Zamonaviy o‘qituvchi va uning ma’naviy qiyofasi


Download 268.01 Kb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi268.01 Kb.
#1112631
  1   2   3

Zamonaviy o‘qituvchi va uning ma’naviy qiyofasi


Nurmatova Mohinur

Reja:

  • I. Asl pedagog haqida fikrlar
  • II. Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi muhim 6 xislat
  • III. Xulosa

,,Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin‘‘

  • O‘rganishlarimiz natijasida zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz:
  • O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim.
  • O‘qituvchida huquqiy madaniyat bo‘lishi kerak.
  • O‘z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak.
  •  Axborot va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi lozim.
  • O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik moslashuvchan bo‘lishi kerak.
  • O‘qituvchining qalbi adabiyotga oshno bo‘lishi kerak.

O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim.

  • Kiyinish madaniyatida, masalan, erkak o‘qituvchilarda oddiy ko‘ylakdan tortib, soqol va sochning chiroyli parvarish qilinishi ham muhim hisoblanadi. Allomalarimiz so‘zi bilan aytganda, ta’lim maskani ziyo tarqatadigan muqaddas dargoh! Ushbu dargohda fikrni chalg‘ituvchi holatlarga o‘rin bo‘lmasligi lozim. Zero, Charlz Darvin aytganidek: “Inson tabiati o‘zidagi go‘zallikni doim bo‘rttirishga harakat qiladi”. Biz, pedagoglar esa oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarga uni qabul qilmoqlikni o‘rgatmog‘imiz kerak.

O‘qituvchida huquqiy madaniyat bo‘lishi kerak.

  • Bugungi kunda ayrim o‘qituvchilari Konstitutsiyamizning fuqarolar tengligi, erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta’limga oid moddalarini bilmaydi. Hokimiyat tizimi va boshqaruv organlari vakolatlari, hattoki, o‘qituvchilarning vakolatlari, huquqlari va burchlarini bilmaydigan o‘qituvchilar ham ko‘p.
  • Bugungi o‘qituvchi nafaqat Konstitutsiyamizni, balki ta’limga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlarini mukammal bilmog‘i shart. O‘qituvchilar huquqiy savodxonligining pastligi oqibatida millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari yoki sohani botqoqqa botiradigan korrupsiya illatlari namoyon bo‘lmoqda.
  • Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli yondashib, o‘z haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni esa davlat tashkilotlari, kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib, kerak bo‘lsa, parlament orqali qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, albatta, huquqiy madaniyati yuksak shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan bo‘lishi lozim”, deb aytgan.

Download 268.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling