Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 66 Yoshlarni kasbga yo‘naltirish jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligidan kelib chiqqan Sharq mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar)ning qarashlari alohida ahamiyatga ega. N.P.Krilov tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, o‘z niyatlarini amalga oshirish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga kirgan talabalarning ko‘pchiligi o‘zining kim bo‘lishini oxirigacha hal qila olmaydi. Bunga sabab maktabni bitirgan o‘smirlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga olib kirgan kasb haqidagi tasavvurlari bilan bu kasbning haqiqiy mazmuni o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir [3]. Tabiiyki, bugungi yoshlarning ko‘pchiligida o‘zlarining kasbiy taqdirlarini tasodifan hal etishlari ma’lum ma’noda murakkab kechinmalarga, tanlagan kasb sohasi yuzasidan ikkilanishlarga, ichki nizolarga olib kelmoqda. Jumladan, A.N.Leontev talqinidagi shaxs, faoliyat, ong va ijtimoiy faollik o‘rtasidagi psixologik mutanosiblikning mavjudligi shaxs munosabatlari tizimining psixologik mexanizmlari yaratilishida muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. V.D.Shadrikov esa munosabat motivatsiyasi jarayonini faoliyat tizimining funksional psixologik modeliga bog‘lagan holda faoliyatli yondashuv motivatsiyasi kasbiy tayyorgarlikning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik istiqbollarini ochib berishini ta’kidlaydi [4]. Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatiga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda, birinchi navbatda, shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda, umumiy xususiyatli yo‘llanma, ko‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi. Kasb maorifi – o‘quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs oldiga qo‘yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir. Ma’lumotlarning aniqligi, to‘liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra xilma-xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv, ko‘rgazmali va grafik, uchrashuv kabi tadqiqotlarga ega. Kasbiy maslahat yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb-hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim obyektiv va subyektiv shart-sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy-amaliy yo‘llanmalar berish jarayonidir. Maslahat o‘zining maqsadga yo‘llanganligi, izchilligi, obyektivligi, axborotlar bilan to‘yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi. Kasbiy saralash muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o‘z oldiga qo‘ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir [5]. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko‘nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish mezonlariga suyanib omilkorlik bilan oqilona saralash o‘tkaziladi. Saralash jarayoni o‘tkazilgandan keyin kasbiy moslashish davri boshlanadi. Odatda kasbiy moslashish deganda, yosh kasb egalarining, mutaxassislarning kasbiy faoliyatiga, uning shart-sharoitlariga, talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar tanlash, ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini o‘zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling