“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
181
Aqliy tarbiya insonning bilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, olamni anglash, dunyoqarashni shakllantirish,
o‘zlashtirgan bilimlarini hayotga tatbiq etishida namoyon bo‘ladi. Ushbu tarbiyaning shakllanishi pedagogning
o‘quvchilarga yetkazayotgan har bir o‘quv materiali ilmiy asoslangan, manbalarda o‘z aksini topgan, inson
va tabiat, jamiyatdagi voqea-hodisalarning dialektik bog‘liqligini anglashga imkon beradigan mazmundan
tashkil topishiga bog‘liqdir. Ish usullari, asosan, o‘quvchilarning bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
ish turlari va vositalariga tayanadi. Masalan, didaktik materiallar, audio va video vositalardan foydalanish,
kichik ma’ruza, vaziyatni baholash, muammolarning mohiyatini tushuntirish, hayotiy misollar va asoslarni
tahlil qilish va boshqalar.
Axloqiy tarbiya – insonning yashab turgan hududida umumqabul qilingan me’yor-qoidalarga rioya
etishi va umuminsoniy qadriyatlar hamda urf-odatlarga sodiq munosabatda bo‘la olishidir. Ushbu tarbiya
“Bola yaxshi, odobi undan yaxshi” – degan fikrning amaliy tavsifidir. Imkoniyati cheklangan bolalarga
qanchalik bilim berilmasin, agar u jamoada, turli hayotiy sharoitlarda o‘zini tutishni bilmasa, muomalada
tegishli qoidalarga rioya etmasa, u atrofdagilarning iliq munosabatiga sazovor bo‘la olmaydi. Bu esa,
bolaning xulq-atvoridagi chetlanishlarga, ya’ni injiqlik, qaysarlik, qo‘pollik, manmanlik va boshqa salbiy
xislatlarning tarkib topishiga olib keladi. Shuning uchun pedagoglar o‘quvchilarni o‘qitish bilan bir qatorda
ularga bilganlaridan hayotda samarali foydalanishni va bu jarayonda xushmuomala, samimiy, odobli, orasta
bo‘lishni o‘rgatishi lozim.
Agar bola jamoada yashash, ta’lim olish, shaxs sifatida shakllanish sharoitida bo‘lsa, unda uning
ko‘pchilikka bo‘ysunishi, ayrim hollarda o‘z xohish istagidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularda
qo‘nimlilikni, sabr-toqatni shakllantiradi. Sabr-toqat esa ota-bobolarimiz o‘gitlarida ta’kidlanganidek, baxtli
bo‘lishning belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |