Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 109 Jamiyatda sog‘lom hayot, sog‘lom turmush estetikasini qaror toptirish, obod hayotni barpo etishda ta’lim va tarbiyaning rolini oshirish, mahallaning mavqeyini yanada kuchaytirish bugungi islohotlarimizning bosh maqsadiga aylangan. Bu esa, o‘z navbatida, oiladagi sog‘lom turmush tarzini jahondagi mavjud oilalardan farqli jihatlarini ochib berishga xizmat qiladi. “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi islohotlar oilada sog‘lom va obod turmush tarzini shakllantirishning obyektiv va subyektiv omillari sifatida” jamiyatda sog‘lom turmush tarzi murakkab, ziddiyatli estetik hayotiy jarayon sifatida shakllanib, rivojlanib borishi va o‘zida ham. subyektiv, ham obyektiv omillar uyg‘unligini ifoda etishi haqida munosabat mavjud Ijtimoiy- madaniy shart-sharoit inson hayoti va faoliyati kechadigan obyektiv makondir. Inson va estetik muhit, inson va olam mavzusi azaliy muammodir. Inson tug‘ilib, o‘zining tor muhitidan tashqari chiqolmay o‘tib ketishi ham mumkin. Lekin bunda uning chinakam insoniyligi namoyon bo‘lmaydi. Insonning sog‘lomligi nafaqat tibbiy, ijtimoiy va biologik, shu bilan birga, eng avvalo, sotsial xususiyati hisoblanadi va nihoyat u yuzaga kelgan ijtimoiy jarayonlar bilan uning ko‘rinishi va xarakteri, tabiiy, ijtimoiy omillar asosida yuzaga chiqariladi. Falsafiy adabiyotlarda sog‘lomlikni belgilashda bir necha xil yondashuvlar mavjudligini ta’kidlashimiz mumkin. “Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning axloqiy-estetik omillari” muhim tushunchalar, xususan, “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” kabi mohiyati jihatdan bir-biri bilan uzviy bog‘liq insoniy fazilatlarga asosiy e’tibor qaratish mumkin. Darhaqiqat, mana shu to‘rtta tushuncha: “g‘ayrat”, “shijoat”, “fidoyilik”, “mehnatsevarlik” asosida gavdalanadigan insoniy faoliyat ulkan ijtimoiy-ma’naviy o‘zgartiruvchanlik qudratiga egadir. Tabiiyki, bu ijobiy xislatlarni bir-biri bilan bog‘lab, ularni amalga oshirishga safarbar qiladigan asosiy ma’naviy omil bu – inson ongi tushunchasi, ya’ni dunyoqarashi va tafakkuridir. Zamonaviy oilalarda yoshlarni ekologik va umuminsoniy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning muhim omillari oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda ham, erkin, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirishda ham hal qiluvchi omillarga qaratilgan. Ana shulardan biri inson ehtiyojidir. Ehtiyojlar moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ko‘rinishlarga ega. Biz faqat moddiy ehtiyojlar bilan sog‘lom turmush tarzini o‘zgartirish degan fikrlarga qo‘shilmaymiz. Chunki faqat moddiy ehtiyojlar sog‘lom turmush tarziga ham ijodiy bunyodkorlik, ham dag‘al vayronkorlik kiritish xususiyatiga egadir. Shuning uchun oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari muhim o‘rin tutadi. Xulosa qilib, har qanday insonning olamda alohida yashashi sodda bo‘lib ko‘rinsada, aslida uning tana va psixik tuzilishi, hayot tarzining evolyutsiyasidan tortib to uning xulq-odobi nihoyatda uzoq muddatli va murakkabligini kuzatish mumkin. Ayni shu ma’noda, hozirgi vaqtda insonning hayotiy evolyutsiya bilan bir qatorda uning axloqiy madaniyatini hisobga olmaydigan inson haqidagi ta’limotni ko‘rsatish qiyin. Axloqiy madaniyat strukturasi xususida gapirishdan oldin etika fanining axloq, axloqiy madaniyat kategoriyalariga ta’rif bersak. Axloqiy madaniyat – insonning axloq qonunlarini, qoidalarini, me’yorlarini, fazilatlarini bilishi, egallashi va ularga boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarda rioya etish darajasi. Axloqiy madaniyatni amaliy axloq deyish mumkin. Oilada shakllangan o‘ziga xos axloqiy madaniyat unda muayyan milliy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, xalqimiz juda qadim zamonlardanoq oilani muqaddas hisoblab kelgan. Oilaviy munosabatlarga asos bo‘lgan odob-axloq me’yorlari hozirgi diniy me’yorlar kelib chiqmasidan oldinroq shakllangan. Oilaviy tarbiya hozir mavjud bo‘lgan axloqiy qarashlarning amaliy jihatdan namoyon bo‘lishi hamdir. Oiladagi axloqiy madaniyat er va xotin o‘rtasidagi munosabatnigina ifodalab qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida shakllanishining muhim ma’naviy omillaridan hisoblanadi. Binobarin, ma’naviy boy, axloqan pok va jismonan sog‘lom farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish aynan oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali amalga oshiriladi. Yuksak axloqiy madaniyatga egalik kishida ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, sadoqat, mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Ayni chog‘da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab- avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling