Zamonaviy pedagogika fanini rivojlantirishning dolzarb muammolari
Download 19.05 Kb.
|
Ж. Палымбетова
ZAMONAVIY PEDAGOGIKA FANINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI. Jayxun Palımbetova Ajiniyoz nomidagi NDPI “Pedagogika nazariyasi va tarixi” 2-bosqich magistranti Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O’zbekston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog’liq. “Tálim to’g’risida”gi Qonun birinchi Prezidentimiz I.Karimov O’zbekstonRespublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2-sessiyasida “O’zbekston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” haqida qilgan máruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo’ydi. “Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab- o’rta, oliy tálim, ilmiy - tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy - márifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini tákidladi. O’zbekston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz tálimni isloh qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. “Tálim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot ishlariga yanada másuliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas'uliyatli vazifalarni qo’ydi. Dasturda “Fan bilan tálim jarayoni aloqalarini rivojlantirish” sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi. Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o’qituvchilari ham shug’ullanishlari, ularning ijodiy ishlari tálim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo’lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo’lmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki halq xo’jaligining biror - bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo’llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas. Hozirgi taraqqiyot tarbiyaning muhim masalalarini birinchi o’ringa qo’ymoqda. Mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, tálimning mazmunini milliylashtirish, uni takomillashtirish, tálimning tashkiliy shakl va metodlarini takomillashtirish, nazariy va amaliy masalalarini hal qilishga yangicha yondashish, metologik muammolar ustida ko’proq fikr yuritishni talab qilmoqda. Umumiy málumot muammosi hozirgi davrdagi eng muhim muammolaridan biridir, bu uning hozirgi davr talabiga javob berishi milliyligi, umuminsoniy sifatlarni shakllantirishga xizmat qilish, o’quv materiallarini tashkil qilish va tanlash prinsplariga mos bo’lishi kabilardir. Bular ilmiy bilimlarning ko’payib borayotgan hajmi bilan maktabda ularga o’rganish sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatni yo’qotishga yordam beradi. Tálim - tarbiya metodlari, tajribalarni tushinish va unga ijodiy yondoshish, tálimning tashkiliy shakllari, vositasita va usullarining nazariy asoslanish, uni boshqarish va mantiqiy tuzilmasi ko’pincha o’qituvchining metodologik tayyorgarligiga bog’liq. Biz shunday davrda yashayapmizki, bu davrda fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada rivojlanmokda va shular asosida qiziqarli ilmiy kashfiyotlar vujudga kelmokda. Shuning uchun bugungi kunda tarbiyani pedagoglar, filosoflar, psixologlar va sotsiologlar, gigienistlar va boshqalar birgalikda o’rganmoklari lozim. Lekin bular orasida pedagogika hal qiluvchi o’ringa ega. Pedagogika fani faqat pedagogik tadqiqotni gina emas, balki bolalarning rivojlanishi, shaxsning shakllanishini o’rganuvchi boshqa fanlar uchun ham qimmatlidir. Tarbiya yosh avlodni jamiyat hayotiga tayyorlash vositasidir. Tarbiyaviy jarayon jamiyatning shaxsga qo’yadigan talablari bilan amalga oshiriladi.Bularning hammasi muhim pedagogik qonunlarni belgilashga asos bo’ladi: Jamiyatning rivojlanishining o’zi ijtimoiy tarbiya va shaxsiy o’z - o’zini tarbiyalash bilan kelishadi, yáni uni korrektirovka qiladi. Shunday ekan ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, yáni yangi mustaqil respublikadagi hayotning o’zgarishi, jamiyatning insonlarga qo’ygan talablari va boshqalarni bilmasdan yosh avlodni tarbiyalashni to’g’ri tashkil qilish mumkin emas. Ijtimoiy rivojlanishni boshqarish uchun demak tarbiyaviy vazifalarni ham echish kerak. Albatta tarbiya jarayonining maqsadi sharoitlari, ob'ekti, shuningdek shaxs shakllanishining vositalari yo’l va metodlarini jamiyat belgilaydi. Jamiyat haqidagi hamma fanlar kompleksini bilmasdan turib, pedagogika o’z muammolarini hal eta olmaydi. Konkret pedagogik tadqi-qotlar uchun falsafiy qarashlar muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun ham falsafa faqat pedagogikaning metodologik asosigina bulib kolmasdan, uning butun fanlar málumotlaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi, uni xatoliklar va noto’g’ri ilmiy- tekshirishdan saqlaydi. Hozirgi davrda pedagogikaning dolzarb muammolari. Tarbiyaviy jarayonning mohiyati va qonuniyatlari: Shaxs axloqiy irodaviy sifatlarini shakllantirishning yo’llari, xususan ongli, mehnatga munosabat, vatanparvarlik, javobgarlik, burchni sevish, pok vijdon kabi milliy hamda umuminsoniy sifatlarni shakllantirish. Shaxsni shakllantirishning umumiy asoslari tálimni mehnat amaliyoti bilan bog’lash, aqliy, jismoniy va mehnat, estetika va mafkuraviy, ijtimoiy va individual sifatlarin shakllantirish. Tarbiya va o’z- o’zini tarbiyalash, tarbiya va qayta tarbiyalash va boshqa. O’quvchilarni tug’ma qobilyat va mahoratlarini aniqlash va rivojlantirsh, tálimga individual yondashish. Bolaning har - xil yoshdagi sifatlarini, motiv va qiziqishlarini aniqlash, ularning tarbiyachilarga ota - onalariga, tengdoshlariga, kattalarga munosabatlarini, o’z - o’zini tarbiyalashlarini o’rganish. Tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishining samarali yo’llarini izlash. O’qituvchi tásiri xulqidagi etika va estetika. Bolalar jamoasini shakllantirishning samarali yo’llari. Bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish ularning aqliy faolligini rivojlantirish. O’quv ishining samarali yo’l va usullarini izlash. Bolani oilada va maktabda tarbiyalashning yagona tizimini yaratish. Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o’qituvchilari ham shug’ullanishlari, ularning ijodiy ishlari tálim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda tarbiya muammosi bilan juda ko’p jamoatchilik shug’ullanmoqda. Bu sohada pedagoglardan tashqari filosoflar, sotsiologlar, psixologlar ham keng tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Tarbiya yáni pedagogik muammolarga bunday qiziqishni shuni bilish bilan izohlash mumkinki, O’zbekston Respublikasining istiqloli davrida tarbiyaning roli yanada oshib bormoqda. Pedagogika fani kelajak avlodni tarbiyalashning asoslarini belgilab berishi lozim. Pedagogika fanining rivojlanishi faqat ilmiy xodimlarning tadqiqotlari bilangina kifoyalanib qolmaydi. Bu ishga keng o’qituvchilar ommasi - intellegentlar ham bosh qo’shsa, fanning rivojlanishi ancha yuqori bo’ladi. Pedagogika tajribalarni umumlashtirish, uning yutuqlarini amaliyotga qo’llash, pedagogika fanining va maktabdagi o’quv tarbiyaviy jarayonlar samaradorligiga tásir qiladi. Hozirgi kunda pedagogika fani faqat yosh avlodni shakllantirish uchungina muhim bo’lib qolmay, balki uning roli jamiyatning hamma sohalarida muhim bo’lmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yoki xalq xo’jaligining biror - bir sohasida kompleks tarbiyaviy tadbirlarni qo’llamasdan turib biror bir natijaga erishish mumkin emas. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997. 2. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008. 3. Mavlonova R., To‘raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. –T.: O‘qituvchi, 2001. Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling