“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
85
mindirib olib, ularga “Qaranglar qanday yaxshi otingiz bor, sizlar esa qanday yaxshi chavandozsizlar”,
deb aytayotgan edilar”.
9. Bolani og‘ir mehnatdan muhofaza qilmoq, bola ta’limi jarayonini mehr asosiga qurish zarurligi va
sabr bilan, jazo choralarini ko‘rmay tarbiya qilish kerakligi uqtirilgan. Payg‘ambar minbarda xutba kilgan
vaqtlarida, nevaralari Hasan va Husaynni qo‘llariga olish uchun minbardan tushib, keyin yana xutbani davom
ettirganlar. Payg‘ambar namozda sadja qilib turganlarida nevaralari Hasan u kishining ustilariga, yelkalariga
chiqib oladi. Payg‘ambar bolaga ehtirom ko‘rsatib, uni avaylab, sajdalarini buzmaganlar, sajdada qolganlar
va sajda qilishni davom ettirib, bolaning ustilarida o‘ynashlari uchun imkon berganlar
55
. Namoz vaqtida
bolani haydamaslik, “Mening namozimni buzdinglar” deb ularni koyishdan to‘xtatganlar.
10. Islomda bolani ilmga rag‘bat etish sunnatdir. Farzandlarga ta’lim olishlarini ta’minlash ota-onaning
burchi hisoblanadi. Ta’lim berish uslubiga kelsak, u bola o‘zlashtiradigan darajada bolaning yoshi va ongiga
mos hamda qadr-qimmatini kamsitmaydigan bo‘lishi lozim. Agarda bolaning ilmga layoqati va rag‘bati yo‘q
ekanini sezsa, biroq unda bahodirlik va ot minish, o‘q otish, nayza o‘ynatish kabi ishlarga qobiliyat ko‘rinsa,
unga shu soha bilan shug‘ullanish va mashq qilish maslahat beriladi
56
. Islom e’tiqodi bo‘yicha, bolalarga bir
necha yo‘nalishda ta’lim berish zarur, ular:
1) Qur’oni karimdan ta’lim berish;
2) jismoniy mashg‘ulotlar (kamon otish, suzish, chavandozlik va h.k.);
3) zamonaviy bilim va tajribalar.
Hazrat Alining so‘zlariga qaraganda, ham “Farzandlaringizga o‘zingiz yashagan zamonga moslab emas,
o‘z zamonlariga munosib ilm bering. Zero, ular sizning zamoningizda emas, o‘z zamonlarida yashaydilar”
57
.
11. Har doim bola bilan muloqot qilganda bolaning qalbiga murojaat qilish zarurligi ta’kidlangan.
Tarbiyada faqat bolaning qalbiga murojaat qilish orqaligina samaraga erishish mumkinligi va bolani yaxshi
amallarga undash, uni rag‘batlantirish mumkinligi ta’kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |