Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
184
ta’lim, maishiy, madaniy, psixofiziologik ehtiyojlarining qondirilishi, sog‘lom turmush tarzini yuritishga 
asoslanishi bilan tavsiflanadi. 
Disfunksional oila tushunchasi esa, jamiyat ijtimoiy stratifikatsiyasida pastroq ijtimoiy maqomga 
ega bo‘lgan, oila a’zolarining o‘z funksional vazifalarini to‘la bajara olmayotgan, bolalar tarbiyasi va 
ijtimoiylashuv jarayoni murakkab hamda og‘ir kechayotgan oilani nazarda tutadi. Umuman olib qaraganda, 
olimlar orasida disfunksional oila yoki farovon oilaga aniq ta’riflar ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da
99
, qanday 
oilani farovon yoki disfunksional, deb atash mumkin degan savolga ushbu oilalarning belgi va xususiyatlarini 
keltirish bilan aniqlik kiritish mumkin. Disfunksional oilaga ijtimoiy tuzilishi buzilgan, oilaning asosiy 
funksiya va majburiyatlari bajarilmaydigan yoki e’tibordan chetda qolgan, tarbiyada yaqqol yoki yashirin 
nuqsonlar mavjud bo‘lgan, buning natijasida “tarbiyasi og‘ir bolalar” paydo bo‘lishi, oila a’zolarida spirtli 
ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilish moyilligi mavjud, oilada kriminogen muhitni shakllanish 
ehtimoli yuqori va boshqa shu kabi xususiyatlar xos. Bugungi kunda mazkur tipdagi oilalar bilan ishlash va 
ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash (yo‘naltirish), jamiyat va davlat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Farovon oilalarning ko‘payishi va jamiyatda notinch disfunksional oilalarning paydo bo‘lishiga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun, birgina ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik ko‘mak ko‘rsatish yetarli hisoblanmaydi. 
Chunki oila shunday kichik guruhki, oila a’zolarining bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda oiladagi 
shakllangan ijtimoiy-psixologik muhit farzandlarning xulq-atvoriga va ularning kelajagiga sezilarli va jiddiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zolarining huquqiy madaniyatlilik darajasi ham farovon oilaning shakllanishida 
muhim omil hisoblanadi.
Xo‘sh huquqiy madaniyat o‘zi nima hamda nima uchun farovon oila shakllanishida huquqiy madaniyat 
zarur?
Huquqiy madaniyat bu har bir jamiyatda huquqning ijtimoiy qadriyat sifatida mavjud bo‘lishi va 
rivojlanishida ifodalanadigan huquqiy ong va qonuniylik hamda yuridik amaliyotning haqiqiy holati, 
qonunchilikning sifat darajasi bo‘lib, u mazkur jamiyatning o‘ziga xos yuridik boyligi hamdir
100
.
Huquqiy madaniyat jamiyat va shaxsning huquqiy holati timsolida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan 
alohida ijtimoiy hodisadir
101
.
Huquqiy madaniyat jamiyatning huquqiy madaniyati, shaxsning huquqiy madaniyati, bir kasbdagi 
insonlarning huquqiy madaniyati kabi turlarga ajratiladi. Huquqiy madaniyat fuqarolar tomonidan ularning 
jamiyat oldidagi burchlarini ongli ravishda amalga oshirishi hamda fuqarolik huquq va erkinliklarini 
ro‘yobga chiqarishning zaruriy sharti hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan o‘z huquq va erkinliklarini hamda 
majburiyatlarini ro‘yobga chiqarishdagi qoloq (eskicha) qarashlar, nomaqbul xulq-atvor hamda biror shaxs 
ustidan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga imkon yaratadi
102
.
Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirishning 
va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan 
butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. Mohiyati jihatdan, bu 
uning huquqiy tafakkur, yuridik texnika (uslubiyat) va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal 
qilayotganda va uning tarkibiy kdsmlari rivojlantirilayotganda huquqning o‘ziga, huquqiy amaliyot, huquqiy 
munosabatlarga, qonuniylik va huquqiy tartibotga, huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llash, shuningdek, 
boshqa huquqiy faoliyatlarga, butun ijobiy huquqiy borliqqa singib ketadi.
Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat 
huquq, sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxsning va jamiyatning 
99
Чубаркин М.М. Неблагополучная семья // http://academy.edu.by/sites/logoped/family.htm., Олиференко, Л.Я. 
Социально-педагогическая поддержка детей группы риска: учеб. пособие / Л.Я. Олиференко [и др.]. – Москва: Академия, 
2002. – C. 256.
100
Жиноят содир этишга мойил бўлган ёшларни аниқлаш ва ёш авлоднинг ҳуқуқий саводхонлигини юксалтиришга 
қаратилган долзарб вазифалар комплекс социологик тадқиқоти// Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 
ҳузуридаги “Оила” илмий-амалий тадқиқот маркази. 2019 й., –Б. 4.
101
Таджиханов У., Саидов А. Ҳуқуқий маданият назарияси. Дарслик. 2 томли. 1-том / Масъул муҳаррир академик 
Ш.З.Уразаев – Тошкент: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 1998. – Б. 30
102
Смоленский М.Б. Правовая культура, личность и гражданское общество в России: Формула взаимо-обусловленности/
М.Б. Смоленский // Правоведение. – 2003. № 1. – С.197-204.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling