“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
180
Qodirova Feruzaxon Usmanovna,
Chirchiq davlat pedagogika instituti
“Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” kafedrasi
professori, p.f.d.
OILALARDA NOGIRON BOLALAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya. Maqolada oilalarda, maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etish, nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan tarbiya yo‘nalishlari va
ularning mohiyati o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: oila, nogiron bolalar, ta’lim, tarbiya, zamonaviy texnologiyalar.
Аннотация. В статье исследуются пути эффективной организации воспитательной работы
в семьях, специальных образовательных учреждениях, современные тенденции в образовании и их
значение в работе с детьми с ограниченными возможностями.
Ключевые слова: семья, дети с ограниченными возможностями, образование, воспитание,
современные технологии
Annotation.
The article explores the effective ways of organization of educational work in families,
special educational institutions, the current trends in education and their importance in working with children
with disabilities.
Keywords: family, children with disabilities, education, upbringing, modern technology
Hozirgi zamon bolasi ekologik ong, gigiнenik malakalar, iqtisodiy ko‘nikmalar va huquqiy savodxonlikka
ega bo‘lmasa, mustaqil hayotda emin-erkin xavfsiz harakatlanishi qiyin kechadi. Chunki tez rivojlanayotgan
murakkab zamon shaxs oldiga qator talablarni qo‘ymoqdaki, bularsiz inson o‘z
kelajagini, bu bilan bog‘liq
ravishda oilasi farovonligini ta’minlashi oson kechmaydi. Shuning uchun ham imkoniyati cheklangan
bolalarning ta’limi va tarbiyasi masalasi davlat siyosatining alohida muhim yo‘nalishi sifatida qaraladi.
Demak, maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish uchun hozirgi kunda dolzarb
bo‘lgan tarbiya yo‘nalishlari va ularning mohiyati hamda maqsad va vazifalarini aniq anglamoq va amaliyotga
zaruriy metodik tavsiyalar ishlab chiqmoq muhimdir.
Sanab o‘tilgan vazifalar o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra turli tarbiya yo‘nalishlariga oid g‘oyalar,
qarashlar hamda usul va vositalarga tayangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, maxsus ta’lim muassasalarida
tarbiya yo‘nalishlari quyidagilar:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Nafosat tarbiyasi.
4. Mehnat tarbiyasi.
5. Jismoniy tarbiya.
6. Vatanparvarlik tarbiyasi.
7. Ekologik tarbiya.
8. Iqtisodiy tarbiya.
9. Huquqiy tarbiya.
10. Gigiyenik tarbiya.
11. Jinsiy tarbiya.
12. G‘oyaviy-siyosiy tarbiya.
13. Tolerantlik tarbiyasi.
14. Gender tarbiya.
15. Mediamadaniyat (ta’lim-tarbiya).