Zamonaviy sharoitda mahalliy byudjetlar daromadlarining shakllanishi manbalari


Mahalliy byudjetlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari


Download 447.58 Kb.
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi447.58 Kb.
#1471221
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
husan kurs ishi

2.2 Mahalliy byudjetlarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi byudjet islohatlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulkni, erni va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o‘ynaydi. Keyingisamarali manba bo‘lib, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yish hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda.
O‘tgan davrda bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirildi, biroq sohada kelgusida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjud. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim”1 degan fikrlari so‘zimizni tasdiqlaydi. Mustaqillik davrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutining respublikamizga xos bo‘lgan noyob shakli bo‘lgan mahallalarga bir qancha moliyaviy vakolatlarning berilishi, jumladan bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordamlarning mahallalar tomonidan tayinlanishi ijtimoiy nafaqalar manzilliligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o‘rin egallamoqda, lekin shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan “hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag‘lari yetarli emasligi2 ” qattiq tanqid qilindi. Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini obyektiv zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi “2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasidan Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2017 y. 576. 31-bet navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirilishi byudjet tizimi, jumladan mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshiradi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Hududlarni ijtimoiyiqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning samarasi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i mahalliy byudjetlar daromadlariga o‘tkazib beriladi.
O‘z navbatida Respublika va mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz hududlarni iqtisodiy rivojlantirish ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Zero, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish borasida qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi”da ham xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish3 masalasi mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, qayd etilgan masalalar bo‘yicha tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish bo‘yicha 2017 yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanishi va ular asosida mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytirilishi, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish bo‘yicha 2017 - 2021 yillarga mo‘ljallangan dasturlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 32017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilova byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Zero, prezidentimiz bu borada “har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak. Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi ”- deya ta’kidlab o‘tganlar. Yuqoridagi mazkur holatlar mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlashning oqilona yo‘llarini izlab topishni taqoza etadi. Bu borada mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliqqa tortiladigan bazani kengashtirish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish lozim bo‘ladi. Bugungi kunda mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, tushumlar miqdorini yanada oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi ayrim muammoli masalalar ham mavjudki, ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi: Birinchidan, hududlarda aholi tomonidan yerlardan noqonuniy (tegishli hujjatlarsiz), o‘zboshimchalik bilan foydalanish, o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni qo‘shib olish, yerlardan me’yordan ortiq foydalanish, yangi qurilgan turar va noturar joylarni o‘z vaqtida davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, ularni baholatmaslik, tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, yollanma ishchilardan hujjatsiz foydalanish kabi holatlar mahalliy byudjetga soliq to‘lovchilarsoni, ular tomonidan to‘lanadigan mahalliy soliqlarning miqdori va soliqqa tortiladigan ba’zasinining kengayishiga teskari ta’sir qiladi. Ikkinchidan, joylarda dehqon va mol bozorlarida bo‘sh savdo o‘rinlaridan oqilona foydalanilmaslik, bozor ma’muriyati tomonidan sotuvchi va xaridorlarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yetarli darajada emasligi, mavjud imkoniyatlar (tarozi, arava va b. ijarga berish)dan to‘laqonli foydalanmaslik mahalliy byudjetlarning bozorlardan tushadigan daromadlari miqdoriga ta’sir qilmoqda. Uchinchidan, har bir hududda mavjud tabiiy, mineral-xomashyo resurslar oqilona foydalanilmaslik hamda ular negizida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan targ‘ibot tadbirlarining sustligi, aholining mavjud tomorqalaridan samarali foydalanish, uning negizida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеnti Shаvkаt Mirziyоеvning 2017 yil 14 yаnvаr kuni mаmlаkаtimizni 2016-yildа ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаntirishning аsоsiy yаkunlаri vа 2017-yilgа mо‘ljаllаngаn iqtisоdiy dаsturning еng muhim ustuvоr yо‘nаlishlаrigа bаg‘ishlаngаn Vаzirlаr Mаhkаmаsining kеngаytirilgаn mаjlisidаgi mа’ruzаsi. Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy tаrtib-intizоm vа shаxsiy jаvоbgаrlik – hаr bir rаhbаr fаоliyаtining kundаlik qоidаsi bо‘lishi kеrаk. yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega emasligi hamda ushbu faoliyatlarni amalga oshirish jarayonida zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining hududlarda yetarli darajada emasligi, hududlarning investitsiya salohiyati hamda investitsiya kiritish lozim bo‘lgan sohalar bo‘yicha investorlarning to‘laqonli ma’lumotga ega emasligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mavjud salohiyatdan samarali va optimal foydalana olmaslik mahalliy byudjetlarni subvensiyalanishini kamaytirishga, shuningdek daromadlarini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
XULOSA Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini aniqlash va uning mohiyatini hisobga olish bo‘yicha yuqoridagi yondashuvlarning barchasi bitta umumiy afzalliklarga ega barcha mualliflar mahalliy byudjetni mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar to‘plami va ularni qondirish uchun ularning ixtiyoridagi mablag‘lar to‘plami deb hisoblashadi. O‘ylaymizki, bu takliflar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirishda muhim yechim bo‘la oladi.
Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.
O’zbekiston respublikasi prezdintining amalga oshirayotgan islohotlar va tashabbuslari mahalliy byudjetlarning birmuncha barqarorlashuvini taminlamoqda.
Shu bilan birga, mahalliy byudjetlar viloyatning jamlanma byudjeti tizimiga kiritilgan. Qonun hujjatlarida mahalliy byudjet loyihasini va uning ijrosi natijalari to'g'risidagi yillik hisobotni rasmiy e'lon qilish zarurati belgilab qo'yilgan.
Byudjetlar tarkibida Mudofaa vazirligining o‘z vakolatlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha va ayrim davlat vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar majburiyatlarini bajarish masalalari bo‘yicha kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘lar alohida nazarda tutiladi. boshqa byudjetlardan subsidiyalar xarajatlari.
Mahalliy byudjet ma'lum bir hududning ma'muriy chegaralariga to'g'ri kelishi shart emas. Taxminlarga ko'ra, bitta munitsipalitet tarkibida yana bir nechta bir xil sub'ektlar (quyi darajadagi), ammo o'zlarining byudjetlari, mulklari va boshqaruv organlari bo'lishi mumkin. Aynan shu ko'p bosqichli mahalliy o'zini o'zi boshqarishning holati aksariyat mintaqalarida, ayniqsa hududiy jihatdan yirik sub'ektlari doirasida rivojlanmoqda. Shu bilan birga, mahalliy byudjetlar ularning bir qismi sifatida alohida aholi punktlari va mustaqil munitsipalitet bo'lmagan hududlar uchun xarajatlar smetasini o'z ichiga olishi mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va liberallashtirish, samarali soliq-byudjet siyosatidan foydalangan holda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat boshqaruvini markazsizlashtirish jarayonini davom ettirish joylarda davlat siyosatini amalga oshirishda mahalliy va hududiy hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirishga, respublika davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazishga, shuningdek, hududiy davlat hokimiyati organlarining tuman, shahar hokimiyati organlariga vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek: “Moliya sohasida soha va hududlarni mutanosib rivojlantirish hisobidan mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish zarur. Eng muhimi, tuman va shaharlarda mahalliy byudjetlarning kengaytirilishi aholining turmush darajasi va turmush sharoitini, umuman, barqarorlik va osoyishtalikni yuksaltirishga xizmat qilishi kerak”. Hududlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan hududlarning moliyaviy bazasini mustahkamlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini kengaytirish bo‘yicha hududlarning zaxira va imkoniyatlarini ishga tushirish, bu boradagi ishlar ustuvor vazifalardan biri, shuningdek subventsiyali rayonlar va shaharlarda sanoat va xizmatlarning jadal rivojlanishi hisobiga bunday hududlarni qisqartirish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish vazifasi belgilangan va bu vazifani amalga oshirishda quyidagi masalalar hal etilgan:
— Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutlarni, birinchi navbatda, viloyat iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni kengaytirish hisobiga sanoat va eksport salohiyatini oshirish hisobiga qisqartirish shuningdek, rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan tumanlar va shaharlarning jadal rivojlanishi orqali.
— Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasining jadal rivojlanishi hisobiga tuman va shaharlarning subsidiyaga qaramligini qisqartirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish va boshqalar. Bu vazifalarning to‘liq amalga oshirilishi mamlakatimiz hududlarini barqaror rivojlantirish hisobidan mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish imkonini bermoqda.
Mahalliy byudjetlar darajasida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini ularni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning alohida turlari bilan birlashtirish orqali tubdan mustahkamlash, viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlarini subsidiyalardan chiqarib tashlash hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari, ularning daromadlari yuqori bo‘lgan byudjetlarning taqsimlanishiga bog‘liqligini kamaytirish, bundan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish yer resurslarini ko‘paytirish va mas’uliyatini tizimli asosda qo‘shimcha zahiralarni aniqlash sifatida belgilangan va mahalliy byudjet daromadlarini oshirish hisoblanadi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish, mahalliy byudjetlar xarajatlaridan samarali foydalanishga erishish, hududlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy mustaqilligi va mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muhim qismi bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbai hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar mahalliy ehtiyojlarni to'liq qondirish va ularning bajarilishini davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshirish imkonini beradi. Hududlarning mahalliy davlat hokimiyati organlariga mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish vazifasi kiritildi. Bugungi kunda markaziy darajada byudjetlararo munosabatlar birmuncha barqarorlashgan bo‘lsa-da, mahalliy byudjetlar darajasida byudjetlararo munosabatlar muammolari saqlanib qolgan.. So'nggi yillarda mahalliy byudjet daromadlari bilan solishtirganda, hududlarda xarajatlarni oshirish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun qo'shimcha mablag'larni talab qiladi va yuqori byudjetdan subsidiyalar, o'zaro hisob-kitoblar yoki transfertlar shaklida moliyaviy yordamni talab qiladi. Hududlar bo‘yicha xarajatlar ijrosida respublika hududlari mahalliy byudjetlari daromadlarini shakllantirish, tafovutlar saqlanib qolmoqda
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini mustahkamlash hozirgi byudjet islohatlarining asosiy yo‘nalishi hisoblanmoqda. Bu borada mulkni, erni va tabiiy resurslarni soliqqa tortish asosiy rol o‘ynaydi. Keyingisamarali manba bo‘lib, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini uzoq muddatga mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‘yish hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda.
O‘tgan davrda bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirildi, biroq sohada kelgusida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjud. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim”1 degan fikrlari so‘zimizni tasdiqlaydi. Mustaqillik davrida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutining respublikamizga xos bo‘lgan noyob shakli bo‘lgan mahallalarga bir qancha moliyaviy vakolatlarning berilishi, jumladan bolali oilalarga nafaqalar, onalarga nafaqalar yoki moddiy yordamlarning mahallalar tomonidan tayinlanishi ijtimoiy nafaqalar manzilliligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligi mazkur soha rivojida muhim o‘rin egallamoqda, lekin shu bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan “hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag‘lari yetarli emasligi2 ” qattiq tanqid qilindi. Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini obyektiv zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi “2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasidan Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2017 y. 576. navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, hududlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirilishi byudjet tizimi, jumladan mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshiradi. Mahalliy byudjetlar umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Hududlarni ijtimoiyiqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning samarasi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i mahalliy byudjetlar daromadlariga o‘tkazib beriladi.
Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini aniqlash va uning mohiyatini hisobga olish bo‘yicha yuqoridagi yondashuvlarning barchasi bitta umumiy afzalliklarga ega barcha mualliflar mahalliy byudjetni mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar to‘plami va ularni qondirish uchun ularning ixtiyoridagi mablag‘lar to‘plami deb hisoblashadi. O‘ylaymizki, bu takliflar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirishda muhim yechim bo‘la oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR;
1.O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil murojatnomasi
3. https://www.mf.uz
https://samarkand.uz
https://cyberlininka.ru
: https://xabardor.uz
:https://cbu.uz
:https://kun.uz
:https://spot.uz
:https://uzrvb.uz
:https://lex.uz
:https://uzreport.news
Download 447.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling