Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari
Download 3.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 6 osd9d3c
Keywords: youth, offenses, measures for the prevention of offenses among young people, categories
of youth. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ushbu huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi eng muhim, samarali va insonparvar yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Biz o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlarining yoshlarda qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ushbu huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish (zararsizlantirish), huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish faoliyati ekanligini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi, huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi (6-modda). Ilmiy-nazariy adabiyotlarda 124 ham huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari bo‘yicha ushbu yondashuv qo‘llab-quvvatlangan. 124 Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R.Abdurasulova, I.Y.Fazilov. – Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 175; Kriminologiya. Maxsus qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / Mualliflar jamoasi. – Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 563; Odam savdosiga qarshi kurashishning huquqiy choralari: O‘quv-amaliy qo‘llanma / Muhamedov O‘.X., Ismailov I., Qalandarov M.M., Payziyev D.Y., Abdulhakov Y.A., Fazilov I.Y. – Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – B. 29; Фазилов И.Ю. Одам савдосига қарши курашнинг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик муаммолари: Монография. – Tошкент: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 183. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling