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, tilshunoslik bilan bog‘liq fanlar va ularning tarmoqlari tilning ushbu fanlar nuqtai nazaridan eng ahamiyatli aspektini o‘rganadi. Masalan: sotsiolingvistika - tilning eng ahamiyatli aspekti – tilning ijtimoiy hodisa ekanligini, tilning jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq ekanligini, ya’ni tilning kommunikativ aloqa vositasi funksiyasini tadqiq etadi.
Mantiq uchun eng ahamiyatli bo‘lgan aspekt – til bilan tafakkur, mantiq bilan til kategoriyalarining o‘zaro munosabatidir. Nutq faoliyatini kuzatish afaziya (nutq buzilishi) turlarini tasnif qilish natijasida fiziolog oliy nerv sistemasining faoliyatini, nutq jarayonini o‘rganadi. Ammo fiziolog bilan sotsiologning yoki psixolog bilan faylasufning tilga bergan ta’rifi bir xil bo‘lavermaydi.
Xulosa, tilshunoslik til haqidagi mustaqil fan bo‘lib, uning obyekti – til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan o‘rganilishni talab qiladigan murakkab sohadir. Tilning mohiyatini o‘rganish va tilshunoslik fanining predmetini aniqlash masalasi, o‘z navbatida, tilni o‘rganadigan boshqa fanlarning yutuqlarini nazarda tutishi va tilshunoslikning asosiy muammolarini hal qilishda ularni hisobga olishni taqozo qiladi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:



Download 321.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling