Zamonaviy psixologiya tarmoqlarining rivojlanishi


Download 43.54 Kb.
bet7/7
Sana13.09.2023
Hajmi43.54 Kb.
#1677223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA TARMOQLARINING RIVOJLANISHI

Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajribapsixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va ko‘nikmalarni orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar baholanadi.
Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni tajriba natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar.
Qayd etish tajribasi deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish tajribasi tabiiy tajribadan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik. T.: O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
2. Xasanboyev J., To‘raqulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O. Pedagogika fanidan izoxli lug‘at. – T., 2008.
3.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA UNING KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).
4.Usarovna, M. R., & Ibrahimovna, S. Z. (2019). Yuldoshev Sardor Asliddin o’ gli, Akhmedova Shokhida Mukhtarovna. THE EDUCATION OF TALENTED STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR)-ISSN, 2455-3662.
5.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA KIBERBULLING. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 62-66.
6. Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-545

1 S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 23p

2 Mangal S.K.: “General Psychology” 2013y. p.20.



Download 43.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling