Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
188
Oilada ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar avlodlararo munosabatlarning eng yorqin 
namunasidir. Shuningdek, u ijtimoiy “merosxo‘rlik”ning obyektiv, subyektiv va jarayonlarini aks ettiradi.
Bu jarayonlarning natijasi sifatida destruktiv va ziddiyatli avlodlararo oilaviy munosabatlarning 
paydo bo‘lishi bu oilaning har bir a’zosining shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida turli muammolarni keltirib 
chiqaradi. Shu sababli oiladagi munosabatlarning shaxsga ta’siri va ijtimoiy-psixologik to‘siqlarning oqibatlari 
to‘g‘risidagi ishonchli nazariy va amaliy ma’lumotlarga ehtiyoj ortib bormoqda. 
Oila va oilaviy munosabatlardagi qiyinchiliklarni o‘rganishning turli yondashuvlari mavjud. Eng avvalo, 
“avlodlararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik to‘siqlar” tushunchasini ta’riflash kerak bo‘ladi. Ijtimoiy-
psixologik to‘siqlar tabiatan o‘ziga xos psixologik to‘siqlarning turi hisoblanadi. Bunday to‘siqlar, odam 
atrofdagi real hayot ya’ni ijtimoiy jamiyat va narsalar dunyosi bilan muloqot, munosabat o‘rnatilganda paydo 
bo‘ladi va o‘zini namoyon qiladi. Shunday qilib, to‘siqlarning namoyon bo‘lishi bu o‘zaro munosabatlardagi 
salbiy ta’sirdir. Biror kishi uchun eng faol va murakkab o‘zaro ta’sir – bu boshqa odamlar bilan bog‘liq 
harakatlar, ya’ni keng ma’noda ijtimoiy o‘zaro ta’sir, muloqotdir. 
Psixologik to‘siq shaxs holati bo‘lganligi sababli, odamning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi 
bo‘lib xizmat qiladi, chunki u odamni xayoliy xavflardan himoya qiladi, boshqa tomondan, bu insonning 
ichki cheklovi tufayli, uning ehtiyojlari va istaklarini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilishi mumkin. 
B.D.Parigin, dastlab, barcha psixologik to‘siqlarni ijtimoiy-psixologik, deb atagan va ularni shaxs 
holatiga tegishli ekanligini hisobga olib, ularni “ichki va tashqi”larga ajratgan. V.N. Myasishev bir necha 
to‘siqlarni ajratadi: aks ettiruvchi, munosabat, muloqotdagi to‘siqlar. V.A. Labunskaya ijtimoiy-psixologik 
to‘siqlarni muloqotdagi to‘siq sifatida ko‘rsatadi. Shuningdek, quyidagi ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni ham 
ajratish mumkin.

Motivatsion to‘siqlar, shaxslarning muloqotga kirishidan bosh tortishi, Muomalaning to‘g‘ri, aniq 
ko‘rinishda olib borilishini xohlamasligi jarayonida namoyon bo‘ladi. 

Aqliy to‘siqlar bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining 
chuqurligi va huquqiy savodxonligi mazmunan boy bo‘lgan taqdirda amalga oshadi. 

Muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, 
qo‘rquv, asabiylashish, xo‘rlanish va boshqalar). 

Tarbiyaviy jarayonlardagi to‘siqlar ichki ishlar organlari xodimlari tarbiyasi qiyin o‘smirlar, nosog‘lom 
oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.

Hayotiy tajriba to‘sig‘i mutaxassislar tomonidan eng ko‘p tilga olingan to‘siqdir. Hayotiy tajriba 
to‘sig‘i – bu o‘z hayoti, tajribalari, amaliy harakatlarning taassurotlari va ularning natijasi jarayonida 
shakllangan g‘oyalar va dunyoqarashlarning nomuvofiqligi natijasidir. Ushbu to‘siqni oilaviy muloqot 
ishtirokchilarining quyidagi so‘zlarida ko‘rish mumkin: “Men allaqachon qarib qoldim, sen meni o‘zgartira 
olmaysan”, “Bizning vaqtimizda ...”, “biz boshqacha edik, bizda hammasi boshqacha edi”, “Siz qanday 
yashaysiz, bilmayman ...” va boshqalar.

Qadriyatga yo‘naltirilgan to‘siq – bu ota-onalar, bolalar va keksa avlod o‘rtasidagi intilishlar va 
orzu qilingan maqsadlarning bir-biriga va o‘zlariga nisbatan umumiy farqi. Qadriyatga yo‘naltirilgan to‘siq 
shaxsning maqsadlari va intilishlaridagi tafovutlarda namoyon bo‘ladi, bunga erishish inson uchun eng katta 
ahamiyatga ega, bu esa boshqa odam intilishlarining maqsadlarini idrok qila olmaslikka olib keladi. Bu 
to‘siq asosan “men yaxshiroq bilaman”, “endi o‘qish haqida o‘ylashing kerak” va hokazo kabi bayonotlarda 
namoyon bo‘ladi. Ota-onalarning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan holatlardan biri bu “o‘smirning 
manfaatlarini e’tiborsiz qoldirish va o‘z e’tiborlarini faqat bola erishishi kerak bo‘lgan muvaffaqiyatga 
jamlash”dir. 

Ajralish to‘sig‘i shaxsning oila ichidagi o‘zaro munosabatlardan ajralib chiqishga, o‘zini boshqa 
odamlardan uzoqlashtirishga moyilligi bilan bog‘liq. Ushbu to‘siqning namoyon bo‘lishi sifatida, birinchi 
navbatda, “bolalar” tomonidan jismoniy va psixologik ajralishning namoyon bo‘lishida ko‘rish mumkin, 
“uydan qochish”, “har qanday boshqaruvni rad etish” va boshqalar. 
Oiladagi munosabatlar uchun tabiiy bo‘lgan avlodlararo dunyoqarash, g‘oyalar va tamoyillar o‘rtasidagi 
tafovutlar oila ichidagi o‘zaro ta’sirning samaradorligini pasaytiradigan turli xil ijtimoiy-psixologik 
to‘siqlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling