Zamonaviy quyosh va shamol qurilmalari


Download 12.15 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi12.15 Kb.
#1557242
Bog'liq
Jo\'raboyev FarPI.maqola


ZAMONAVIY QUYOSH VA SHAMOL QURILMALARI
O'qituvchi: Kuchkarova Dilnozaxon Phd
Talaba:Jo'raboyev Nazirg'ulom Mahmudjon o'g'li
Farg’ona Politexnika instituti, Farg’ona shahri
joraboyevnazirgulom453@gmail.com

Qayta tiklanadigan energiya vaqt oʻtishi bilan tabiiy ravishda toʻldiriladigan qayta tiklanadigan manbalardan toʻplangan energiyadir. U quyosh nuri, shamol, suv harakati va geotermal issiqlik kabi manbalarni oʻz ichiga oladi.Qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektr tarmogʻi, havo va suvni isitish va sovutish hamda mustaqil ravishda ishlaydigan energiya tizimlariga elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun energiya yaratib beradi.


Hozirgi kunda qayta tiklanadigan yoki noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish sohasida ko'plab texnologiyalar taklif etilganligi, ularni bemalol amalga oshirish mumkin. Ammo qayta tiklanadigan yoki noan'aviy energiya manbalarining rad qilib bo'lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf-xarajat ham ortib boradi. Shu sababli, hozircha qayta tiklanadigan yoki noan'aviy energiya manbalari an'ananaviy energiya manbalaridan foydalanish bilan raqobatlasha olmaydi. Qayta tiklanadigan energiyalarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat. Bug' turbinali quyosh elektrostansiyalarini ishlab chiqarish va ishga tushirish; Quyosh kollektoridan foydalanish orqali turar joy binolari va davlat muassasalarini energiya bilan ta'mirlash. Avtonom (iste'molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarini loyihalash va ishlab chiqarish; Quyosh nuridan foydalanib sho'r suvlarni chuchuk suvga aylantirish; Quyosh energiyasidan foydalanib qishda uylarni isitish va yoz oylarida sovitish bo'yicha Respublikamiz olimlari yangi loyihalarni ishlab chiqdilar.
Hozirga paytda dunyo malakatlarida yashil energetikaga oid yangi qurilmalar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Bularga:qo'shimcha ravishda elektr energiya olish, avtomobil o'tish yo'llarini yoritish, korxonalarni qo'shimcha elektr energiya bilan ta'minlash maqsadida quyosh qurilmalari va ularning smartlashtirilgan variantlari, shamol qurilmalari yoki shamol parraklari bilan quyosh panellarini kombinatsiyalash orqali ishlab chiqilgan qurilmalarni misol qilishimiz mumkin.Quyosh panellarini tashkilotlar, honadonlar tomlariga o'rnatish natijasida 20-25% elektr energiyani tejashga erishilyapti.Quyosh panellarini smartlashtirish orqali yanada ko'proq elektr energiya ishlab chiqarishimiz mumkin.Smartlashtirishning afzalligi shundaki, quyosh paneli o'ziga qulay burchak ostida tushadigan quyosh nuri tomon avtomatik ravishda harakatlanadi.Buning uchun qurilmaga maxsus dastur ishlab chiqiladi, yorug'likni sezib signal beruvchi rele o'rnatiladi.So'ngra quyosh panelining burilish mexanikasi ishlab chiqiladi.
Quyosh va shamol parragini kombinatsiyalash orqali yanada samarali elektr energiya ishlab chiqarishimiz mumkin.Chunki birinchidan ikkala energiyani birlashtiryapmiz.Kunduzi quyosh paneli yorug'lik va quyosh nuri orqali elektr energiya ishlab chiqarsa, tunda havo oqimi yuzaga kelgan vaqtda shamol parraklari harakati natijasida elektr energiya ishlab chiqariladi, natijada uzluksiz ravishda elektr energiya olishimiz mumkin.Ushbu qurilmani afzallik tarafi shundaki, ekologiya va atrof-muhitga turli xil zararli oqibatlari mavjud emas.
Quyosh energiyasidan foydalanib sho'r suvni chuchuklashtiruvchi qurilmalar hozirda keng ko'lamda loyihalanib, ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.Suvni tuzsizlantirish suvni barcha turdagi suvlardan umuman tozalab tamomila tuzsiz holga keltirishdir. Bu jarayon koʼp maqsadlarda, masalan yuqori bosimli qozonlar uchun suvni tayyorlashda, elektrovakuum korxonalari (rangli televizorlarini trubkalarini ishlab chiqish) da va boshqa sohalar uchun suvni tayyorlashda qoʼllanadi.Suvni tozalash amliyotida suvni chuchuklashtirish va tuzsizlantirishning quyidagi asosiy usuli qoʼllaniladi:Termik usul suvni bugʼlanishga va uni yana kondensatsiyalab suvga aylantirishga asoslangan. Аmalda suv bugʼlatilib bugʼ holatga kelgandan soʼng sovitiladi va yana suvga aylanadi yaʼni distillyat hosil qilinadi, qozonda esa tuz yigʼilib qoladi.“Parnik" turidagi chuchuklashtirish moslamalari oddiyroq boʼlib, ish unumlari 1 m2 maydon hisobiga kuniga 3-6 litr chuchuklashtirilgan suv tayyorlash imkonini beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xalqaro tajribani o'rganish va uni O'zbekiston sharoitlari bilan taqqoslash bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar muqobil energetika sohasida strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, joriy etayotganini ko'rsatmoqda. Dunyo rivojlangan sari fan va texnologiya jadal ravishda o'sib boraveradi, yangiliklar, innovatsion g'oyalar shu bilan birgalikda rivojlanishdan to'xtamaydi.Yangidan-yangi g'oyalar, ma'lum bir muammolarga bo'lgan yechimlar orqali ishlab chiqarilgan qurilmalar ham to'xtab qolmaydi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1. Muxitdinov M., Ergashev S.F., Isakulov J.I.,,Quyosh energiyasidan foydalanish". Toshkent, DTM. 1999.
2. Maxmudova I.M., Salohiddinov A.T. “Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti” Toshkent 2013.
3.Hakimov G'.A.,Mo'minov A.A.,,Loyihalash asoslari" o'quv -uslubiy majmua.Toshkent-2020.
Download 12.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling