Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 191 Boladagi nogironlik ota-onaga o‘zining ruhiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ularning xayolida qiz bolani uzatish yoki o‘g‘il bolani qanday qilib uylantirish masalasi doimiy o‘ylantirib keladi. Bunday o‘y- xayollar ta’sirida ayrim otalar alamini spirtli ichimliklardan olishga harakat qilishi ham uchrab turadi. Ichkilik ta’sirida bo‘lsa ham, ushbu o‘y-xayollardan vaqtinchalik bo‘lsa ham qutulishga harakat qilishadi. Afsuski, bunday nomaqbul xatti-harakat vaziyatni og‘irlashtirsa og‘irlashtiradi-ki, aslo muammoga yеchim bo‘lmaydi. Aksincha, oila a’zolariga, ayniqsa, nogironligi mavjud farzandni yanada chuqurroq ruhiy tushkunlikka soladi. Mana shunday vaziyatlarda ota-ona qanday yo‘l tutmog‘i darkor? Afsuski, nogironligi bo‘lgan bolalar onalarining aksar qismi bolani yеdirib-ichirish, toza-ozoda kiyintirishni o‘zining asosiy vazifasi sifatida biladi. Bolaning o‘qishi va tarbiyasini pedagog-o‘qituvchilarning zimmasida, deb hisoblaydi. Vaholanki, ular bolaning jamiyatga ijtimoiylashishida asosiy rol o‘ynashini anglab yеtmaydilar. Buning uchun esa ulardan pedagoglik sifatlari talab etiladi. Sog‘lom bola bilan shug‘ullanish uchun maxsus pedagogik bilimlar talab etilmaydi. Ammo nogironligi bor bolalar bilan ish olib borish uchun maxsus pedagogika, defektologiya, surdopedagogika kabi maxsus fanlardan bilim va ko‘nikmalar talab etiladi. Bunday bilim va ko‘nikmalarni ular maxsus tashkil etiladigan kurslar yoki internet yoki maxsus adabiyotlardan olishlari mumkin. Shu nuqtayi nazardan, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan nogironligi bor farzandlari bo‘lgan ota-onalarni bepul tarzda maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularni bepul tarzda adabiyotlar bilan ta’minlash muhim masala sanaladi. Nogironligi bor bola hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun qanday yo‘l tutishi zarur? Albatta, bunday bolalar, avvalo, taqdirga tan berib, hayotga pozitiv nuqtayi nazar bilan qarashlari lozim. Pessimistik kayfiyatga berilish, yashash uchun kurashishni susaytirish muammoning еchimi bo‘lib xizmat qilmaydi. Aksincha, vaziyatning yanada chigallashuviga olib keladi. Bu borada bolaning nogironligi bor maxsus internatlarda ta’lim olishi bu boradagi motivatsiyalarining oshishiga xizmat qiladi. Chunki bola o‘zi kabi imkoniyati cheklangan bolalar orasida hayot uchun kurashishni o‘rganadi. Albatta, imkoniyati cheklangan insonlarning hayotda erishayotgan olamshumul yutuqlari haqida ko‘p eshitamiz. Ayniqsa, yaqinda Tokioda bo‘lib o‘tgan paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan mamlakatimiz vakillari haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdilar. “O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi 160 dan ziyod davlatlar o‘rtasida 16-, Osiyo qit’asida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 4-, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi” 111 . Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan 19 ta medalning 11 tasi sportchi qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgani haqiqiy qahramonlik timsolidir. Mana shunday olamshumul yutuqlar yosh avlod vakillari uchun haqiqiy motivatsiya vazifasini o‘tamog‘i darkor. Nogiron bolalar bilan shug‘ullanishda ona tom ma’noda “Pedagog-ona”, bola esa “Faol bola” vazifasida bo‘lishi qo‘yilgan maqsadga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz. * * * 111 Президент паралампиячиларни табриклаб, ўйинлардаги қийинчиликлар ҳақида гапирди // https://www.gazeta.uz/ uz/2021/09/10/paralympics/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling