Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

Ключевые слова: семья, дети с ограниченными возможностями, «мать- учитель», «активный 
ребенок», инклюзивное образование.
Annotation. The article describes the criteria for creating portraits of “mother-teacher”, “active child” 
in the upbringing of children with disabilities, the social necessity of raising children with disabilities.
Keywords: family, children with disabilities, “mother-teacher”, “active child”, inclusive education.
Xalqimizda “to‘rt yoki yеtti muchang sog‘ bo‘lsa….”, degan ibora juda ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu ibora 
sog‘lom insonning yеtarli darajada harakatchan emasligi yoki imkoniyatlariga yarasha jamiyatda o‘z o‘rnini 
egallay olmayotgani uchun uni ruhlantirish yoki koyish kabi maqsadlarda qo‘llaniladi. 
Insonning jamiyatda o‘zining munosib o‘rin topishi uchun uning aqlan va jismonan sog‘lomligi muhim 
o‘rin tutadi. Jismoniy yoki aqliy nuqson mazkur jarayonning murakkablashuviga turki bo‘ladi.
Bugungi kunda jahonda 650 milliondan ko‘proq nogiron bor. Agar ularga kengaygan oilalarining a’zolari 
qo‘shilsa, har kuni nogironlikdan bevosita yoki bilvosita azob chekayotgan odamlarning soni vahimali 
ko‘rsatkich – 2 milliardga yеtadi.
Albatta, bu katta ko‘rsatkich. Ammo bundan aziyat chekayotgan inson ko‘rguligi bundan-da ayanchli. 
Ayniqsa, nogironligi bor farzand ota-onasiga bundan-da mushkul.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, “Yer aholisining 10 foizga yaqini nogironlardir. 
Bu ko‘rsatkich demografik o‘sish, tibbiyot yutuqlari va aholining qarish jarayoni natijasida muntazam ortib 
bormoqda”
110
.
Oilada nogiron farzandning tug‘ilishi yoki farzandning nogiron bo‘lib qolishi ota-ona uchun juda og‘ir 
hodisa hisoblanadi. Bolaning nogiron bo‘lib tug‘ilishi chaqaloqlik paytida kichik bir kamchilikdek bo‘lib 
tuyulishi mumkin. Ammo uning o‘sib borgani sari ushbu muammoning ijtimoiy oqibatlari kattalashib 
boraveradi. Dastlab bola o‘zidagi mazkur muammoni anglab yеtmaydi. Vaqt o‘tgani sari buni qalban his 
qila boshlaydi. Tengdoshlaridan o‘zining farqli jihati unga ruhiy tushkunlik kayfiyatini, ko‘ngli o‘ksishiga 
olib kela boshlaydi. 
Bola o‘zidagi nuqson sababli, odamovi, o‘zini chetga oladigan, jamoaga kirisholmaydigan bo‘lib qoladi. 
Ayniqsa, bog‘cha yoki maktab yoshidagi tengdoshlarining kamsitish yoki kesatiq gaplari bolaga qattiq ruhiy 
zarba beradi. Natijada bola asosiy vaqtini yolg‘izlikda, o‘z xayollari og‘ushida o‘tkazishga intiladi. 
110
Ижтимоий яккалаб қўйишдан – тенгликка – Ногиронлар ҳуқуқларини амалга ошириш // Кэл Хани, “Eye-to-eye 
design”. – Брамптон, Канада. – Б. 3.



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling