Zamonaviy oilalarda milliy qadryatlarning o’rni


Download 26.84 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi26.84 Kb.
#1375226
Bog'liq
ZAMONAVIY OILADA


ZAMONAVIY OILALARDA MILLIY QADRYATLARNING O’RNI

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
FARZAND TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY
QADRIYATLARNING O‘RNI
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning
taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish
vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir.
Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining samarasi
sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini
shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni judayam katta.
Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini
avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz,
har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy
etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni
ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat
hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo
etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan
kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar.
Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan
barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi
avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy
ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan
birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan
xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti
eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham
yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy
saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini
tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun:
 Vatanga, ota-onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini
kengaytirish;
 burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;
 do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal
qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir.
Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini
shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun:
 bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at
asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish;
 go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish;
 tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi
millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong
Marufova Gulnora Maxmudovna,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirining birinchi o‘rinbosari
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami5
va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini
tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yеtmoqdamiz, ya’ni faqatgina
chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi,
erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li
o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin.
Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli
davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etiladigan bir pallada yana ham
yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy
ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va
intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti
bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari – yеr yuzida ilm fanni
taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni
muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalari va
oziq ovqat bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga
ega bo‘lgan nodir san’at asarlari, xalq amaliy san’ati, me’morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi
avlodga yеtkazish kabi muammolar kiradi.
Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me’morchilik va ma’naviy asarlar har qanday dur-u
javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan
oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb ko‘rsatdilar, olamdagi
barcha jihatlarni “insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat
nima?”, degan savolga “har bir insonning o‘zligini anglashi”, deb javob berdi.
Qadriyatlarning shakllanish makoni bo‘lgan oila va unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning
kelajagini belgilab beradi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yеtishtirishga
intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlarining
baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi.
Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni
sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo‘lib yеtishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan
tarbiya o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Mustaqil
Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi Oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va munosabatlariga
doir barcha masalalar to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyada
o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari,
ota-onalar tomonidan bolalarning ta’minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik
qilish kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66-moddasida: “Voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli farzandlar
o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning
qonunda aks etishidir.
O‘zbek oilasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug‘ qariyalar – bobo va buvilarning
yuksak mavqe va martabaga egaligi bo‘lib, ular hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan
maslahatlashib, so‘ng ish boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni
alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari ana shundagina to‘la-to‘kis
namoyon bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy-madaniy merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati
xususida asosliroq fikr yuritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, ayol
ham o‘zining haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishini olaylik. Ko‘p yillar davomida
ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab
etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar ko‘payib, ularning
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami6
inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda
oilaning jamiyatdagi o‘rni juda muhimdir. Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy
qiyofasiga salbiy ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog‘i lozim. Farzandlar oilaviy
axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan foydalanishlari uchun
oilada kerakli shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit yanada yaxshilanadi.
Bizningcha, Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni
har qachongidan ham ortib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat
rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga
yеtkazuvchi qudratli omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o‘smirlik, balog‘at sari borishlarida
ibratli dovondan o‘tishi uchun farzandlarimizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatguvchi bir mayoq bo‘laylik.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami7
OILA MA’NAVIY MUHITINING MILLIY VA UMUMINSONIY
QADRIYATLAR BILAN UYG‘UNLIGI
O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘z milliy qadriyatlari va o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va
yuksaltirishda oilaga tayanib kelgan. Oilaning mustahkamligi, oilada ma’naviy muhitning milliy va
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash davlat va jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda, “Oila –kichik
vatan, oila tinch, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi1 ”. Shu sababli ham bizning mamlakatimizda oila –
muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XIV bobi oilaga bag‘ishlangan. Bosh Qomusimizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan. Shundan anglashimiz
mumkinki, oilaning mustahkamligi, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qaror topishini ta’minlash
davlatimizning asosiy hujjatida ham o‘z aksini topgan.
Oila murg‘ak vujud qalbiga eng pokiza tuyg‘ularning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoga kelgan farzand aynan oila bag‘rida bir qator dastlabki hayotiy ko‘nikmalarni egallaydi. Darhaqiqat,
qadimdan milliy urf-odat va an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol,
ma’nan yеtuk, mehr-oqibatli, saxovatpesha, o‘zgalar dardini his qila oluvchi, yiqilganga tirgak bo‘la oladigan
insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom oila muhiti muhim o‘rin kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda, oila azal-
azaldan farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalovchi maskan bo‘lib kelgan.
“Qadriyat” atamasi inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat yoki qaysidir ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat ne’matlari hisoblanadi. Milliy
qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga
tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham
o‘z milliy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har qanday millat o‘ziga
xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi.
Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi sifatida madaniy-ma’rifiy hodisalar, urf-odatlar, an’analar
zamirida inson qadr-qimmatining oshishiga xizmat qiladi. Oilada bolaga salomlashishdan tortib to‘g‘ri
ovqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida o‘zini tutish singari
ma’naviy-ma’rifiy, yurish-turish bilan bog‘liq ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi.
Bola o‘zini anglash sari qadam qo‘yganidan tevarak-atrofni, yaqinlarini, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan
ota-onalarini tanishni va ularning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zlashtirishni boshlaydi. O‘zbek
oilalariga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, sadoqat, samimiyat, ishonch, vatanni sevmoqlik, adolat, poklik,
to‘g‘rilik singari fazilatlar shaxsiy namuna sifatida ota-onadan farzandga bevosita singdiriladi. Urf-odat
va an’analarimiz, madaniyatimizdan bahramand bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning hayot tarziga yoshliklaridan
ota-onalariga ko‘mak berish, so‘ngra esa o‘z oilalari uchun qayg‘urish hissi singib boradi.
Oilada farzand tarbiyasida nafaqat ota va ona, balki bobo va buvilarning ham o‘rni haqida ham unutmaslik
kerak. O‘zbek oilalarida istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan ehtirom zamirida
pir-u badavlat onaxonlar-u otaxonlarimizni e’zozlash, ularning o‘gitlari, pand-nasihatlariga amal qilish,
keksaygan chog‘larida tayanch bo‘la olish singari qadriyatlar mavjud. Dasturxon atrofidagi yig‘inlarda keksa
avlod vakillari tomonidan xalqimizning nodir ijod namunalari maqol, matallar, rivoyatlar-u hikmatlar orqali
turli xil maishiy masalalar va muammolarga yеchimlar ko‘rsatiladi. Keksaygan ota-onalarga kiyim yoki
pul emas, balki oila a’zolarining shirin so‘zi va tasallisi, ruhiy daldasidan, e’tiboridan ortiqroq narsaning
o‘zi yo‘q. Keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat va muruvvat oiladagi uchinchi avlod vakillariga o‘z
ota-onalarining qarilik gashtini osoyishtalik va baxtiyorlikda o‘tkazishlarini ta’minlaydi. Zero, har birimiz
1 https://uza.uz/uz/posts/oila-adriyatining-umri-bardavom-b-lmo-i-shart-14-05-2020
Egamberdiyeva Nodira Melibayevna,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori
pedagogika fanlari doktori, professor
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami8
kamolga yеtkazgan va mislsiz muhabbat, beminnat non-tuzi bilan siylagan volida-yu padarimiz oldida bir
umr qarzdormiz.
Buyuk ajdodimiz, yеngilmas sarkarda Sohibqiron Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga
asosan, shahzodalar tarbiyasi ularning onalari zimmasida emas, balki buvi-bobolari zimmasida bo‘lgan.
Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot bo‘lsalar-da, uning oilaviy tarbiyasi
bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelgani tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir Temur, o‘z navbatida, bobo
sifatida Mirzo Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim, yеtuk
falakiyotshunos bo‘lib yеtishadi.
Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlari, yillar silsilasida toblangan chuqur hayotiy tajribasi
yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida asrlar davomida mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda.
Afsuski, hozirgi paytda oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish
bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelmoqda. Aksariyat oilalarda bugungi kunda
oila a’zolarining bir-biridan tobora uzoqlashishi va begonalashuvining guvohi bo‘lamiz. Zamonaviy oila
qiyofasi – har bir oila a’zosi televizor oldida soatlab band bo‘lib qolayotgan yoki qo‘lida uyali aloqa vositasi
bilan o‘z hududiga berkinib olishi, o‘zaro sovuq munosabatlar, turli avlod vakillarining go‘yo bir-birini
tushunmayotgani singari tasvirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi oilalarda ota-ona ertalabdan kechgacha
ro‘zg‘or tashvishida jamiyatning turli jabhalarida ish bilan band bo‘ladi, ayrimlari maqsadsiz ko‘cha-
ko‘yda yuradi va uyda bo‘lgan vaqtlarida ham o‘z ishlari bilan ovora bo‘lib farzandlariga deyarli vaqt ajrata
olmaydi. Tashqi ko‘rinishdan agar “oila” deb atash mumkin bo‘lsa, bu dargohda oila ahlini shunchaki bir
boshpana bog‘lab turadi, xolos. Deyarli bir-birini tushunmaydigan, samimiy suhbatlar olib borish o‘rnini
sovuqqina ijtimoiy, zaruriy savol-javoblar bilan yakun topuvchi dialoglar egallamoqda. To‘g‘ri, biz axborot
texnologiyalari asrida yashayapmiz. Shuni unutmasligimiz lozimki, oiladagi bu kabi sovuq munosabatlar
farzandlarimizni qo‘sh-qo‘llab yot oqimlar-u, begona madaniyatlar ta’siriga tushib qolishlariga turtki bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, oilalarda sog‘lom ma’naviy, axloqiy muhit hukmron ekan – jamiyat mustahkam
bo‘ladi, mustahkam jamiyatda esa tinchlik, farovonlik, osoyishtalik va to‘kinlikning barqarorligi ta’minlanadi.
Jamiyatimizning osoyishtaligi va barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish esa har bir vatandoshimizning
vazifasidir.
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI – ZAMONAVIY OILA


MUSTAHKAMLIGINING MUHIM OMILI
Annotatsiya. Ushbu maqolada oila institutini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning
o‘rni, mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-
mohiyati yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: qadriyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, oila, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
markazi.
texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi jarayoni kuchaymoqda. Bu ijobiy holat bo‘lib, uning
natijasida odamlarning tasavvur dunyosi, ong va tafakkuri o‘zgaradi. Ammo, shu bilan birga, u yosh avlodning
ma’lum qismida an’anaviy qadriyatdan, axloq-odobdan uzoqlashish holatlarini vujudga keltiradi. Zero,
mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, madaniyati, qadriyatlari tarixini anglashga
qiziqishi kuchaydi. O‘zbek xalqi asrlar davomida shakllantirib va rivojlantirib kelgan milliy qadriyatlari
bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini keng qamrab oldi. Buning natijasida xalqimiz
yaratgan o‘zbekona qadriyatlar rang-barang va beqiyosdir.
Qadriyat kishilar tafakkuriga singib, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklardan
iborat inson ma’naviy kamoloti sarchashmalaridan biri bo‘lib, u tufayli jamiyat ravnaq topadi, fuqarolarning
baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi. Qadriyatlar turli xalqlarning madaniyati, turmush tarzi,
mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, e’tiqodi, psixologiyasi, diniy qarashlari, milliy manfaatlari,
mafkurasi bilan bevosita bog‘liq. Bu esa qadriyatlar milliy, mintaqaviy qiyofa kasb etishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun turli xalqlarda qadriyatlarga, ularni belgilash mezonlariga yondashish, ularga amal qilish
darajasi ham aynan bir xil bo‘lmaydi. Qadriyatlarning milliy jihatlari ana shu tariqa shakllanadi.
Har bir millat o‘z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajak avlodlarga
yеtkazuvchisi hamdir. Milliy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o‘zi mas’uldir. Ushbu
mas’ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan ma’naviy burchning alohida shaxslarga emas, butun
millatga xos namoyon bo‘lishini anglatadi. Hatto mustamlakachilik sharoitida yashagan xalqlarda ham milliy
qadriyatlar butunlay yo‘qolib ketmaydi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, ayniqsa, oilaviy ajralishlarning
oldini olish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni tamomila yangi bosqichga ko‘tarish
muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Zotan, oilada qadriyatlar ulug‘lanib tarbiyalanayotgan
oilalarning farzandlari mustahkam oila bunyodkorlari va jamiyatimiz egalaridir.
Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling