Zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashda


XVIII bob. BILIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH


Download 98.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1615566
1   2   3   4
Bog'liq
Maxsus fanlarni 439

XVIII bob.
BILIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
439


bo‘lgan o‘z-o‘zini baholash, o‘z muvaffaqiyatlariga nisbatan tan- 
qidiy munosabatda bo‘lish hissi paydo bo‘ladi.
0 ‘qituvchi o‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash 
orqali:
* ularning fan bo'yicha nimalami bilishi, qanday savollami 
chuqurroq o‘iganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
* nimalarni, qanday savol, masalalami o'zlashtirgani haqida 
axborotga ega bo'ladi;
* ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot 
olishadi;
* o'qituvchi va o'quv yurti ma’muriyati tomonidan o‘quvchi- 
talabalar bilimini baholash orqali ulami kursdan kursga ko'chirish 
haqida qaror qabul qilinadi.
Nazorat ta’lim-tarbiya jaravonining ajralmas qismi bo‘lib, qa­
tor funksiyalami bajaradi:
1. Tashhislovchi funksiyasi. 0 ‘quvchi, talabalarning xislat, fazi- 
latlari, o‘quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. 
Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar 
tayyolash sifatini boshqarishdir.
2. 
O‘qituvchi-o‘rgatuvchi 
funksiyasi. 
Talabalarning 
o‘zlashtirishiga ta’sir ko'rsatadi, ulaming faolligini oshiradi. 0 ‘quv 
faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, 
0
‘qishga ijodiy mu­
nosabatda bo‘lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivoj­
lantirishga undaydi.
3. Tarbiyalovchi funksiyasi. 0 ‘quvchi, talabalarning salbiy to- 
monlarini minimallashtirish uchun muhit yaratiladi.
4. Rivojlantiruvchi funksiyasi. 0 ‘quvchi, talabalarning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘nikma, malakalarini tashhislash or­
qali o'zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy 
tajribasini ortishida o‘z aksini topadi.
0 ‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari 
mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy 
tamoyillari:
— barcha talabalami jalb etish;
— dastur materiallarini to‘la qamrab olish;
— talabalarga oshkora yondashish;
— talabalar bilimini adolatli baholash;
— muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga 
rioya qilish, ulami o‘z ustida tinimsiz ishlash, o'qish, o‘rganishga 
undaydi.
440


0 ‘quvchi, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga 
zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, 
uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta’lim tizimidagi 
mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqil­
gan reyting ( ing. Rating — individual son, miqdor ko‘rsatkichi 
ma’nosida ishlatiladi) tizimi qo'llanitmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va 
baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning 
-olgan bilimini o‘zlashtirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
Reyting tizimini qo'llash orqali talabalami o‘qitilayotgan 
fanlarni chuqur egallash, topshiriqlami bajarishga ijodiy yondash­
ish, adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashi- 
shlarini 
ta’minlash 
bo'lsa, 
ikkinchi 
tomondan, 
professor- 
o'qituvchilami ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik 
ko'rish, dars o'tishning turli-tuman uslublarini qo‘llash, talabalar 
bilimini nazorat qilish va baholashda mas'uliyatlarini oshirishdir. 
Bulaming barchasi esa raqobatbardosh mutaxassislarai tayyor- 
lashga erishishga qaratilgan.
0 ‘quvchi, talabaning fan bo‘yicha o'zlashtirishini baholash se­
mestr, o‘quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi.
Oliy o‘quv yurtlarida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
Maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 11-iyundagi 204-sonli buyrug'i 
bilan tasdiqlangan «Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini 
baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi 
Nizom»ga asosan 
talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash muntazam 
ravishda olib borilladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida esa 0 ‘MKHT 
markazining 2005-yil 17-avgustdagi 192-sonli buyrug'iga muvofiq 
ishlab chiqilgan «0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi muvaqqat Nizom» hamda 
«0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilar 
bilimini reyting tizimi orqali yakuniy baholash bosqichida tayanch 
so‘z va iboralaiga asoslangan yozma ish usulini tatbiq etish 
bo‘yicha muvaqqat Nizom» asosida olib boriladi. Ularga ko‘ra, 
o‘qitish saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun quyidagi 
nazorat turlarini o‘tkazish ko‘zda tutiladi:
• joriy nazorat;
• oraliq nazorat;
• yakuniy nazorat.
441


Oliy ta’limda joriy nazoratda fanning har bir mavzusi bo'yicha 
talabaning o'zlashtirishi aniqlanib, baholab boriladi. U odatda, 
seminar darslari, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari 
jarayonida amalga oshiriladi. Joriy baholash bo'yicha amaliy 
mashg‘ulotlar ychun ajratilgan har bir mavzu bo'yicha talabaning 
adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr- 
mulohazalari, dars o‘tish metodlari bo‘yicha berilgan topshiriqlarni 
bajarishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko'nikmalarini aniqlab 
borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg'ulotlarda amalga 
oshiriladi, semestr davomida 2 davrada o'tkaziladi.
Oraliq nazorat semestr, o‘quv yili davomida fanning bir necha 
mavzusi, qismi, bo‘limi bo'yicha nazariy mashg'ulotlar o‘tib 
bo‘lingandan so'ng o‘tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo, 
test, masala-mashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni 
o'zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlabadi va baholanadi.
Oraliq baholash ham semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. 
Talabalarning bilimi birinchi va ikkinchi davrada fanning 
Texnologik xaritasida ko‘rsatilgan Mavzularini qamrab olgan holda, 
jami 42 ball doirasida baholanadi. Oraliq baholashda talabalarning 
o'zlashtirish ko‘rsatkichi ma‘ruzalar, unda talabaning faolligi, 
o‘tilgan mavzular bo'yicha og‘zaki, yozma ish, test va talabaning 
mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.
Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar reyting jadvaliga 
muvofiq joriy va oraliq baholashga qo'shiladi.
Yakuniy nazoratga, fanning semestr yoki o‘quv yili davomida 
o‘tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o'zlashtirish darajasi ba­
holanadi. Yakuniy baho turiga ajratilgan ballar miqdori, o‘quv 
rejasida fanga semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 15 
foizi miqdorida belgilanadi. Yakuniy baholash semestrp yakunida 
o'tkazilib, yakuniy baholashda talabaning bilim, ko'nikma va 
malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda, fanning 
umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy baholash o‘g‘zaki 
so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish, suhbat, yozma ish, 
masala-mashq yechish yoki test otkazish usulida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini reyting tizimi bo'yicha baholashning yozma 
ish usuli talabalarda mustaqil, ijodiy tikrlash, o‘z fikrini yozma 
ifodalash ko'nikmalrini rivojlantiradi. Yozma ish oraliq baholash, 
yakuniy baholash, yakuniy Davlat attesttsiyasi bosqichlarida amalga 
oshirilishi mumkin.
Yozma ish yakuniy baholash shaklida o'tkaziladigan boisa, 
savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishida
442


kafedra majlislarida тиЬокама etiladi va kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. Yozma ish hajmi talabaning fan bo'yicha tasawuri
bilimi va amaliy ko'nikmasini baholash uchun yetarli bo'lishi zarur. 
Uning hajmi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet kengashida 
tasdiqlanadi. Yozma ishlarni baholash mezonlari kafedralar 
tomonidan ishlab chiqiladi.
Fan bo'yicha JB va OB turlarida talaba to‘plashi mumkin 
bo‘lgan maksimal reyting ballning miqdori, o‘quv rejasida fanga 
semestr yoki o‘quv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida 
belgilanadi: JB - 43 ball, OB - 42 ball. Talaba o^ganayotgan fani 
bo‘yicha har bir nazorat bo'yicha maksimal ballning kamida 56 
foizini to'plagan bo'lishi kerak. Undan kam ball to‘plagan 
talabaning fanni o'zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Yakuniy nazorat yozma ish shaklida tayanch tushuncha va 
iboralar mazmunini yoritib berish darajasi yoki talabaning fanni 
o‘zlashtirganligi darajasiga qarab baholash asosida amalga oshiriladi 
va unga maksimum 15 ball ajratiladi.
Semestr davomida fanlar bo'yicha to'plagan ballar maksimal 
ballning:
86 — 100 foizini tashkil etsa, «a’lo»;
7 1 —85 foizini tashkil etsa, «yaxshi»;
56 — 70 foizini tashkil etsa, «qoniqarli»;
55 foiz va undan кам bo‘lsa, «qoniqarsiz» baholanadi.
Bilimini sinash va baholashda quyidagi namunaviy mezonlar 
inobatga olinadi.
Ball
Baho
Talabaning bilim darajasi
85 - 100
A’lo
Xulosa va qaror qabul qilish; 
Ijodiy flkrlay olish;
Mustaqil mushohada yuritish; 
Amalda qo'llay bilish; 
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish; 
Tasawuiga ega bo'lish.
71 - 85
Yaxshi
Mustaqil mushohada yuritish; 
Amalda qo'llay bilish; 
Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish; 
Tasawuiga ega bo‘lish.
443


5 6 - 7 0
Qoniqarli
Mohiyatini tushunish; 
Bilish, aytib berish; 
Tasawurga ega bo‘lish.
0 - 5 5
Qoniqarsiz
Aniq tasawuiga ega emaslik; 
Bilmaslik.
Muvaqqat Nizomga asosan akademik litseylarda har bir nazorat 
turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qa’i nazar 100 ballik tizimda, 
kasb-hunar kollejlarida esa 5 ballik («5», «4», «3», «2») tizimda bu- 
tun sonlar yordamida baholanadi. Muayyan fan (predmet) bo'yicha" 
o‘quvchining bali nazorat turlari bo'yicha to'plangan umumiy bal- 
laming o‘rtachasi hisoblanadi. Mumkin bo‘lgan maksimal ball 5 
balni tashkil qiladi.

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling