Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 102 dinsizlarni dinga solmoq mumkin. Imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, el-u xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi. Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, – deb ta’kidlaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) ta’biri bilan aytganda, dunyoda insondan ulug‘roq kamolot yo‘q, chunki unga “bebaho marvarid” – aql-zakovat, tafakkur ne’mati, kuchi hadya etilganki, unda “sir-asrorlarni va yuksak cho‘qqilarni bilish qobiliyati bo‘lib, uning ko‘magida inson ulug‘ zafarlarni bajo keltiradi. Inson o‘zining tafakkur quvvati, dahosi, mehnati bilan tabiat va jamiyatni o‘z ehtiyojlari yo‘lida o‘zgartiradi”. Husayn Voiz Koshifiy (1440-1505) o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini “Axloqi Muxsiniy” kitobida bayon etadi. Uning ta’kidlashicha, sog‘lom fikr, vijdonlilik, adolatlilik, axloqiy kamolot, insonparvarlik insonni nazorat qiluvchi tuyg‘udir. Vijdonsizlik tufayli inson dunyoda bo‘lgan hamma yomonlikni qilishga tayyordir. Buning oldini olish uchun bolaga yaxshi tarbiya berish, unda yaxshi sifatlarni o‘stirish, mustaqil va sog‘lom fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bola to‘g‘ri so‘zli, va’daga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak. Koshifiy til va fikr odobi haqida so‘zlar ekan, yaxshi fikrni ifodalashni, yomon gapni aytmaslikni, g‘iybat va bo‘xton qilishdan saqlanishni maslahat beradi. Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) fikricha til va fikrlash insonni boshqa mavjudotlardan farq qilib turadigan asosiy belgidir, fikr va til “takallum” qilishga “fasohat va nafosatga”, “ko‘ngil mahzanidan javohir sochish” uchun berilgandir. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi inson tafakkuri, ma’naviy dunyosi rivojida g‘oyat muhimdir. Olim fikricha, tafakkurning rivoji narsa va hodisalarni chuqur va har tomonlama bilish imkonini beradi. Aqlli inson narsa va hodisalarning tub mohiyatiga yetadi, ularni to‘g‘ri baholab, aniq xulosa chiqara oladi. Ma’rifatparvar Abdulla Avloniy (1878-1934) o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida inson tafakkurining amaliy va hayotiy ahamiyatini bayon etib, shunday yozadi: “Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ud bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Abdurauf Fitrat (1886-1938) fikriga ko‘ra, “Fikr bilan aql insonni kamolotga yetkazuvchi omil bo‘lib, o‘qish, ta’lim olish, o‘rganish shaxsni saodatga yetkazadi”. Olim yoshlar ma’naviyati, ularning kelajagi haqida qayg‘urib, ularni ham ma’naviy ham jismoniy sog‘lom, ilm-fan sohibi qilib kamol toptirish xususida ilg‘or fikrlar bildirgan. Fitrat yoshlarni o‘z vatandoshlarini aziz Vatanini sevishga, uni asrashga chorlab, shu Vatan hamda millat saodati, baxti, ravnaqi uchun fidoyilik ko‘rsatishga, sog‘lom fikrlashga, jasoratli bo‘lishga da’vat etgan. Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, inson tafakkurini va ularning insonparvarlik qadriyatlariga munosabatini tubdan o‘zgartirish uchun ularda sanogen tafakkurni rivojlantirish muhim ijtimoiy-psixologik vazifa sifatida o‘rganilishini taqoza etadi. Binobarin, insonning sog‘lom tafakkuri, mustahkam iroda va e’tiqodi, halollik va adolat bilan hayot kechirishi, inson va ijtimoiy hayotga xos barcha xislat, fazilat, xususiyatlarga ega bo‘lish, unga amal qilish kabi ma’naviy boylik majmuyi bo‘lib hisoblanadi. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling