Zamonaviy o’rmon


Download 0.54 Mb.
bet3/3
Sana24.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1115569
1   2   3
Bog'liq
ertaklar to\'plami

Abduraxmonova Nargiza
SHARQ GULI
Qadim qadimzamonda, olis olis oʻlkalarda, abadiy muzliklar bilan qoplangan bir diyor bor ekan, u yerga hech qaysi bir odam zotining qadami yetmagan ekan. U yer haqida xalq ogʻzida turli afsonalar yurar edi,baʼzilar u yerda muz mahluqi bor desa yana biri Qor odamlari bor deya gapirishardi.Lekin hech kim u yerning asl sirini bilmas edi.U yerda sehrli gul boʻlmish “Sharq guli” oʻsar edi. Bu gul oʻziningmoviyyaproqlari,oʻzgachakoʻrinishiva sehrli qudrati bilan boshqa gullardan ajralib turardi. Lekin bu gul haqida afsonalarda eshitgan yoshi kattalargina bilardi....
Shu oʻlkadan unchalik uzoq boʻlmagan bir oʻlkada bir qirollik bor ekan.Ushbu yurtning qiroli odil va dono ekan. Har bir ishni oʻzining sevimli yordamchisi va doʻsti Dono Vazir bilan birga qilar ekan.Ushbu Mamlakat tinch va farovonyashardi. Podshohninggoʻzallikdatenggiyoʻq qizi bor ekan,qizining ovozasi yetti iqlimga ketgan goʻzalekan. Malikayi Jahon esa chindandagoʻzal va oqila edi.Ushbugoʻzallik tarifini eshitgan eshitganqoʻshniqirollik podshohi esa Malikayi Jahonni qoʻlga kiritmoqchi boʻlibdi,qancha urinsa hamkiMalika uning yuborgan sovgʻalarni rad etardi,bu esa qirolning jahl otiga minishiga sabab boʻlibdi va qoʻshni qirollikka qarshi urush ochibdi.Bu urushga podshoh va vaziri ham tayyorgarlik koʻrishibdi.Urush boshlanibdi..... Bu urush oqibatida qanchadan qancha begunoh odamlar aziyat chekishibdi. Malikayi Jahon bularni kuzatib turib hammasi uning aybi bilan sodir boʻlgan deya oʻylaboʻtirgan bir vaqtda bolaligida buvisidan eshitgan bir afsonani yodga olindi:Sharq guli sehrli boʻlib,u bor joyda urush boʻlmaydi,gʻam anduhlar boʻlmaydi, kasalliklar boʻlmaydi deya buvisi aytgan gaplarni oʻzigaoʻzitakrorlabdi. Otasi va Dono Vazirga bu haqida aytmoqchi boʻlganida esa ular bu filmi shunchaki afsona deb hisoblashsachi?oʻylab qolibdi va yarim tunda shahardan chiqib ketibdi.Uyoʻlyuribdi,yoʻl yuribdi oxiri bir oʻrmon oldida toʻxtabdi. Shundagina u ortidan kimdir ergashib kelayotganini sezib qolibdi.U ortiga oʻgirilib qarasa, yoshlikdan birga katta boʻlgandoʻsti Otboqar turgan ekan,u malikaga safarida yordam berishini aytibdi va yoʻlda davom etishibdi.Yoʻlyurishibdi, yoʻl yurishibdi va nihoyat ular Muzli oʻlkaga yetib kelishibdi.Muzlioʻlka juda va atrof koʻribboʻlmas darajada tuman edi,ularyoʻlni chamalab taxminan yoʻlda davom etishdi.Shu vaqtda ular Muzli chuqurlikka tushib ketishdi va bir birlarini topguncha ancha vaqt ketdi.Ular shu chuqurlikdan chiqishni oʻylayotganpaytda,muzli shar ichida gʻaroyibgulni koʻrishdi.U gul nihoyatda chiroyli ajib edi.Ular gulga yaqinlashib muzni sindirmoqchi boʻlishdi,u shunchalik qattiq ediki sinmadi,boʻlinmadi... Muzli sharning pastki tomonida shunday yozuv bor edi: Faqat haqiqatla ochilurgumbaz, birchimdim mardlik ham yetadi shu bas.Ular bu soʻzni bir necha marotaba oʻqishdi va nihoyat ular buning javobini topishdi,Ular muzli sharga qoʻltegizishdi va muzli shar ochildi,gul ularning qalbidagi haqiqat soflikni sezgan edi. Ular gulni olib oʻz yurtlari tomon yoʻlgatushishdi,yoʻlyurishdi,yoʻl yurishdi va nihoyat saroyga yetib kelishdi. Otasi qizining yoʻqligan chuqur gʻamga botgan edi,u qizini korib suyunib ketdi va qoʻlidagi gulga hayratomuz qaradi. Malika ushbu gul haqida Otasi va Vazirga aytib berdi.Soʻngra u gulni saroyning eng baland minorasiga olib chiqib suvga solib qoʻydi. Biroz muddat oʻtgach Qoʻshni qirollik urushni toʻxtatgani va yengilganini tan olgani haqida xabar kelibdi.Podsho va Vazir bu gulning haqiqatda sehrli ekanligiga ishonishdi. Bu gul sabab mamlakat tinch va osuda boʻldi. Afsonalarda kelishicha bu gul hali ham mavjud boʻlib, u turgan diyorning xalqi hali hanuz tinch va ozodlikda yashamoqda..
Ismoilova Durdona
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling