Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar


Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar


Download 55.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana03.10.2023
Hajmi55.57 Kb.
#1691133
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar To\'plam BuxDU 2023

Zamonaviy psixologiyada ilmiy tadqiqotlar: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar
270 
fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish va samaradorligini 
o’rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi.
E’tibor berilsa, bundan keyin boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayoni umumta’lim 
fanlarini o’qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababli bunday tarbiya jarayonini 
muvofiqlashtirib borish “Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi. 
Bularning barchasi bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarining oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida “Tarbiya” fanini o’qitish zaruriyati, uning asoslarini o’zlashtirish va 
o’zlashtirilgan ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini egallashi taqozo 
etiladi. Shu sababli “Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi” o’quv fani 
bo’yicha o’zlashtiriladigan nazariy bilim, didaktik ko’nikma va amaliy kompetentsiyalar 
bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilari uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda 
mazkur bilim, ko’nikma va kompetentsiyalarni shakllantirish, ularni talabalarda tarkib 
toptirish va talabalarni kasbiy yo’naltirish masalalari ushbu fan vositasida amalsha oshirilishi 
ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida ushbu fanni o’zlashtirish natijalari bo’yicha bo’lajak
o’qituvchilarining kompetentsiya darajasini aniqlash monitoringi o’rnatiladi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya”
fani bo’yicha quyidagi malakalarga ega bo’lishi taqoza etiladi:
a) fan asoslari bo’yicha nazariy-kasbiy bilimli bo’lish;
b) fanni o’qitish metodikasi bo’yicha ko’nikmaga ega bo’lish;
v) fan vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash kompetensiyasini 
egallashi.
Tarbiya fani o’qituvchisiga pedagogik bilim, ko’nikma va malakadan tashqari unda 
psixologik bilim ham kerak, sababi hozirgi globallashib borayotgan zaminning yosh avlodlari 
fikrlash doirasi har tomonlama yaxshi rivojlangan o’z qarashlarini, fikirlarini bemalol ayta 
oladigan insonlardir. Shunday ekan bugungi kun tarbiya fani o’qituvchisi ham har 
tomonlama yetuk ya’ni ham pedagogik ham psixologik bilimga ega bo’lib uni fan doirasida 
qo’lay olishi lozim.

Download 55.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling