Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar


Koordinatorlar: Nazarov A.M., Usmanova M.N., Ostanov Sh.Sh


Download 55.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana03.10.2023
Hajmi55.57 Kb.
#1691133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar To\'plam BuxDU 2023

Koordinatorlar: Nazarov A.M., Usmanova M.N., Ostanov Sh.Sh. 
Maqolalarning to’g’ri va aniqligiga mualliflar mas’uldir.
 
© Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, 
innovatsiyalar 


Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar
268 
TARBIYA FANINI O‘QITISHNING
PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI
Yusupova Barchinoy Aliqulovna
Termiz davlat pedagogika instituti, Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada tarbiya fani o’qituvchisiga qo’yiladigan talablar hamda
tarbiya fani o’qituvchisi qanday bo’lishi kerakligi haqida so’z yuritiladi. Tarbiya fanini
o’qitishda pedagogik va psixologik asoslar va pedagogik, psixologik bilimlarni fan doirasida
qo’llash tartibi yoritilgan.
Аннотация: В данной статье говорится о требованиях к учителю образования и о
том, каким должен быть учитель образования. Объясняются педагогико-
психологические основы и порядок применения педагогико-психологических знаний в
сфере образования.
Abstract: This article talks about the requirements for a teacher of education and what a
teacher of education should be. Pedagogical and psychological foundations and the procedure
for applying pedagogical and psychological knowledge in the field of education are explained.
Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir[1]. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur
bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishini ta’minlash yo’lida qo’llaniladigan chora-tadbirlar
majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy
va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo’la
olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya
tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o’tadi.
Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi[2].
Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar yig’indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya
faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas,
balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g’oyalari va san’atning barcha turlarini o’z ichiga
oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ham kiradi.
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy
qiyofasi va estetik didi o’stirilishiga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila
va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta’lim va
ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya
ta’lim bilan chambarchas bog’liq holdagina mavjud bo’ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish
jarayonida shaxsning faqat bilimi ko’payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror
topishi ham tezlashadi.
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari “tarbiyaning nazariy asoslari”, “tarbiya
didaktikasi”, “tarbiya amaliyoti” bilan belgilanadi.
Mazkur masalalar asosida O’zbekistonda yangi “Tarbiya” fani tasis etildi. Shu sababli
jamiyatda tarbiyaning o’rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok
etilmoqda. Mazkur masala bo’yicha tarbiya fani o’qituvchilari nazariy bilim, kasbiy ko’nikma
va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak.

Download 55.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling