Zamonaviy O‘zbekiston me’morchiligi tasviri


Download 4.49 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi4.49 Kb.
#1582739
Bog'liq
San


San’atshunoslik fakulteti Rangtasvir (dastgohli) ta’lim yo‘nalishi 4- kurs bitiruvchisi Abdiyeva Nargiza Botir qizi “Zamonaviy O‘zbekiston me’morchiligi tasviri” mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga
TAQRIZ
Bitiruvchi Abdiyeva Nargiza “Zamonaviy O‘zbekiston me’morchiligi tasviri” mavzusida bitiruv ishi bajargan. Bitiruv malakaviy ishi ikki qism nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qismning birinchi bobida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O‘zbekiston madaniyati va san’ati tarixining rivojlanish tarixini to‘liq yoritib bergan. Toshkent shahrining qadimiy va zavonaviy obida va binolari haqida ma’lumotlar keltirgan. O‘zbekiston madaniyati va san’atining eng qadimgi davrlaridan hozirgi davrigacha bo’lgan tarixini o’rgangan.
Bitiruv ishining ikkinchi bobida Toshkentdagi mahobatli va zamonaviy “Hilton Toshkent City” ning zamonaviyligiga binolarining ko’rkamligiga va chizish bosqichlari haqida bayon etilgan. Binolar kompozitsiyasining yaratilishi, kompozitsiyani rangtasvirda bajarilishi haqida ma’lumot berilgan. Bitiruv malakaviy ishining amaliy qismida “Zamonaviy O‘zbekiston me’morchiligi tasviri” kompozistiyasini bajargan. Kompozistiya uchun tanlangan ranglar juda mos bo‘lib perspektiva qonuniyatlariga ahamiyat bergan Bitiruvchi Abdiyeva Nargizaning “Zamonaviy O‘zbekiston me’morchiligi tasviri” bitiruv malakaviy ishining amaliy qismiga qo‘ygan maqsadini to‘liq yuzaga chiqargan. Men Abdiyeva Nargizaga pedagok sifatida o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondashib kelajak avlodni tarbiyalashda Vataniga o‘z hissasini qo‘shishiga umid qilaman, bitiruvchi Abdiyeva Nargizaning kelgusidagi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Bitiruvchi Abdiyeva Nargizaning “Zamonaviy O‘zbekiston me”morchiligi tasviri” bitiruv malakaviy ishini DAK a’zolaridan ijobiy baholashni so‘rayman.

BuxDPI “Tasviriy va amaliy san’at”
kafedrasi dotsenti A.R. Shukurov
Download 4.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling