Anglamon: Jayhunda ul oy kema birla sayr etar


Download 11.21 Kb.
Sana18.08.2023
Hajmi11.21 Kb.
#1668083
Bog'liq
Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro


Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro
Axtari sa'de hilol ichra kezar gardun aro.

Anglamon: Jayhunda ul oy kema birla sayr etar,


Yo hilolu mehr aksin el ko'rar Jayhun aro.

Kemadin har dam chiqib rangin su ko'zim qonidek,


Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.

Borgil, ey Majnunki, ul oy zavraqidek tez emas,


Jo'ngkim Laylo amorisin chekar homun aro.

Olma xum girdobidin bir lahza sog'ar zavraqin,


Bahri g'amdin istasang maxlas bu dahri dun aro.

Bahr mavjidin mushavvash bo'lmasun deb xotiring,


Mavj urar yuz bahri g'am bu xotiri mahzun aro.

Dur bo'lur bahr ichra pinhon, nazmidin shah madhida,


Bahr yoshurmish, Navoiy, har duri maknun aro.

Lug'at:


ZAVRAQ - qayiq
JAYHUN- Amudaryo
AXTARI SA'D- baxt yulduzi
HILOL- yangi oy
GARDUN- charxi falak, osmon
MEHR- quyosh
MARDUM- odamlar, bu yerda ko'z qorachig'i
PURXUN- qonga to'la
JUNG- kema
AMORA- odam tashish uchun kemaga ortiladigan kajava
HOMUN- sahro, cho'l
SOG'AR- sharob ichadigan kosa
MAXLAS- qutulish
DAHRI DUN- dunyo
MUSHAVVASH- parishon, tashvishli odam
MAHZUN- g'amli, tashvishli
MAKNUN- yashirin

1. Birinchi baytning mazmuni to'g'ri izohlangan javobni toping.

A) Quyosh yuzli go'zal Amudaryoda qayiqda sayr etmoqda demang, yangi oy o'rog'i o'rtasida kezayotgan baxt yulduzi deb ayting.
B) U quyosh yuzli kemada sayr etyaptimi yoki odamlar yangi oy bilan quyosh aksini daryoda ko'ryaptilarmi bilmay qoldim
C) Quyosh kema ichida sayr aylamaydi, bilingki u mening oy yuzli baxt yuldizimdir
D) Quyosh kema ichida sayr aylamaydi demang, oy yuzli baxt yulduzim bunga misol

2. G'azalning 4- baytida qanday she'riy san'atlar qo'llangan?

A) tashbeh, talmeh
B) talmeh , istiora
C) talme' istiora
D) irsoli masal tashbeh

3.G'azal mazmunidan kelib chiqib noto'g'ri javobni aniqlang.

A) Kemadagi go'zal baxt yulduziga qiyoslangan
B) Qizil rangli sharob oshiqning ko'z yoshlariga o'xshatilgan
C) Oshiq qonli ko'zning qorachig'iga qiyos qilingan
D)Mashuqaning yuzi quyoshga o'xshatilgan

4. Ga'azal haqidagi noto'g'ri ma'lumotni toping.



A) G'azalda "n " undoshi raviy vazifasida kelgan
B) G'azal raviyning o'rniga ko'ra
muqayyad qofiyada yozilgan
C) G'azalda yig'iq radif qo'llangan
D) G'azalda ham muqayyad ham mutlaq qofiya ishtirok etgan
Download 11.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling