Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Annotation.
Аннотация. В статье отражены особенности современного обучения, интерактивные методы,
место и влияние инновaционных технологий, технологическая карта. Также определены основные принципы, пути, методы, формы, средства эффективной организaции образовательного процесса. Наиболее важными являются научные рекомендaции по инновaционной деятельности учителя и технологии обучения. Ключевые слова: педагог, нравственное совершенство, компетентность, инновaционная деятельность, соревнование, творчество, патриотизм, интеллектуальный потенциал, творчество. Annotation. The article reflects the characteristics of modern teaching, interactive techniques, the role and impact of innovative technologies, technological map. Also, the basic principles, ways, methods, forms, means of effective organization of the educational process are identified. The most important thing is given scientific recommendations on the innovative activity of the teacher and educational technology. Key words: teacher, ethical perfection, competence, innovative activity, competition, creativity, patriotism, intellectual potential, creativity. Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishni muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchiga, uning g‘oyaviy e’tiqodi, kasb mahorati, iste’dodi va madaniyatiga bog‘liq. Bu g‘oyat murakkab va mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda o‘qituvchi qanday o‘qitish kerakligini nazariy-amaliy jihatdan bilishi lozim. Ma’lumki, o‘qituvchining pedagogik mahorati, asosan, darsda ko‘rinadi. O‘qituvchilik – katta san’at. Bu san’atga –o‘qituvchilik kasbiga, chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollangan haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar insonlargina erisha oladilar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari: axloqiy barkamollik, ya’ni saxovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma’naviy poklik, qanoatlilik, rostgo‘ylik, sadoqatlilik, pokizalik, ziyraklik, andishalilik, vazminlik, sabr-bardoshliligi bilan birga uning kasbiy fazilatlari: o‘z sohasining puxta bilimdoni bo‘lib, o‘zining nutq madaniyatiga ko‘ra tevarak-atrofdagi insonlarga namuna bo‘la olishi muhimdir. Tabiiyki, mohir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil etib boradi. Pedagogik kompetentligini rivojlantirish uchun faoliyati davomida pedagogik vazifa va maqsadlarini o‘zgartirib, yangi vazifalarni qo‘llash asosida o‘quvchi shaxsiga mohirlik, donolik, ijodiy dadillik, chuqur ilmiy tafakkur bilan yondashadi. Pedagogik mahorat va kompetentlik o‘qituvchidan qat’iyat, tirishqoqlik, tadqiqotlarni olib borishga intilish, yangi vaziyatga moslashish, samimiylik, to‘g‘rilik, halollik, kuch, o‘tkir aql-idrok talab etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling