Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

MUSTAQIL VA FAROVON 
OILANING SHAKLLANISHIGA 
SALBIY TA’SIR ETUVCHI 
OMILLAR VA ULARNING 
OLDINI OLISHNING
ILMIY-AMALIY ASOSLARI


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
180
Qodirova Feruzaxon Usmanovna,
 Chirchiq davlat pedagogika instituti 
“Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” kafedrasi 
professori, p.f.d.
OILALARDA NOGIRON BOLALAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya. Maqolada oilalarda, maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil 
etish, nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan tarbiya yo‘nalishlari va 
ularning mohiyati o‘rganilgan. 
Kalit so‘zlar: oila, nogiron bolalar, ta’lim, tarbiya, zamonaviy texnologiyalar.
Аннотация. В статье исследуются пути эффективной организации воспитательной работы 
в семьях, специальных образовательных учреждениях, современные тенденции в образовании и их 
значение в работе с детьми с ограниченными возможностями.
Ключевые слова: семья, дети с ограниченными возможностями, образование, воспитание, 
современные технологии
AnnotationThe article explores the effective ways of organization of educational work in families, 
special educational institutions, the current trends in education and their importance in working with children 
with disabilities.
Keywords: family, children with disabilities, education, upbringing, modern technology
Hozirgi zamon bolasi ekologik ong, gigiнenik malakalar, iqtisodiy ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlikka 
ega bo‘lmasa, mustaqil hayotda emin-erkin xavfsiz harakatlanishi qiyin kechadi. Chunki tez rivojlanayotgan 
murakkab zamon shaxs oldiga qator talablarni qo‘ymoqdaki, bularsiz inson o‘z kelajagini, bu bilan bog‘liq 
ravishda oilasi farovonligini ta’minlashi oson kechmaydi. Shuning uchun ham imkoniyati cheklangan 
bolalarning ta’limi va tarbiyasi masalasi davlat siyosatining alohida muhim yo‘nalishi sifatida qaraladi. 
Demak, maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish uchun hozirgi kunda dolzarb 
bo‘lgan tarbiya yo‘nalishlari va ularning mohiyati hamda maqsad va vazifalarini aniq anglamoq va amaliyotga 
zaruriy metodik tavsiyalar ishlab chiqmoq muhimdir. 
Sanab o‘tilgan vazifalar o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra turli tarbiya yo‘nalishlariga oid g‘oyalar, 
qarashlar hamda usul va vositalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, maxsus ta’lim muassasalarida 
tarbiya yo‘nalishlari quyidagilar: 
1. Aqliy tarbiya. 
2. Axloqiy tarbiya.
3. Nafosat tarbiyasi.
4. Mehnat tarbiyasi.
5. Jismoniy tarbiya.
6. Vatanparvarlik tarbiyasi.
7. Ekologik tarbiya.
8. Iqtisodiy tarbiya.
9. Huquqiy tarbiya.
10. Gigiyenik tarbiya.
11. Jinsiy tarbiya.
12. G‘oyaviy-siyosiy tarbiya.
13. Tolerantlik tarbiyasi. 
14. Gender tarbiya. 
15. Mediamadaniyat (ta’lim-tarbiya).



Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling