Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatanparvarlik
- Tolerantlik tarbiyasi
- Gender tarbiya
G‘oyaviy-siyosiy tarbiya – insonning yashab turgan davlat siyosatiga hurmati, uni anglash va tan olishi
hamda unga so‘zsiz rioya etishi. Maxsus maktab va maktab-internatlarda imkoniyati cheklangan bolalarning siyosiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki imkoniyati cheklangan bolalar aksariyat hayotini muassasada o‘tkazishini inobatga olsak, ular mamlakatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, siyosiy voqealar va hokazolarni pedagoglar, muassasaning boshqa xodimlari va albatta, o‘z tengdoshlari nuqtayi nazari bilan bog‘liq holda tushunishiga to‘g‘ri keladi. Vatanparvarlik – har bir tarbiyaning asosi bo‘lib, insonning o‘z Vatanini sevishi, uni qadrlashi, u uchun fidoyilik qila olishi, u bilan faxrlanishi va faxrini ko‘rsata olishi. Bu so‘z bizning xalqimizda keng ma’no- mazmunga ega so‘zdir. Chunki vatanparvar inson bo‘lish orqali har bir bola o‘zining xulq-atvori bilan, o‘qishga mas’uliyati bilan, yaqinlari va o‘zgalarga iliq munosabati bilan, salomatligini qo‘llab-quvvatlashi bilan iqtisodiyotimizni, mudofaamizni mustahkamlashga hissa qo‘shadi va barcha millat vakillarining do‘stona munosabatini ta’minlashda ishtirok etadi. Tolerantlik tarbiyasi – insonning boshqa millat va xalqlarga, o‘zga din vakillariga ijobiy munosabati. Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalmilaldir. Shuning uchun yoshlarda baynalmilalchilik, xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his-tuyg‘ular uyg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Gender tarbiya zamonaviy tarbiya yo‘nalishlaridandir. Uning O‘zbekistonda joriylanishi, asosan, erkak va ayolning teng huquqligini ta’minlashga qaratilgan ishlar jarayonida amalga oshirilmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir tarbiyaning o‘z o‘rni va ta’siri, shaxsda shakllanishi lozim bo‘lgan mezonlari mavjuddir. Biroq tarbiya yo‘nalishlari o‘z holicha yakka holda shakllanmaydi, ya’ni ular bir-biriga bog‘liq ravishda tarkib topadi. Aqliy tarbiya har bir tarbiyaning asosi, shaxsning bilimi bo‘lsa, axloqiy tarbiya uning odobidir. Nafosat tarbiyasi aqliy tarbiya yoki axloqiy tarbiyasiz shaxs oldiga o‘z talabini qo‘ya olmaydi. Chunki bilimi bor inson go‘zallikni anglaydi, yaratadi. Go‘zallik toza va musaffo joyda yaratiladi (ekologik tarbiya), go‘zal narsani yaratish uchun qandaydir vosita zarur, vositaning manzili va narxi bo‘ladi (iqtisodiy tarbiya), uni sotib olish jarayonida “xaridor va sotuvchilarning huquqlari to‘qnash kelishi mumkin” tarzida inson hayotining turli jabhalarida barcha tarbiyaning mezonlariga birday ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Download 3.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling