Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
210
Aholi migratsiyasining mamlakatimizdagi etosferaga sezilarli salbiy ta’sirlaridan biri jamiyatimizda 
oila institutining axloqiy qiyofasi transformatsiyasi, oilaviy munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar, ajrimlar 
sonining ortishi, to‘liqsiz oilalarning paydo bo‘lishi, farzand tarbiyasidagi axloqiy muammolar hisoblanadi. 
Xorijdagi vatandoshlarimiz, ayniqsa, mehnat migrantlari O‘zbekistonga qaytganlaridan so‘ng duch keladigan 
asosiy muammolardan biri oilaviy hayotda er va xotin, qarindoshlar orasida munosabatlarning yomonlashishi, 
bolalarga yеtarlicha e’tibor bermaslik bilan bog‘liq oilaviy axloqiy muhitning inqirozida namoyon bo‘ladi. 
Buning asosiy sabablaridan biri boshqa axloqiy muhitning mezonlariga moslashgan sobiq migrantlar 
oilaviy axloqiy mezonlarni qayta qabul qilishga qiynaladi, oila a’zolari bilan hayotga qarashlari farq qila 
boshlaydi. Uzoq vaqt birgalikda yashamagan insonlarning hayotiy ideallari bir-biridan uzoqlashadi. O‘zaro 
munosabatdagi bu muammolar oilaviy janjallarga, hattoki ajrimga, farzandlarning tirik yеtim bo‘lib qolishiga 
ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa oilaviy axloqiy muhitning barqarorligiga va shu orqali butun jamiyatdagi 
axloqiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir etadi.
Aholi migratsiyasining oila axloqiga yana bir salbiy ta’siri farzandlar tarbiyasida namoyon bo‘ladi. 
Odatda, migrantlarning aksariyatini 20-40 yosh oralig‘idagi insonlar tashkil etib, ularning ko‘pchiligi (uchdan 
ikki qismi) oilali hamda ularning balog‘atga yеtmagan farzandlari bor. Migrantlar aksariyat holatlarda o‘z 
oilalarini, farzandlarini xorijga olib ketmaydi. Oilada ota yoki ona yoxud ularning har ikkisi farzandlardan 
uzoqda bo‘lishi oiladagi axloqiy qadriyatlar tizimining o‘zgarishiga olib keladi. Ayniqsa, otaning oilada 
farzand tarbiyasidagi roli beqiyos. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda Vatanimizga qaytgan mehnat 
migrantlarining 81 foizini erkaklar, 19 foizini ayollar tashkil etgan. Migrant-erkaklar xorijda bo‘lgan vaqtida 
uning oilasi vaqtincha to‘liqsiz oilaga aylanadi, bu esa otalari uzoqda bo‘lgan bolalarning tarbiyasida 
muammolarni keltirib chiqarishi, hatto migrantlarning farzandlari axloqiy tushkunlikka tushib qolishlari 
ham mumkin. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi bo‘lgan UNICEF tashkiloti tomonidan 
o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizdan tadqiqotda ishtirok etgan, ota-onalari 
xorijda bo‘lgan bolalarning taxminan 33 foizi o‘zini baxtsiz his qiladi, 21 foizi esa doimiy xavotirda yashaydi. 
Bu esa bolalarning ruhiy, axloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, ularda deviant xulq-atvor, turli axloqiy 
illatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday bolalarning 8 foizi jamiyatda o‘rnatilgan tartibga, 
axloqiy qoidalarga amal qilmaydi, 6 foizi mushtlashadi, 18 foizi kattalarga nisbatan qo‘pol bo‘lsa, 37 foizi 
tengdoshlariga nisbatan shunday munosabatda bo‘ladi. Ba’zi holatlarda migrantlarning farzandlari ruhiy va 
jismoniy tazyiqqa uchraydi. Bu esa bolalarning ruhiyatiga ta’sir etib, stress, tushkunlik keltirib chiqarishi 
mumkin, ba’zida esa bu holat bolalarning qasddan o‘zlariga zarar yеtkazishlariga ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Ba’zida mehnat muhojirlari o‘z farzandlarini ham o‘zlari bilan xorijga olib ketishi mumkin. Bunday holatda 
migrantlarning chet eldagi farzandlari “ommaviy madaniyat”ning turli shakllari, milliy mentalitetimizga zid 
bo‘lgan g‘oyalar, mafkuralar domiga tushib qolishi, ularda destruktiv xulq-atvor shakllanish holatlari uchrab 
turadi. Migrantlarning farzandlari ortlariga qaytganlaridan keyin ham kichik yoshidan boshlab boshqa xalq 
va millat madaniyatiga xos odat, an’analar, qadriyatlarning shakllanganligi sababli milliy qadriyatlar, urf-
odatlarni qabul qilishda, uzoq yillar muomala qilmagan yoki ko‘rmagan qarindoshlari bilan munosabat 
o‘rnatishda muammolarga, tengdoshlari davrasida o‘z o‘rnini tiklashga va o‘z obro‘sini topish bilan bog‘liq 
qiyinchiliklarga duch kelishi, o‘zining kelajagi bilan bog‘liq istiqbollarni o‘zi yashagan o‘zga yurt bilan 
bog‘lashi mumkin. Bu esa bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishini qiyinlashtirib, axloqiy, ruhiy tushkunlik 
holatini keltirib chiqaradi.
Migratsiya tufayli yuqoridagi muammolarga uchragan bolalarning barkamol, yuksak axloqli shaxs bo‘lib 
yеtishishlarida qiyinchiliklar yuzaga keladi. Jumladan, oilada shakllanishi lozim bo‘lgan shaxsning eng 
yuksak axloqiy fazilatlari kamtarlik, mardlik, mehribonlik, intizomlilik, tejamkorlik, muloyimlik, saxiylik, 
saxovatlilik, to‘g‘rilik, hayolilik, himmatlilik, vafodorlik kabi fazilatlar hisoblanib, ular migrantlarning 
farzandlari voyaga yеtganlarida ham to‘liq shakllanmasligi mumkin. Bularning barchasi aholi migratsiyasi 
fenomenining oiladagi axloqiy muhitga nisbatan yuzaga kelgan salbiy oqibati hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bizda azal-azaldan oila qadriyat sifatida jamiyatimiz axloqiy qadriyatlar 
tizimining markaziy bo‘g‘inini tashkil etadi. Unga nisbatan munosabatning o‘zgarishi, oilaning mental axloqiy 
mazmunining transformatsiyasi hamda oldingidek qadrlanmay qolishi butun jamiyatimiz uchun axloqiy 



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling