Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Annotation. The article gives an idea of the current state of the family institution, the factors influencing
it, the formation of a prosperous family, works with dysfunctional families, the role of legal culture in the formation of a prosperous family model in society, as well as the importance of legal education in the family. Keywords: family institution, prosperous family, dysfunctional family, legal culture, legal awareness, legal norm, moral norms, duty, responsibility. Jahon miqyosidagi zamonaviy tendensiyalar: globallashuv, iqtisodiy integratsiya, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tafovutlarning yanada chuqurlashuvi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining kuchayishi, noan’anaviy oila-nikoh munosabatlariga huquqiy maqom berishga urinishlar kundan kunga oila institutini xavf ostiga qo‘yib kelmoqda. Oila – murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanib, ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makondir. Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topgan ijtimoiy institut hisoblanadi. Fan doirasida oilaga berilgan ko‘plab ta’riflarga duch kelamiz, olimlar tomonidan oilaning turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishiga bo‘lgan urinishlarning guvohi bo‘lamiz. Dunyo miqyosidagi zamonaviy tendensiyalarning ta’siri ostida oila institutining shakli va turlari o‘zgarib, yangicha mazmunga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, an’anaviy oila shaklini saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlar ko‘zga tashlanishi bilan farovon oila tushunchasini jamiyatda qaror topishi yo‘lidagi chora tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, farovon oila va farovon bo‘lmagan, funksional va disfunksional, notinch hamda nosog‘lom muhit hukmron bo‘lgan oila o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat degan savol barchani qiziqtirishi tabiiy, albatta. Farovon oila – er-xotinning bir-biriga va farzandlarga nisbatan o‘zaro majburiyatlari to‘la va aniq bajariladigan, jamiyatning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, o‘zini o‘zi moddiy jihatdan ta’minlay oladigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan bir vaqtning o‘zida ham birlamchi ijtimoiy guruh, ham ijtimoiy institutdir. Farovon oila tushunchasi oila a’zolarining yetarli darajada qondiradigan ish, daromad, uy-joyga ega bo‘lishi hamda reproduktiv, tibbiy, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling