javob: Asosan to‘rt narsa halol va mehribon ota-ona, qattiqqo‘l va talabchan ustoz, samimiy va sodiq
do‘st, ma’rifat va ilm orqali erishiladi.
Savol: Eng baxtli ota-ona kim?
javob: Turmushda, komil inson tarbiyasida nafaqat o‘z farzandiga, balki o‘zgalarga ham ibrat bo‘la
olganlar.
Savol: Komil ustoz kim? Javob: O‘zida zohiriy va botiniy go‘zallikni mujassam etgan zot.
Savol: Nimadan yumshoq va nimadan qattiqroq narsa yo‘q bu dunyoda?
javob: Ona mehridan va ota qahridan.
Savol: Tarbiyachi kim?
javob: Avvalo, bolalarni sevuvchi, ma’rifatli va fidoiy inson.
Savol: Aksariyat ota ona yo‘l qo‘yadigan xato nima?
javob: Farzandidan uning imkoniyatidan ortiqcha bo‘lgan narsani talab qilish yoki aytarli hech narsani
talab qilmaslik.
Savol: Inson uchun eng yaxshi narsa nima?
javob: Go‘zal axloq, tarbiya, go‘zal xislat bilan nom chiqarish.
Savol: Inson uchun eng yomon narsa nima?
javob: Axloqsizlik, tarbiyasizlik, yalqovlikdir.
Savol: Qanday odamni aqlli odam deb atash mumkin?
javob: Bir ishga kirishmasdan avval uning oqibatini yaxshi o‘ylab, so‘ngra shu ishga kirishgan odam.
Savol: Yashashdan maqsad nima?
javob: Avvalo, Alloh roziliga erishish, Alloh bergan amallarni bajarish va Alloh rozi bo‘ladigan tarzda
yashash, qaytarganlaridan qaytish, so‘ngra el yurt bilan hamohang yashash, unga sadoqatli bo‘lish, ona
Vataniga munosib xizmat qilish orqali o‘zini mamnun, baxtli his etish.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy ta’limoti misolida qaraganda: “Insonning yashashdan asl maqsadi
zavqli, lazzatli, huzur halovatli, baxtli saodatli umr kechirishdan iboratdir, degan g‘oya uning falsafiy
ta’limotida ustuvorlik qiladi. Shu bois ul zot “Insonnig mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekani, inson
bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u
baxt va saodatga erishadi” deb uqtirgan edi
77
.
76
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси 30.12.2020.
77
Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. – Б
. 188.
Do'stlaringiz bilan baham: |