“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
182
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari hamda
Bolalar huquqlariga oid
hujjatlarning nomlari va ularning mohiyatiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim.
Ekologik tarbiya insonning tabiatni asrashi va o‘zini uning bir bo‘lagi sifatida tushunishi,
salomatligini
muhofaza qilishi, mavsumiy o‘zgarishlarga mos yashash qoidalariga rioya etishidir.
Iqtisodiy tarbiya – insonning moddiy ehtiyoji va imkoniyatlari orasidagi tafovutni tushuna olishi,
yaqin
va uzoq kelajakka sarf va kirim rejalarini tuza olishi, oilaviy
budjetni shakllantirishi, farovon hayot, obod
turmush qoidalariga rioya etishi. Bu tarbiya hozirgi kunda dolzarb masalalarni hal etishda o‘zini namoyon
etmoqda.
Gigiyenik tarbiya – insonning o‘z tanasini “eshita olishi” –
toza yurish, vaqtida ovqatlanish,
dam olish
va me’yorida mehnat qilishi.
jinsiy tarbiya – insonning boshqa jinsga bo‘lgan qiziqishi, u haqida bilishga intilishini me’yorda
saqlay olishi. Bu tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus ta’lim muassasalarida o‘g‘il va qiz bolalar bilan alohida
vaziyatlarda
davra suxbatlari, debatlar va boshqa turdagi tadbirlar uyushtirilishi lozim. Ushbu tarbiya
masalalari yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladi. Asosan, “Odam savdosiga qarshi kurash”, “Qiz va
yigit munosabatlari”, “Oilaviy hayotga tayyorlanish” mavzularida davra suhbatlari uyushtirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: