Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 145 yangilik olib kirish, o‘quv jarayonini o‘quvchi ehtiyoji, xohishi va istaklariga moslashtirish, o‘quvchini mustaqil mutolaaga o‘rgatish demakdir. Innovatsiya – amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy- madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimida shakllangan yangicha yondashuvdir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘iladi va ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi va ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi muammoni еchish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natija sifatida o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun oldindan ta’lim jarayonini loyihalashdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlarini joriy etishni o‘zining strategik vazifalaridan biriga aylantirdi. “Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas 74 ”. Shu nuqtayi nazardan shaxsda innovatsion tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish usullarini ijtimoiy falsafiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, innovatsiyaning maqsadi – sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz innovatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: innovatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot subyektlari pozitsiyalarini to‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham yangilanadi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling