OILADAGI AVLODLARARO MUNOSABATLARDAGI
IjTIMOIY-PSIXOLOGIK TO‘SIQLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada oilaviy munosabatlarda ijtimoiy-psixologik to‘siqlarning mavjudligi
va ularning ta’siri nuqtayi nazaridan o‘rganadigan yondashuv ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolaning asosiy
maqsadi ijtimoiy va psixologik to‘siqlarni va ularning oilaviy munosabatlardagi rolini tavsiflashdan iborat.
Kalit so‘zlar: oila, avlodlararo munosabat, ijtimoiy-psixologik to‘siqlar, “otalar” va “bolalar” avlodlari.
Аннотация. В данной статье обсуждается социально-психологических барьеров в семейных
отношениях и их влияния. Основная цель статьи – описать социально-психологические барьеры и
их роль в семейных отношениях.
Ключевые слова: семья, отношения между поколениями, социально-психологические барьеры,
поколения «отцов» и «детей».
Annotation. This article discusses the socio-psychological barriers in family relationships and their
impact. The main purpose of the article is to describe social and psychological barriers and their role in
family relationships.
Keywords: family, intergenerational relations, socio-psychological barriers, “fathers” and “children”
generations.
XXI asrda oiladagi avlodlararo munosabatlardagi ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni tadqiq qilish ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega. Zamonaviy o‘zbek jamiyatidagi ijtimoiy-psixologik vaziyatning hozirgi holatini “oila
inqirozi”ning tez-tez uchrab turishi deb ta’riflash mumkin. Har xil omillar ta’sirida muammoli oilalar sonining
ko‘payishini belgilovchi ko‘rsatkichlar – bu oilaning ichki ruhiy beqarorligi, har xil me’yoriy og‘ishlarning
paydo bo‘lishi, ajralishlar sonining ko‘payishi, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi iliq munosabatlarning
yo‘qolishidir.
“Otalar” va “bolalar” avlodlari o‘rtasidagi ziddiyat, uning sabablari va oqibatlari, konstruktivlikka
o‘tish va avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish imkoniyati zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning
dolzarb muammolaridan biridir.
Avlodlararo ziddiyatning vayronagarchilik sabablari ko‘p: turli yoshdagi kogortlar vakillarining qadriyat
yo‘nalishlarining mos kelmasligi; ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanish sur’atlarining o‘zgarishi, buning
natijasida oldingi avlodlar tajribasining befoyda bo‘lib qolishi hamda oila tuzilmasini o‘zgartirishi bu avlodlar
o‘rtasidagi uzluksizlikni yo‘qolishiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |