Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 204 huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini samarali tashkil etish, ularning miqdorini minimal darajagacha tushirish va salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun, eng avvalo, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash, o‘rganish va tahlil qilish, ularni oziqlantiradigan, ko‘payishini ta’minlaydigan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Zero, oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhitning sog‘lom bo‘lishiga erishish, uning ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom bo‘lishini ta’minlash jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi. Oilada voyaga yеtmaganlarning shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar juda ham rang-barang bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Mazkur muammoni tahlil qilish va o‘rganishni quyidagi uchta yo‘nalishda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Birinchi yo‘nalish – oilada nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit. Oiladagi zo‘ravonlik va u bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, eng avvalo, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitning mavjudligi bilan taqozo etiladi. Kriminolog olimlarning ta’kidlashicha, oiladagi muhitga xos bo‘lgan shart-sharoitlar orasida oilada shaxs shakllanadigan muhit katta ahamiyat kasb etadi. Rossiyalik olim Y.M.Antonyanning fikricha, oiladagi nizolarning asosiy sabablaridan biri ota-onaning farzandga mehr qo‘ymaganligi, ularning tarbiyasiga e’tiborsizligidir. Shaxsning bolalikda mehr-muruvvatdan mahrum qilinishi uning ruhiyatida bezovtalik, qo‘rqinch, nafrat kabi hissiyotlarni shakllantiradi. Bu hissiyotlar ongsiz ravishda qayd etib boriladi va murosasiz xulq-atvorning, jumladan, uning eng ashaddiy ko‘rinishi – oilada zo‘ravonlikning paydo bo‘lishiga olib keladi 128 . Agar oilada ma’naviy-axloqiy muhit nosog‘lom bo‘lib, er-xotin va boshqa oila a’zolari o‘rtasida mehr- oqibat, bir-birini mensimaslik, qo‘pollik, hurmatsizlik mavjud bo‘lsa, bunday oilalarda nizolar tez-tez kelib chiqadi. Har qanday voqea-hodisaning, shu jumladan, jinoyatlarning sodir etilishida kriminogen omillarning ta’sir etishi muayyan oqibatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilada nizolarning kelib chiqishida er-xotin munosabatining samimiy emasligi, oila-turmush sharoitida yuzaga keladigan muammolarga yuzaki qarash, bola tarbiyasidagi beparvolik, qaynona-kelin o‘rtasidagi g‘ayriijtimoiy munosabatlar, bir-birini tushunish kabi insoniy xislatlarning yo‘qligi kriminogen omillardan biri hisoblanadi. Professor I.Ismailov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, oiladagi nosog‘lom vaziyat, urush-janjal oila a’zolari o‘rtasida g‘ayriijtimoiy nosog‘lom munosabatlarning va shaxs salbiy-ma’naviy shakllanishining asosiy manbayi bo‘lib hisoblanadi 129 . Agar oilada oilaviy munosabatlar yеtarli darajada bo‘lmasa yoki shakllanmagan bo‘lsa, unda turli muammolar va nizolar vujudga keladi. Ma’lumki, oila-turmush munosabatlari har doim ham bir maromda bo‘lavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarish, er-xotin va oila a’zolari o‘zlarining burchi, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati hamda farzandlarning kattalar oldidagi burchlarini ado etish jarayonida oilaviy munosabatlar muhim o‘rin egallaydi. Ayrim hollarda ularning fikr va qarashlaridagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchilik va anglashilmovchilik hamda shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘lib, oilada turli ko‘rinishdagi nizolarni keltirib chiqaradi. Zero, oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, har qaysi xonadondagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘zaro hurmat, odob-axloq, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddaodir. Oila-turmush munosabatlari doirasida zo‘rlik ishlatishga ko‘p hollarda oilaviy-maishiy nizolar sabab bo‘lib, bu ularning bir-biriga nisbatan tan jarohati yеtkazish, haqorat qilish, qiynash, xavf ostida qoldirishga, ba’zida esa qasddan odam o‘ldirishgacha ham olib kelishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oiladagi ushbu qilmishlarning sodir etilishiga olib keluvchi asosiy omil – bu oiladagi nosog‘lom muhitning oqibati. Oiladagi muhitning ta’siri bolalar tarbiyasining buzilishiga, ularning kattalarga taqlid qilishiga olib keladi. 128 Антонян Ю.М. Причины преступного поведения. – Москва, 1992. – С. 114. 129 Исмаилов И. Уюшган жиноий тузилмалар фаолиятининг олдини олишни назарий ва ташкилий-ҳуқуқий таъминлаш: Юрид. фан. док-ри. дисс... – Тошкент, 2006. – Б. 160. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling