Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 215 fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon taʼlim va tarbiya masalasi doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bizning asrimizga kelib ham ushbu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan axborotlashgan jamiyatimizda insonning oilada kamol topshiga bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-moddiy salbiy kamchiliklardan yoshlarni asrash asosiy vazifamiz bo‘lib kelmoqda. Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi omillarga bugun barcha internetdagi salbiy ko‘rinishda faollik qilivchi internet saytlari, turli xildagi ijtimoiy tarmoqlarda faollik qiluvchi tarmoqlardan “Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp, Viber, Odnoklassniki, Tik tok” kabi birqancha ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib, bularning foyda va zarari tengdek tuyulsa-da, axborotning aylanish tezligi, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi noma’lum bo‘lgan axborotlar jamiyatimizdagi insonlarni, ayniqsa, yoshlarimizni chalg‘itmoqda. Bu kabi tarmoqlar barchamizga kerak, ammo me’yor darajasini unitib qo‘ymoqdamiz, bizlarni virtual olam o‘z domiga tortib ketayotgandek go‘yo. “Bir o‘ylab ko‘raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush farovonligiga erishmoqda? Eng avvalo, ilm-fan va taʼlimga qaratilgan ulkan eʼtibor tufayli emasmi? Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, Yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda” 146 . Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: diyonat, g‘ayrat, qanoat, shijoat; ilm, sabr, intizom, vijdon; vatanni sevish, ibrat, iffat; hayo, idrok, viqor, itoat; haqiqatparvarlik, xayrixohlik; munislik, sadoqat, muhabbat va kechirimlilikdir. Ushbu fazilatlarni jamiyatda yoshlarimiz tarbiyasida oiladan boshlamas ekanmiz, jamiyatimizda va davlatimizda tobora axborot tizimlaridan keng foydalanayotgan, axborotlashgan jamiyatimizdagi zamonaviy ta’limni rivojlantira olmaymiz. Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etadigan omillarning oldini oluvchi ilmiy-amaliy asoslaridan yana bir omili sifatida yaxshi xulqlarni tarbiya bilan qo‘lga kiritishimiz uchun oilada ota-ona, jamiyatda muallim ustozlarimizning hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i bilan tinglovchi, doim xotirasida saqlovchi, axloqi yaxshi kishilar bilan do‘stlashmoqligi, axloqi buzuq yomon kishilardan yiroq yurmoqlik kabi barcha sifatlarni oiladagi tarbiya bilan zamonaviy ta’limni bog‘lashimiz kerak. Buning uchun, avvalo, ta’lim va tarbiyani, dastlab, oiladan boshlanishini esdan chiqarmaslik kerak. Bugungi kundagi barcha yoshlarimiz deyarli har kuni internetdan foydalanishadi, kinofilmlar, musiqalarni tinglaydi, turli ma’lumotlar qidiradi, global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganidan dalolat beradi. Internet nima ekanligini bilmaydigan insonni topish juda qiyin. Butun dunyo bo‘ylab millionlab, balki milliardlab odamlar internetdan, hatto televizorga nisbatan ham ko‘proq foydalanadi. Kelajakda ko‘pchilik uchun internet tirikchilik qilish manbayiga aylanib boradi. “1980-yilda hech kimning xayoliga ham kelmagan, bugun “Internet” deb ataluvchi HTML protokoli, aslida yadroviy mavzular tadqiqotlarining natijalaridir. Dunyodagi birinchi internet sayti 1990-yilda yaratilgan” 147 . Bu – internet, deb ataluvchi dastur hozirda dunyoni qamrab olganligi ayni haqiqat. Aniqrog‘i, brauzer nima va uni qanday o‘rnatish kerakligi hamda shunga o‘xshash boshqa foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi oddiy bir sahifa bo‘lgan, xolos. Dastlab, hujjatlar almashish usuli o‘ylab topilgan edi. U giperssilkalardan foydalanishni jamlagan. Mana, loyihadan keyin dunyo uzra “o‘rgimchak to‘ri” tug‘ilgan 148 . Ushbu kunda bizning jamiyatimizga va davlatimizga ham kirib kelgan internet bugun yoshlarimizni ham o‘z domiga tortmoqda. Davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olish oila va ta’lim maskanida har bir yosh yigit-qizning zimmasidagi burchlaridan biri hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz muhaddis 146 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30.09.2020. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. 147 www.odam.uz 148 Internet to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar www.odam.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling