Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
214
tomonidan moliyalashtiriladi, davlat ushbu tarmoqqa mudofaa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya bilan 
bir qatorda investitsiya qiladi”
144
.
Axborotlashgan jamiyatimizdagi olialarning o‘tgan tarixi va bugungi kunigacha bo‘lgan oila, oilaviy 
tarbiya haqidagi tarixiy manbalarni quyidagi bosqichlarga boʻlib oʻrganish maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz: 
1-bosqich – Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgungacha mavjud boʻlgan ta’limotlar (yahudiylik, 
zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik); 
2-bosqich – IХ-ХII asrlarda, ya’ni islom Uygʻonish davridagi ta’limotlar (Qur’oni karim, hadislar, 
pandnomalar, mutafakkirlarning ta’limotlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va h.k.); 
3-bosqich – ХIV-ХV asrlar, ya’ni Amir Temur va temuriylar davrida mavjud boʻlgan ta’limotlar; 
4-bosqich – xonliklar davridagi ta’limotlar (ХVI-ХIХ asrlar); 
5-bosqich – Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan davrdagi ta’limotlar (ХIХ asr 
60-yillarining oxiri va 1917-yilning oktabr inqilobi davrigacha mavjud boʻlgan ta’limotlar); 
6-bosqich – ittifoq davridagi ta’limotlar (1917-yil oktabr inqilobidan 1991-yil avgust oyigacha mavjud 
boʻlgan ta’limotlar); 
7-bosqich – Mustaqillik davri, ya’ni 1991-yilning sentabr oyidan hozirgi davrgacha.
Yuqoridagi davrlashtirilgan oila, oilaviy tarbiya kabi tushunchalar turli davrda turli talqinda bo‘lganligi 
tarixdan bizga ma’lum. Shu sababli bizdan oldingi jamiyatlar hayotida insonning oilada shakllanishiga 
ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy salbiy omillar yеtarlicha bo‘lgan, ammo ta’sir doirasi kichik hajmda bo‘lib 
o‘tgan davr jamiyati hayotida oilaviy tarzda muammolar hal etilgan, mabodo, muammo kattaroq bo‘lsa, 
jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamdagi oilalarning yordami bilan hal etilgani bizga tariximizdan ayon. 
Bugungi zamonamizda, avvalo, internet asridagi bilim oluvchi insonning ta’lim tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan 
jarayonni qamrab oluvchi vosita bevosita internet bo‘lib qolmoqda hamda salbiy ta’sir etuvchi omillarning 
ahamiyati ham sezilarli tarzda ortib bormoqda. Bu jarayonga yеchim izlashda, avvalo, biz barcha chora-
tadbirlarni qo‘llamoqdamiz, ta’limda islohotlar qilinmoqda, yangi tizim, yangi imkoniyatlar internet orqali 
kirib kelishi masalani biroz murakkablikka olib kelayotgandek, nazarimizda.
Tariximizda, badiiy adabiyotimizda o‘z aksini topgan muqaddas dinimiz ko‘rsatmalariga amal qilgan 
holda ta’lim-tarbiya yanada uyg‘unlashmoqda. Shu o‘rinda tarbiya haqida adib Abdulla Avloniyning so‘ziga 
to‘xtalishni lozim ko‘rdik:
“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. 
Abdulla Avloniyning so‘zi bugungi axborotlashgan jamiyatimizda ham o‘z qiymatini aslo yo‘qotmasdan 
kelmoqda, avvalo bugungi kunda dunyo hamjamiyatida ta’lim-tarbiyaga juda katta e’tibor qaratilayotganligi 
ayni haqiqat, barcha zamonlarning jamiyatida tarbiya va ta’lim tizimi dolzarb bo‘lgani kabi bizning 
zamonamizda ham dolzarb va bahs-munozarali bo‘lib turganligi ayni haqiqatdir. Keling, bu borada yuqoridagi 
fikrimizni davom ettirgan holda Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida keltirgan 
so‘zlari bilan davom ettirsak: “Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, 
yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sdurmakdur. 
Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning 
vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berub, katta 
qilmog‘i lozimdur. Zeroki, “Hassinu axloqiko‘m” amri sharifi uzra xulqimizni tuzatmakg‘a amr o‘linganmiz. 
Lekin xulqimizning yaxshi bo‘lishining asosiy panjasi tarbiyadur. Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli 
bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur, ba’zilar “tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida 
qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas”, – demishlar”
145
.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada kamolga yеtaklovchi ijtimoiy-madaniy omillar, ta’lim 
va tarbiya jarayoni bugun O‘zbekistonda ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, bu borada juda 
ko‘plab islohotlar amalga oshirilishi zamonaviy ta’lim va tarbiyaga birdek yondashilayotganligi muammo 
va kamchiliklarga barham berish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir. Buyuk 
yunon olimi Аristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlari bor. Qarang, bu 
144
infoCOM.Uz O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari “Axborotlashgan jamiyat” shakllanishining ilmiy va 
nazariy asoslari 30.07.2015 Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar. Muallif: Surayyo Otaqo‘ziyeva.
145
Abdulla Avloniy.
Turkiy guliston yoxud axloq kitobi. – Toshkent, 2008. (qayta 
nashr www.islom.uz kutubxonasi)
– B. 8-9.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling