Zamonaviy maktab


Download 20.06 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi20.06 Kb.
#1081650
Bog'liq
Savolnoma Zamonaviy maktab


Zamonaviy maktab”larni baholash uchun taqdim etilishi
lozim bo‘lgan hujjatlar

RO‘YXATI


Barcha hududiy xalq ta’limi boshqarmalari:
2022-yil (yanvar-dekabr) davomida maktablarning byudjetdan tashqari topgan mablag‘lari haqidagi hujjatni (tasdiqlangan holda) ishchi guruhga o‘rganishdan kamida bir (1) kun oldin taqdim etishi kerak.
Barcha o‘rganiladigan umumta`lim muassasalari:

  1. 2021-2022-o‘quv yili yakuni (4-chorak) bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (jami sinflar soni, jami o‘quvchilar soni, har bir sinfda nechta o‘quvchi tahsil olayotgani haqidagi hujjat).

  2. 2021-2022-o‘quv yili uchun mikrohudud hujjati (umumta’lim muassasasiga biriktirilgan mikrohududdan keluvchi va boshqa mikrohududlardan keluvchi o‘quvchilar soni).

  3. 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilarining (2022-yil may) OTM va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari (xorijiy OTM, xorijiy OTMning O‘zbekistondagi filiali, xususiy OTM, TOP-1000, respublikadagi OTMlarga grant, kontrakt, superkontrakt yoki boshqa OTMlarga, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litseylarga o‘qishga kirgan o`quvchilarning to‘liq ro‘yxati) va bandligi ta’minlangan o‘quvchilar ro‘yxati (qayerda, qaysi lavozimda ishlayotgani va boshqalar).

  4. 2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘quvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida fandan tashqari turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar (sport, san’at, AKT, kitobxonlik, kasbiy yoki boshqa shu kabi musobaqa va tanlovlarda faqat g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarning diplomlari).

  5. 2021-2022-o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejasining mavjudligi (tashkil qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq).

  6. 2021-2022-o‘quv yili holatiga maktabda tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot hamda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni (o‘quvchilar soni takrorlanmasligi kerak), (maktabdagi jami to‘garaklar soni shundan, fan to‘garaklari, sport to‘garaklari, ijodiy to‘garaklar (musiqa, rassomchilik, teatr, QVZ, xo‘r jamoalari), zamonaviy to‘garaklar (dasturlash, injenerlik, robototexnika).

  7. 2021-2022-o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari (inklyuziv ta’lim) bo‘lgan o‘quvchilarnig hujjatlari (ko‘zi, nutqi va eshitishida hamda tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar) hamda ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilganligi (bayonnoma).

  8. 2021-2022-o‘quv yili davomida maktabda o‘quvchilar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, ular bilan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (o`quvchi ustidan o‘qilgan sud hukmi to‘g‘risidagi hujjat, maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchi jinoyat qilishidan oldin va keyin amalga oshirilgan ishlar to‘g֥‘risidagi hujjatlar).

  9. 2021-2022-o‘quv yili holatiga o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati (tuman xalq ta’limi bo‘limiga topshiriladigan davomat jadvali (tasdiqlangan holda) hamda maktab mas’ul xodimi tomonidan yuritiladigan davomat daftari)

  10. 2021-2022-o‘quv yili uchun ish rejalarning mavjudligi (Direktor ish rejasi, MMIBDO‘ ish rejasi, O‘IBDO‘ ish rejasi).

  11. 2021-2022-o‘quv yili uchun yillik hisobotlarning mavjudligi (Direktor yillik hisoboti, MMIBDO‘ yillik hisoboti, O‘IBDO‘ yillik hisoboti).

  12. Ta’lim muassasasini rivojlantirish strategiyasining mavjudligi
    (3 yillik istiqbolli reja).

  13. 2022-yil davomida “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etgan o‘quvchilarning bitiruvchi sertifikatlari (elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin).

  14. 2022-yilining (may-sentabr) holatiga tarifikatsiya (tarifikatsiyada ma’muriyat xodimlari, texnik xodimlar va o‘qituvchilarning ma’lumoti hamda malaka toifalari aks etgan bo‘lishi lozim).

  15. Maktabda inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus shtatlar (Logoped, surdo, tiflo, olegofreno va boshqalar) mavjuda bo‘lsa ularda ishlayotgan xodimlarning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.

  16. Maktabda faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchilarning oliy va birinchi malaka toifasi hujjatlari (oliy yoki birinchi malaka toifasi sertifikatlari)
    (2021-2022-o`quv yili yakuniga qadar amalda bo`lgan).

  17. Maktabda faoliyat yuritib kelayotgan chet tili o‘qituvchilarining
    (ingliz, nemis, fransuz, rus va boshqalar) milliy va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darjalari to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi
    (ielts, toefl, ibt, fce va boshqalar) (2021-2022-o`quv yili yakuniga qadar amalda bo`lgan).

  18. 2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qituvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar.

  19. Maktabning kadastr hujjati.

  20. Kutubxonaga tegishli barcha hujjatlar (kutubxonaga a’zo barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarning a’zolik hujjati, kutubxonada mavjud adabiyotlar soni, o‘quvchilar tomonidan 2022-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qilgan kitoblar soni va boshqalar).

Download 20.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling