Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalla va oila tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning mediativ ko‘nikmalarini
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuni 2018- yilda qabul qilindi hamda
2019-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. Bu orqali mediatsiya instituti O‘zbekistonning milliy qonunchilik tizimidan munosib o‘rin oldi. Ushbu qonunning maqsadi – mamlakatimizda nizolarni tartibga solishning muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish, nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil, o‘zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko‘maklashishdan iborat. Konfidensiallik, ixtiyoriylik, shaffoflik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi, xolisligi va betarafligi hamda o‘zaro hurmat mediatsiya jarayonining asosiy tamoyillari sifatida e’tirof etiladi. Mahalla va oila tizimida faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning mediativ ko‘nikmalarini takomillashtirishning ahamiyatini hisobga olib, ushbu yo‘nalishda turkum treninglar tashkil etilmoqda. Misol tariqasida USAIDning O‘zbekistonda huquqiy islohotlar bo‘yicha dasturi (JRUP) doirasida vazirlikning hududiy boshqarmalari rahbar va mutaxassislari uchun oila institutini mustahkamlash, oilaviy nizolarni hal etishning muqobil usullari, O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun- mohiyatini keng yoritish, mediatsiya tartib-taomili haqida tayanch bilimlar berish, mediatsiyani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan treninglarni aytish mumkin. Trening o‘quv dasturidan sohaga oid xorijiy tajriba, mediatorning kasbiy etikasi, mediatsiya bosqichlari, mediatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, “nizo”, “kokus”, “empatiya”, “refreyming”, “mediabellik” tushunchalari haqida nazariy bilimlar o‘rin olgan. Trening doirasida mutaxassislar stress va nizolarni boshqarish, keyslar bilan ishlash, kommunikatsiyaga kirishishda mediatsiya usullaridan foydalanish, aktiv tinglash, verbal va noverbal kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Trening ishtirokchilaridan olingan fidbek natijalari mazkur treninglarning tizim uchun yuqori amaliy ahamiyatini ko‘rsatdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, xodimlarning kasbiy kompetentligini muttasil rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xususan, mediatsiya usulining kasbiy amaliyotga tatbiq etilishi mamlakatimizda mahalla va oila institutini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, oilaviy ajrimlar va nizolarning oldini olishga hizmat qiladi. Quyida muallif tomonidan sohaning keyingi rivojlanishiga xizmat qiladigan takliflar ilgari suriladi: 1. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari faoliyatiga mediatsiya tartib-taomilini oilaviy nizo va kelishmovchiliklarni hal etishning yangi va muqobil usuli sifatida tatbiq etish; 2. Mutaxassislarning oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya sohasiga oid nazariy bilim, jumladan, muloqotga kirishish, muzokaralar o‘tkazish, mediativ texnikalarni qo‘llashdagi ko‘nikmalarini tizimli takomillashtirish, oilaviy nizolarni sudgacha hal etish jarayonida qo‘llashga doir treninglar tashkil etish; 3. Adliya vazirligi bilan hamkorlikda oilaviy nizo va kelishmovchiliklarni sudgacha hal etishda mediatsiya tartib-taomilini tatbiq etish maqsadida oilaviy mediatorlar hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari a’zolariga mo‘ljallangan mediatorlarni tayyorlash kurslarini tashkil qilish; 4. Mahalla va oila tizimi mutaxassislari uchun oila mediatsiyasi, mediativ kompetensiyalar tizimiga oid ilmiy-uslubiy va multimedia resurslar tayyorlash; 5. Oila institutini mustahkamlashga oid oilaviy mediatsiya, oilashunoslik yo‘nalishlarida tadqiqotlar, ilmiy loyihalarni amalga oshirish; 6. Oilaviy mediatsiya sohasida xorijiy tadqiqot muassasalari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 7. Oilaviy nizolarni sudgacha hal qilishda mediatsiya instituti joriy etilgan mamlakatlar ijobiy tajribasini o‘rganish va milliy amaliyotga implementatsiya qilish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling