Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotation.
Ключевые слова: современная семья, проект современной семьи, компетенции членов семьи,
духовно-нравственные ценности и критерии, духовная среда, инновaционные воспитательные технологии. Annotation. The article reflects the features of a modern family, its priority areas, components of competencies, principles, sources, effective forms and methods, the negative impact situations and their consequences and scientific and theoretical views of members of a modern Uzbek family, as well as conclusions and recommendations for the improvement of this category of families are developed. Key words: modern family, project of a modern family, competencies of family members, spiritual and moral values and criteria, spiritual environment, innovative educational technologies. Oila jamiyat tayanchi, insonning baxt qo‘rg‘onidir. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Uning ijtimoiy- ma’naviy barkamolligi davlat va jamiyat farovonligining negizidir. Darhaqiqat, jamiyat va davlat farovonligi, gullab-yashnashi oilalarning zamonaviyligi va uning ma’naviy-axloqiy poydevorining mustahkamligiga bog‘liq. Shu boisdan ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmunida oila manfaatlarini huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanda qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son farmoni zamonaviy oilani shakllantirishda va uning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy asoslari samaradorligini oshirishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda oila institutini takomillashtirishning asosiy maqsadi – zamonaviy oilani barpo etishdan iboratdir. Qanday oila zamonaviy oila hisoblanadi? Avvalo, shu savolga javob topmoq lozim. Bizning nazarimizda, oila kompetensiyasi komponentlarini o‘zida to‘liq namoyon etadigan, umuminsoniy va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, zamonaviy ilg‘or tajribalar, baxtlilik indeksi talablari asosida davlat va jamiyat rivojiga o‘z tinchligi, farovonligi va mustahkamligi bilan ulush qo‘shadigan oila – zamonaviy oila demakdir. Qaysi jamiyatda barpo etiladigan bo‘lsa o‘sha jamiyat talablariga monand shakllanadigan oila – zamonaviy oila hisoblanadi. Buguni kun zamonaviy oilasi quyidagi tamoyillarga javob bermog‘i lozim: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling