Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OILA VA MAKTABNING MAS’ULIYAT TUYG‘USINI OSHIRISH YO‘LLARI Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Annotation.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 148 Xudoyorova Oysoat, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O‘tanova Umida, MRDI falsafa fanlari nomzodi, dotsent Aliqulov Xusniddin, DSQ huzuridagi Fiskal instituti bosh mutaxassisi BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA OILA VA MAKTABNING MAS’ULIYAT TUYG‘USINI OSHIRISH YO‘LLARI Annotatsiya. Bolalar tarbiyasida oila, maktab hayotining o‘rni, ta’siri va mas’uliyati masalari aks ettirilgan. Shuningdek, bolalarning odobi, o‘quv tarbiyaviy ishlariga mas’uliyat bilan qarashning eng muhim jihatlari, usullari, yo‘llari va vositalari aniqlangan. Kalit so‘zlar: ilm, aql, qobiliyat, ijodkorlik, mas’uliyat, hayot, maktab, oila, ijod, sog‘lom turmush tarzi, farzand tarbiyasi, mutahkam oila, Vatan tuyg‘usi, ezgu niyat, yaratuvchanlik. Аннотация. В статье отражена роль семьи, школьной жизни, влияния и ответственности в воспитании детей. Также определены важнейшие аспекты, методы, способы и средства детского этикета, ответственный подход к воспитательной работе. Ключевые слова: наука, интеллект, способности, творчество, ответственность, жизнь, школа, семья, творчество, здоровый образ жизни, воспитание детей, крепкая семья, чувство родины, добрые намерения, творчество. Annotation. The role of family, school life, influence and responsibility in the upbringing of children are reflected in this article. It also identifies the most important aspects, methods, ways and means of children’s etiquette, responsible approach to educational work. Key words: science, intelligence, ability, creativity, responsibility, life, school, family, creativity, healthy lifestyle, strong family, sense of homeland, good intentions, creativity. Go‘zal hayot kechirayotgan va sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lgan mustahkam oilalar jamiyatimiz va uning yorqin kelajagi uchun xizmat qiladi. Oila muqaddas dargoh. Unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod shakllanadi. Insonga xos chinakam farovon, baxtli hayot davom etadi. Bolalar tarbiyasida oila, maktabning o‘rni, ta’siri va mas’uliyati beqiyosdir. Ma’lumki, hayotda mas’uliyat tarbiyasi eng zalvorli masaladir. Ilm berish va uni egallash hamda hayotga mas’uliyat bilan yondashishda ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilarning farzand tarbiyasiga to‘g‘ri yondashuvi, hayotiy tajribalarga tayangan holda munosabatda bo‘lishi, hayotdagi o‘z vazifalarini chuqur tushunib еtishi talab etiladi. Bunda farzandlar mas’uliyatli, mustaqil fikr va e’tiqodli, ongli dunyoqarash, iroda va ma’naviyali inson bo‘lib еtishadilar. Oila va maktabda bolalarning odobi, o‘quv tarbiyaviy ishlariga mas’uliyat bilan qarashda quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi: – bolalarning xulqi, fe’l-atvoridagi o‘zgarishlar, muomala munosabati, tengdoshlari va ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganish; – bolaning o‘quv mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish, topshiriqlarni bajarish va o‘zlashtirishida faoliyatli yondashuv tamoyillar asosida innovatsion ta’lim texnologiyalardan keng foydalanish orqali mustaqil ijodiy faolligini oshirish; – oilaning ma’naviy, iqtisodiy ta’minlanishi, sog‘lom turmush tarzini qaror topishida bolalarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, ularning aql-zakovatini bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlariga yo‘naltirish orqali yuksak natijalarga erishish; – bolalar tarbiyasida ota ona va o‘qituvchilar hamkorligi, ilg‘or ish tajribalari natijasi va mehnatining samarasini ta’minlash, o‘zlashtirish, umumlashtirish, amaliyotga tatbiq etish orqali ulkan muvaffaqiyatlarga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling