“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
84
4. Allohga tegishli bo‘lgan mavjudot sifatida farzandni yaxshi ko‘rish, uni mehr bilan tarbiya qilish
joiz. Farzandni yaxshi ko‘rish uchun mehr qudrati otaga ham, onaga ham Alloh tomonidan in’om etiladi.
Islom diniga ota, umuman, hayot tebratish uchun mas’ul, shu jumladan, oilaviy tarbiya uchun ham mas’ul
sanaladi
48
. Binobarin, ota farzandni islom ta’limoti bo‘yicha tarbiya qilish uchun ham mas’uldir. Ota farzand
boquvchisidir. Ota bolani shakllantiruvchi insondir. Ota bolani musulmon kishisiga aylantiruvchi asosdir.
Shu bois, otaga Alloh bola uchun rizq in’om etadi. “Ota-ona o‘z bolasiga go‘zal odobdan afzal narsa bera
olmaydi”, deyiladi hadislarda
49
(Imom Buxoriy va imom Termiziy rivoyati).
5. Har bir farzand o‘z qazoyu qadariga ega bo‘lib dunyoga keladi. Ilmiy til bilan ifodalansa, har bir
tug‘ilajak bolaning o‘z missiyasi mavjud. Har bir bolaning dunyoga kelishi va hayot kechirishida Yaratgan
tomonidan ato etilgan o‘z missiyasi, ya’ni hayotdagi maqsadi va vazifalari bor. Shu bois uning rizqi ham,
uning hayotdagi o‘rni va missiyasi ham faqat mana shu bolaniki bo‘ladi. Hayot, rizq, mavqe va missiya
ham Allohdan beriladi. Shunga ko‘ra, Allohning farzandga bergan aql-u idroki, iste’dodi, missiyasi va
rizqini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglash, uni mana shu taqdir yo‘nalishida, mana shu missiya tomon tarbiya qilish
zarur. Bolaning missiyasini hurmat qilish, e’zozlash va uni Alloh tomonidan bola taqdiriga boylanganligini
anglash zurur. Hadislarda aytilishiga ko‘ra, “Kimning yosh bolasi bo‘lsa, u uchun o‘zini bolalarcha tutsin»”
(Muoviya rivoyati)
50
.
6. Bolaning muhofazasi, rizqi, hayoti Allohning qo‘lidadir. Alloh bola to‘g‘risida qayg‘uradi, unga
o‘z mehrini ayamaydi, balolardan asraydi. Islom e’tiqodi bo‘yicha, har bir bola nasabi pok bo‘lib tug‘iladi.
Bolaning mana shunday muhofazasi uning qonuniy yo‘l bilan, yoki noqonuniy, ya’ni nikohsiz bunyod bo‘lgani
bilan belgilanmaydi. Qonuniy tug‘ilgan va noqonuniy tug‘ilgan chaqaloqlar o‘z erklari va huquqlarida
tengdirlar. Noqonuniy tug‘ilgan chaqaloqlarga jazo berilmaydi, jazo ularning ota-onalariga tegishlidir. Agar
chaqaloq noqonuniy tug‘ilgan bo‘lsa-yu, keyin uning ota-onasi nikoh o‘qigan bo‘lsa, bu farzand qonuniy
maqomga ega bo‘ladi. Noqonuniy bolaning tug‘ilishi bu bolaga gunoh sifatida yozilmaydi (“
Do'stlaringiz bilan baham: |