Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
135
bo‘lsa, barcha ushbu maqsadga erishishga еtarli darajada jiddiylik bilan yondashish uchun siz qo‘shimcha 
ravishda tushuntirishingizga to‘g‘ri keladi. 
“Buni menga qanday foydasi bor” degan savolga o‘z javobingizni o‘ylab qo‘ying. O‘quvchilar u yoki 
bu ko‘nikma va qobiliyatga ega bo‘lishdan o‘zi uchun qisqa va uzoq muddatli foydani ko‘ra bilsa, ular ushbu 
maqsadga erishishga ko‘proq intiladilar. Bajara olmaydigan ishlarni va’da qilmang. “Tushunish va bilish” 
so‘zlarini ishlatmang. Ular uni tushunganligini qanday bilamiz? Ular uni tushunayotganliklarini qanday 
namoyon qilishlari mumkin? Ushbu savollarning so‘nggisiga javob, ta’lim maqsadlarini yanada samarali 
ifodalash usullarini belgilash masalasiga aniqlik kiritadi. 
Baholash mezonlarini oldindan o‘ylab qo‘ying. Qanday qilib o‘lchash mumkinligini tushunish oson bo‘lsa, 
maqsadlarni ta’riflashni boshlashingiz mumkin. Maqsad – ta’riflarini oldindan tekshirish. Siz maqsadlarni еtarli 
darajada ravshan qilib tushuntirganingizga ishonch hosil qilish uchun, guruh ishtirokchilariga quyidagi savolni 
bering: “bu еrda nima haqida gap ketmoqda?”, shuningdek, “maqsadlaringiz ta’rifini hamkasblaringizda 
sinab ko‘ring”. O‘zingiz ta’limning yakuniy maqsadini aniq tasavvur qilmasangiz biror narsani o‘rgatishga 
urinmang. Baholash mumkin bo‘lmagan maqsadlarni belgilamang. Biror-bir ta’lim maqsadini belgilashga 
еtarli asos mavjud bo‘lsa, demak unga erishish ehtimoli va baholashning biror-bir usuli, albatta, mavjud 
bo‘lishi kerak. 
Xulosa shuki, yuqoridagilardan o‘quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning 
eng muhimi, yеtakchisi ekanligi ko‘rinib turibdi. Pedagogik jarayon o‘zining qanchalik murakkabligi va 
davomiyligidan qat’i nazar, u, eng avvalo, maqsadni aniqlashdan boshlanadi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling