Zamonaviy o’qituvchining muvaffaqiyat sirlari


Har bir dars hayot bilan bog’liq bo’lishi kerak


Download 1.2 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1566871
1   2   3
Bog'liq
MuvaffaqiyatSeminar-trening

Har bir dars hayot bilan bog’liq bo’lishi kerak.

Har bir darsimiz, bolaga uqtirmoqchi bo’lgan har bir ta’kidimiz hayot bilan bog’liq bo’lishi kerak. Biz uchun hamma vaqt qadrli hisoblanadigan hayotimizga bog’liq har bir narsa biz uchun muhim hisoblanadi. Ayniqsa aytiladigan narsa hayotimizning eng qiziq joylari bilan bog’liq bo’lsa yana ham yoqimli bo’ladi.

YAXSHI O’QITUVCHI BO‘LISH SIRI!

  • O’qituvchi bo‘lish oson, lekin yaxshi o’qituvchi bo‘lish hamma o’qituvchilarning ham qo‘lidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi o’qituvchi bo‘lish sari yetaklaydi:
  • -Siz qanchalik muloyim va sokin bo‘lsangiz, o’quvchingiz ham shunchalik osuda bo‘lib tarbiyalanadi.
  • -O’quvchiga berilgan va’dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.
  • -O’quvchini urish va haqoratlashdan yomoni yo‘q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham o’qituvchi o‘z gapini o‘tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.
  • -«U mumkin emas, bu mumkin emas», «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan o’quvchi bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo‘lib qoladi.

YAXSHI O’QITUVCHI BO‘LISH SIRI!

  • -O‘zingiz xunuk so‘zlarni ishlata turib o’quvchingizga «Hunuk gapirma!» deya olmaysiz. O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang.
  • -Biron ishda xato qilib qo‘ysangiz, o’quvchingiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan o’quvchi xato qilishdan qo‘rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o‘rgansin.
  • -Yetti yoshgacha erka bo‘lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o‘yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.
  • -Siz ham nohaq bo‘lishingiz mumkin. Boladan kechirim so‘rashdan qo‘rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo‘lishni o‘rganadi.
  • -O’quvchiga o’qituvchining jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o‘qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling