Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 142 – ta’limning kasbiy yo‘naltirilganligiga e’tibor berish; – tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan alohida shug‘ullanuvchi guruh – pedogoglar, psixologlar, mahalla faollari, ota-onalar komiteti hamkorligini oshirish; – kam ta’minlangan oilalardagi yoshlarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish; – ta’lim olishga imkoniyati bo‘lmagan yoshlar bilan shug‘ullanish, imkoniyatlar yaratish; – ota-onasi chet ellarda bo‘lgan yoshlar bilan alohida shug‘ullanish. Bundan tashqari, mahalla, oila, oliy va o‘rta ta’lim muassasalari hamkorlikda quyidagilarga e’tibor qaratadi: – yoshlarni o‘quv jarayonidan tashqaridagi bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishlarini ularning qiziqishlaridan kelib chiqib tashkillashtirish; – adiblar, olimlar, xalq qahramonlari, mehnat qahramonlari, xizmat ko‘rsatgan davlat arboblari, biznesmenlar bilan suhbatlar uyushtirish, ularning namunali hayotlaridan o‘rnak olishga o‘rgatish; – yoshlarning iqtisodiy, siyosiy qarashlarini shakllantirish uchun ilmiy izlanishlar uyushtirish; – jahon madaniyati namoyondalarining asarlari bilan tanishtirish va sahna asarlarini tashkillashtirish; – ta’lim jarayonida rag‘batlantiruvchi ko‘rik-tanlovlar, o‘zaro bellashuvlar uyushtirish; – ota-onalar, mahalla vakillari, o‘quv muassasa tashkilotlarining yoshlar bilan birgalikda sayohatlar, xayriya kechalarini uyushtirish. Bugungi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’naviy portlashlar, yangilanishlar, evrilishlar davrida kuzatilayotgan o‘zgarishlar yoshlar hayotida ijobiy natija berishida, albatta, mahallaning, oilaning ta’siri, ularning hamkorligi, ishtiroki, qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda zarur va muhimligi muqarrardir. Xulosa qilib aytganda, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish eng muhim talabdir. Yosh avlodni har tomonlama еtuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurt kelajagi uchun munosib farzand bo‘la oladigan, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxs sifatida tarbiyalash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berish ham ota- ona, ham mahalla, ham ta’lim-tarbiya muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekiston davlati yoshlarga oid davlat siyosatini aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich olib borar ekan, bu borada mahalla va oila hamkorligiga suyanadi. Yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ruhan va aqlan sog‘lom qilib tarbiyalash mahalla va oila hamkorligi zimmasidagi eng dolzarb, shu bilan birga, eng sharafli vazifadir. Ko‘pmingyillik tarixga ega bo‘lgan O‘zbekistonning bugungi yoshlari dunyoqarashida yangicha qarashlar, yangicha qadriyatlar, yangicha intilishlar o‘z aksini topmoqda. Bugungi kun yoshlari jonli hayotga chanqoq, o‘ziga ishongan, o‘z maqsadi sari intiluvchan, ijtimoiy tezkor fikrlovchidirlar. Shu bugungacha mamlakatimizda parlament tomonidan yoshlar hayotini mukammallashtirishga oid 40 dan ortiq qonun hujjatlarining qabul qilinishi, 30 dan ortiq xalqaro hujjatlarning ratifikatsiya qilinganligi yoshlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini yanada teranroq belgilab berilganining yorqin misolidir. Mamlakatimiz ravnaqi yoshlarimiz qo‘lida ekan, davlatimizning yoshlar hayoti borasidagi jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, rahnamoligi o‘zining samarali mevalarini berishiga katta umid qiladi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling