Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
103
Alimjanova D.,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot
instituti bo‘lim boshlig‘i
OILAVIY TARBIYADA MILLIY QADRIYATLARNING O‘RNI
Annotatsiya. Hozirgi zamonda ilg‘or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini 
nechog‘li yuksaklikka ko‘tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tub o‘zgarishlar, islohotlarning 
mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog‘lom tafakkurning shakllanishi katta 
ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: tarbiya, qadriyatlar, “ommaviy madaniyat”, zamon qahramoni
Аннотация. В настоящее время демократические принципы жизни развитых государств также 
оцениваются по тому, насколько высоко человек может поднять свою ценность. Фундаментальные 
изменения в нашей стране, суть реформ также проистекают из этого принципа. В реализации 
этого принципа большое значение имеет формирование нового мировоззрения, здорового мышления, 
основанного на гармонии национальных и общечеловеческих ценностей.
Ключевые слова: воспитание, ценности, «массовая культура», герой времени.
Annotation. Currently, the democratic principles of life in developed countries are also evaluated by 
how high a person can raise his value. Fundamental changes in our country, the essence of reforms also 
stem from this principle. In the implementation of this principle, the formation of a new worldview, healthy 
thinking based on the harmony of national and universal values is of great importance.
Keywords: upbringing, values, “mass culture”, the hero of the time
Sharqda, jumladan, O‘zbekistonda oila chinakam oila bo‘lib shakllanganidan boshlab hozirgi davrga 
qadar ko‘p qirrali va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Har bir tarixiy davrda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari 
xilma-xil mazmun bilan boyib bordi hamda oila davrning chigalli sinovlaridan omon o‘tib, jamiyatning 
negizi sifatidagi xususiyatini saqlab qoldi.
Sharq allomalari o‘z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta’lim berish, ularni ma’rifat-u madaniyatga 
yetaklash muammolariga alohida e’tibor berganlar.
Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, go‘zal axloqning inson kamolotiga sabab bo‘luvchi yuksak 
fazilat ekanini ta’kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad” hadislar to‘plami, Abu Lays 
Samarqandiyning “Tanbeh ul g‘ofiliyn” asarlarida farzandlar ongida yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish 
masalalari tarannum etilgan.
Yurtimiz ulamolari o‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam 
ravishda husni xulq asosi bo‘lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim 
ekanini alohida ta’kidlaganlar:
– farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinso‘z, muloyim, bosiq va kamtar bo‘lishiga e’tibor 
qarating;
– odamlar xursandchiligini baham ko‘rish, g‘am-anduhidan qayg‘urish, mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, 
yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun 
farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bo‘ling;
– farzandingizga o‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat qilish, o‘zgalarni mensimaslik, 
obro‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat ko‘rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring;
– yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning ko‘ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash
savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarishni ham bolalar qalbiga jo qilishga e’tibor 
bering.
Ota-bobolarimiz azaldan o‘g‘il qizlarning go‘zal xulqli, odobli bo‘lishiga katta ahamiyat berganlar. 
Binobarin, islom dinida ham axloq imon qatoriga qo‘yiladi.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling