Zamonaviy o’rmon
To’rayev Parda Baxtiyor o’g’li
Download 0.54 Mb.
|
ertaklar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normurodova Xuriniso 4 DOST SARGUZASHTLARI
To’rayev Parda Baxtiyor o’g’li
QUTICHA E rtaklar olamiga sayr etar ekanmiz, bepoyon dalaning bir burchagida hali nozikkina bir niholni ko’ramiz. Nihol yolg’iz o’sar edi. Qishning qorong’u tunlari, sovuq qorlariyu kuchli shamollarga chidashga majbur edi. Shu tarzda u baquvvat va baland bo’y cho’zdi. Sovuq kunlarning birida mudrab turgan daraxtning sershox tanasi qattiq og’riq his qildi, qo’rqib uyg’ondi daraxt, qarasaki bu og’riq sovuqdan emas edi. Bu sovuqdan qiynalgan o’tinchining boltasi zarbi edi. Ketma-ket zarbalardan hushini yo’qotdi daraxt. O’ziga kelib qarasaki nozik niholimizdan endi oddiygina bir to’nka qoldi holos. Endi uning oldingi haybatiyu shijoati yo’q, hayotga bo’lgan umidi so’ndi. Kun botdi va tushkun holda uyquga ketdi. Ertasi esa uyg’onmadi ham. Shundan keyin to’nka yana boshiga urilgan mayin zarbalardan uyg’ondi. Endi u dalada emas, sovuq ham yo’q. Yorug’ va shinam xonada edi. To’nkaning boshini uqalayotganday mayin zarbalar egasi duradgor edi. To’nkaning qiyshiqligidan jaxli chiqqan duradgorning zarbalari jiddiylashdi. Duradgor jaxldan ayamasdan uni qoq o’rtasidan ikkiga bo’lib qo’yaqoldi. Endigi uyg’onishida og’riqlardan charchagan “to’nka” nima bo’layotganiga hayron edi. Qandaydir mayin narsa uni silar edi. Uning avvalgi ko’rinishidan asar ham qolmagan, tegayotgan mayin narsa esa uni ish jarayonidagi changlardan tozalayotgan duradgorning mehrli qo’lari edi. O ’ziga nazar tashlar ekan to’nka endi o’zidan yaraqlab nur talayotganini, tanasi silliq va go’zal bir shaklga kirganini ko’rdi. Endi u to’nka emasdi, mohir duradgor undan quticha yasagan edi. Endi bu quticha ichida turgan Qur’oni karim bilan birgalikda har kuni mehrli qo’llardan o’tib e’zozlanar, har kuni toza bo’lsa ham changlardan tozalanar va yaraqlab turar edi. Normurodova Xuriniso 4 DO'ST SARGUZASHTLARI Bor ekanda yoʻq ekan qadim oʻtgan zamonda 4 doʻst birga safarga otlanishibdi. Biri shoxning oʻgʻli shahzoda, biri dehqon yigit, biri oʻtinchi yigit,biri esa dunyoda tengi yoʻq chiroyli yigit edi .Ular oʻzlari bilan olib chiqqan yeguliklarni yeb tugatishibdi va Oʻtinchi yigit doʻstlariga biz olib kelgan yeguliklar tugadi endi biz oʻzimiz uchun yegulik olib kelishimiz kerak deb doʻstlariga aytibdi Birinchi kun oʻtinchi yigit yegulik olib keladigab boʻlibdi . Ikkinchi kun dehqon yigit yegulik olib keladigan boʻlibdi uchinchi kun esa dunyoda tengi yoʻq chiroyli yigit yegulik olib keladigan boʻlibdi va nihoyat toʻrtinchi kun shoxining oʻgʻli shahzoda yigit yegulik olib keladigan boʻlibdi.Birinchi kun oʻtinchi yigit oʻrmondan oʻtin yigʻib bozorga olib borib oʻtini sotibdi va pulga doʻstlarga yegulik olib kelibdi birinchi kun ham o’tibdi va nihoyat Ikkinchi kun kelibdi ikkinchi kun dehqon yigit bozorga boribdi va oʻziga ish qidra boshlabdi bir savdogar kelibdi va dehqon yigitni uyiga olib ketibdi dehqon yigit savdogarning tomorqasida ishlabdi va savdogar dehqon yigitga pul beribdi. Dehqon yigit pulga doʻstlarga yegulik olib boribdi. Nihoyat uchunchi kun ham yetib kelibdi uchunchi kun dunyoda tengi yoʻq chiroyli yigitning yegulik olib kelish navbati kelibdi Uyoʻlga tushibdi yoʻl yuribdi yoʻl yursa ham moʻl yuribdi va nihoyat bir kattakon daraxtning soyasiga duch kelibdi va dam olish uchun daraxtning soyasiga oʻtiribdi va qanday qilib yegulik topishini oʻylabdi va U oʻziga - o’zi mening qoʻlimdan oʻtin terish ham dehqonchilik qilish ham kelmaydi-ku deb savol berib oʻtirganda Uning yoniga bir shox va askarlari kelib qolibdi va undan nima uchun bu yerda oʻtirganligini sababni soʻrabdi U shoxga doʻstlari bilan birga safarga chiqaniligini va yegulik olib kelish navbati unga kelganligini shoxga aytibdi shoh uning gaplarni eshitib boʻlgach yigitga sen dunyoda tengi yoʻq chiroyli yigit ekansan mening bitta-yu bitta yagano qizim bor u ogʻir dardga chalingan agar sen uni baxti qila olsang senga bor mol-u davlatimni senga beraman deb shox yigitga aytibdi yigit esa shoxga uning doʻstlari uni yegulik olib kelishini kutib oʻtiriganligini va shoxning taklifni doʻstlari bilan maslahatlashib keyin shoxga aytishni aytibdi shoh yigitning doʻstlariga yeguliklar berib yuboribdi chiroyli yigit yeguliklarni doʻstlariga olib kelibdi va yegulikni doʻstlari bilan birga yebdi va boʻlgan voqeani doʻstlarga aytib beribdi doʻstlari esa unga shoxning qizni baxtli qila olsang rozi boʻlishni maslahat beribdi va chiroyli yigit do‘stlari bilan hayirlashibdi va shoxning saroyiga yoʻl olibdi va nihoyat shoxning saroyiga yetib kelibdi shox uni saroy ahli bilan kutib olibdi. Yigit shoxning taklifga rozi ekanligini shoxga aytibdi shox yigit va qizning toʻyiga tayyorgarlik koʻrishibdi.bir necha kun oʻtgach shox chiroyli yigitga doʻstlarini ham saroyga olib kelishni buyuribdi chiroyli yigit doʻstlarni saroyga olib kelibdi va ular saroyda ahli - inoq boʻlib yashay boshlashibdi.Yillar oʻtibdi kunlardan bir kun chiroyli yigit oʻziga - o’zi savol bera boshlabdi men dunyoda tengi yoʻq chiroyli yigit boʻlsam butun umrimni shoxning betob qizi bilan oʻtkazamanmi deb chiroyli yigit shoxning qizini oʻldirishni oʻylay boshlabdi va bir kuni u shoxning qizi uxlab yotganida uni oʻldirmoqchi boʻlib qilichni qinidan chiqarganida uni shoxning oʻgʻli oʻzini yaqin doʻsti koʻrib qolibdi va chiroyli yigitga nima uchun shoxning qizini oʻldirmoqchi boʻlganini sababni soʻrabdi chiroyli yigit esa doʻstiga men butun umrimni shoxning betob qizi bilan oʻtkazamanmi deb ajablandi doʻsti esa chiroyli yigitga sabrili boʻlishi kerakligini shoxning qizi ham tuzalib ketishini doʻstiga tushuntiribdi va shu holda yashayverishibdi. Kunlar oʻtibdi chiroyli yigit shoxning goʻzal qizidan tezroq qutilishni istab uni yana oʻldirmoqchi boʻlibdi. Doʻstlari saroy ishlari bilan band boʻlganida qizni yana o’ldirishga qilichini qinidan chiqarganida yana shahzoda doʻsti koʻrib qolibdi va yana oʻldirishga urundingmi shox bilib qolsa boshingni tanangdan judo qiladi-ku deb doʻstiga tushuntiribdi va chiroyli yigit doʻstiga tushunganini aytibdi va boshqa bu ishni qilmasligini aytibdi.Kunlar oʻtibdi kunlar ortidan oylar oʻtibdi kunlardan bir kun chiroyli yigit shoxning qizini yana uxlayabdi deboʻldirmoqchi boʻlib qilichni qinidan chiqarganida qiz toʻsatdan uyqudan uygʻonib qarasa yigit uni oʻldirmoqchi boʻlganligini koʻrib qoʻrquvdan kasali butunlay tuzalibdi.Chiroyli yigitni uzoqdan shahzoda doʻsti kuzatib turgan ekan chiroyli yigit saroydan qochib ketibdi. Shox mening qizimni qaylig’i nega koʻrinmayapti deb doʻstlardan soʻrabdi dehqon doʻsti ham oʻtinchi doʻsti ham chiroyli doʻstini koʻrmaganligini aytishibdi shahzoda doʻstidan soʻraganida u boʻlgan voqealarni shoxga aytib beribdi va shox boʻlgan voqealarni eshitib qizini shahzoda yigitga qizini berishni aytibdi shahzoda va malikaning toʻyiga saroy ahli bilan tayyorgarlik koʻrishibdi va nihoyat toʻy ham oʻtishibdi. Shahzoda yigit shoxga oʻzining saroyiga malika va doʻstlarini olib ketishni aytibdi shox rozi boʻlibdi va shahzoda Malika bilan saroyiga yetib kelibdi va baxtli hayot kechira boshladi oʻtinchi doʻstini saroyga qarovulqilib olibdi, dehqon doʻstini esa saroyda bogʻ ishlarga masʼul qilib qoʻyibdi. Shahzoda va malika orzu – istaklariga etishibdi baxtli farovon hayot kechirishi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling