Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Qiyomat kunida
hech bir ko‘targuvchi (gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’niy gunohini) ko‘tarmas” 51 . (Qur’on, 35: 18) 7. Islom dini talablari bo‘yicha bolaning tug‘ilishi bilanoq ba’zi bir huquqlari amalga kiradi. Bu bolaning chiroyli ismga ega bo‘lish huquqidir. Islomda ota-onaning farzand oldidagi eng asosiy vazifalaridan biri bolaga chiroyli ism qo‘yish hisoblanadi. “Farzandlaringizga chiroyli ism va yaxshi tarbiya beringlar” 52 . Bundan tashqari, oxirat kuni hamma o‘z ismi va otasining ismi bilan chaqirilishini, shu tufayli ismni e’tibor bilan tanlash lozimligi ta’kidlangan. Muhammad (s.a.v.) ba’zi odamlarga o‘zlariga yoqmagan ismlarini boshqa chiroyli ismlarga o‘zgartirib berganlar. Shu jumladan, ismi urush (harb) bo‘lgan odamning otini Silm (tinchlik) ga o‘zgartirib berganlar. Bir viloyatning nomi iflos (afira) bo‘lgan, bu nom xadira (yashnab gullagan) vodiy nomiga o‘zgartirilgan 53 . 8. Bolaga nisbatan mehr oqibatli munosabat ko‘rsatish, bola bilan bolalarcha muloqot olib borish, bolaning bolalik davrini hurmat qilish va unga turli o‘yinlar, xususan koptok, bekinmachoq, quvlashmachoq, kim birinchi yetib keladi, yugurish, kamon otish kabilarda ular bilan musobaqalashmoq buyurilgan. Bu haqda Payg‘ambar: “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni o‘rgatinglar”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati) 54 . Muhammad (s.a.v.) ham o‘z nabiralari bilan har xil o‘yinlar o‘ynashni juda xush ko‘rganlar. Umar ibn Xattob rivoyat qilishicha: “Bir kuni men Payg‘ambarning huzurlariga borganimda, ularning nabiralari Hasan va Husayn bilan o‘yin o‘ynayotganlarini ko‘rdim. Ular nabiralarini orqalariga 48 Холмўминов Ж. Оилада сиз масъулсиз. – Тошкент: Мовароуннахр, 2015. – Б. 56. 49 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Ҳадис ва ҳаёт. Яхшилик ва ахлоқ китоби. – Тошкент: “Hilol Nashr”, 2019. – Б. 456. Яна қаранг:: https://islom.uz/maqola/5210; http://muslim.uz/index.php/rus/maqolalar/item/2311-biz-ukhlasak-ular-uj- onadi 50 Абдуллоҳ Н.У. Тарбият ал-авлад фил ислам. – Байрут: Дарус-салом, 1981. – Б. 259; Children in Islam. Their Care, Upbringing and Protection. – Al-Azhar University in cooperation with the UNICEF. 2005. – P. 123. 51 Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири / Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. – Тошкент: «Тошкент ислом университети», 2012. – Б. 624; Яна қаранг: Қуръони карим. Таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуддин Мансур // Тошкент: Чўлпон, 1992. – Б. 316. 52 Усмонхон Алимов. Оилада фарзанд тарбияси. – Тошкент: Мовароуннахр, 2017. – Б. 42. 53 Сахих ал-Бухари. Имом Абдул-Аббас Ахмад бин Абдул-Латиф аз-Зубайди тузган / А.Нирша таржимаси. 1959 (6192). – Москва. Умма. 2008. – Б. 775. 54 Усмонхон Алимов. Оилада фарзанд тарбияси. Тошкент: Мовароуннахр, 2017. – Б. 42 (420) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling