Zamonaviy ta’lim muammolari
Download 332.39 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy talim muammolari boshlangich talim misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Niderlandiyada
- Buyuk Britaniyada
- Internetning
“Zamonaviy ta’lim muammolari” (Boshlang‘ich ta’lim misolida)
Shoniyozova Dilafrо‘z Sobirovnaning metodik tavsiyasi
Jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirish bevosita yoshlarni barkamol insonlar sifatida voyaga yetkazish masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktabga ilk qadam qо‘ygan о‘quvchi qarshisida yangi, jozibali о‘zga bir dunyo paydo bо‘ladi. Bola maktabda mо‘jizakor olam yangiliklari bilan tanishadi, hayot haqidagi his-tuyg‘ularini boyitadi, iroda va xarakterini tarbiyalaydi, о‘rtoqlari, katta yoshdagilar bilan muloqotda bо‘lishga о‘rganadi. О‘qituvchi endigina qutlug‘ ostonaga qadam qо‘ygan murg‘ak bolaga razm solar ekan, unga alohida e’tibor, mehr, qalbiga yо‘l topa bilishi lozimligini tushunib yetadi va kasbiy faoliyati davomida о‘quvchilarning aqliy qobiliyatini, irodasini mustahkamlab, xarakterini tarkib toptira boradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy va madaniy sohalardagi islohotlarning asl maqsadi о‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatimiz uchun munosib – bilimli, yuksak intellektual salohiyatga ega, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar qilib voyaga yetkazish bо‘lib, bu vazifalar har tomonlama salohiyatli, boy tajribaga ega, zamon talablari asosida faoliyat yurituvchi sharafli kasb egalari – о‘qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Shu bois ham bugungi kunda xalq ta’limi xodimlari, pedagog, tarbiyachilarning ijtimoiy yetukligi, faolligini yuksak darajaga kо‘tarish mustaqil yurtimiz kelajagini hal qiluvchi muhim strategik masalalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Hozirgi zamon о‘qituvchisi ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda о‘quvchilarning pedagogik-psixologik tabiatiga e’tiborini qaratishi va ta’lim jarayoniga innovatsiyani olib kirishi, hamkorlik asosidagi bahs-munozaraga imkon yaratishi, hamkorlik asosidagi iroda mustahkamligini, muomala madaniyatini, iste’dodini tarbiyalashi lozim. Shuningdek, bugungi kun о‘qituvchisi zimmasiga jamiyatning meyoriy talablarini yaxshi о‘zlashtirgan bolagina emas, balki о‘zining butun hayoti davomida milliy qadriyatlarga hurmat, avlodlar an’analariga sodiq bо‘lishi zarurligini anglab yetgan, zamonaviy bilimlarga, erkin, mustaqil fikriga
ega, о‘z oldiga qо‘ygan maqsadiga erisha oladigan, ma’naviyati yuksak, har qanaqa murakkab muammolarni hal etishga qodir insonlar qilib tarbiyalash vazifasi ham qо‘yilgandir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda bola shaxs sifatida shakllana boshlaydi, bu esa о‘z navbatida boshlang‘ich ta’limning davlat va jamiyat taqdirida ham qanchalik muhimligini belgilaydi.
Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning eng muhim muammolaridan biri – bu xorijiy mamlakatlarning boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi ilg‘or tajribalarni о‘rganish va ahamiyatga molik jihatlarini о‘zimizda qо‘llashdir. Shu jihatdan olib qaraganda chet el tajribalariga murojaaat qiladigan bо‘lsak, kо‘plab mamlakatlarda boshlang‘ich ta’lim majburiy va hamma birdek bu turdagi ta’limni olish huquqiga ega. Aksariyat mamlakatlarda bolalarning boshlang‘ich ta’limni olishi ular 6 yoshga yetganida, sog‘lig‘i borasida jiddiy muammolar kuzatilmagan holatda boshlanadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limni 8 yoshdan kechiktirmay boshlash kо‘p davlatlarda belgilab qо‘yilgan. Sababi, aynan shu bosqichda umumta’limiy bilim-kо‘nikmalar shakllanib, ularning о‘zlashtirish darajasi kо‘p ma’noda keyingi ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydi. Amerikada boshlang‘ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bо‘lgan bolalarga tо‘laqonli bilim, ta’lim berish ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bо‘lib shaklanishini ta’minlashdan iboratdir. Boshlang‘ich sinflarda о‘qitiladigan о‘quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bо‘lib, ular о‘quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yо‘nalishiga ham ega qiladi. Sinfdan- sinfga kо‘chirish о‘quvchining о‘qish tezligi, yozuvi, husnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang‘ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday о‘zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida о‘quv-tarbiya ishlari bilan bog‘liq masalalarni tо‘laligicha har bir shtat о‘ziga mustaqil belgilab olish xuquqiga ega. Shu boisdan boshlang‘ich maktablarda о‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan. YA’ni boshlang‘ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bо‘lishi mumkin. О‘quvchilar shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiyena, matematika, xunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSH maktablarida о‘qish har bir о‘quvchi uchun faxr-iftixor bо‘lishiga о‘quvchi bilimi, imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. О‘quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bо‘lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich ta’lim fuqarolarning qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar, barcha uchun majburiy va bepuldir. Boshlang‘ich ta’limga qо‘yilgan asosiy talab о‘quvchilarga ifodali о‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Fransiyada ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning vatani, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini о‘rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham kо‘zda tutilgan. Boshlang‘ich sinflarda о‘qish 5 yil bо‘lib, о‘qish 3 bosqichga bо‘linadi: - Tayyorlov bosqichi – 1 yil. Bunda bolalar hisoblashga, о‘qish va yozishga, kuylashga, о‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bо‘lishga maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, mehnat qilishga о‘rgatiladilar. О‘qish mashg‘ulotlari ertalab soat 9 00 dan 12 00 gacha hamda soat 14 00 dan 16
00 gacha 5 soat davom etadi. Ovqat pullik, lekin juda arzonlashtirilgan. - Ikkinchi bosqich – elementar kurs bо‘lib, bu 2 yil davom etadi. Tayyorlovdagi bilimlar yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bо‘limida bir о‘qituvchi ishlasa, elementar bosqichda 2 о‘qituvchi (har biri bir yildan) ishlaydi. - Uchinchi bosqich – chuqurlashtirilgan bosqich. Bunda о‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Dasturlarda о‘quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bо‘yicha aniq, alohida-alohida talablar qо‘yiladi. Masalan: О‘qish 1-bosqichda о‘quvchi: 1. Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta, jurnal, lug‘at, e’lon, xat) bir-biridan ajrata olish; 2. Xatni о‘qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob, sahifalarning ketma- ketligi)ni о‘rganib olish; 3. Matn tarkibini aniqlay olish; 4. Mustaqil mashg‘ulotlarda kitoblardan, lug‘atlardan foydalana olish. 2-bosqichda: 1. О‘tilgan material mazmunini elementar bayon qilib bera olish; 2. Matnda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish; 3. Sintetik tahlil qila bilish (urg‘u, tinish belgilari). 3-bosqichda: 1. Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda о‘zicha о‘qish, о‘qish qoidalarini tо‘la shakllantirish, savollarga og‘zaki va yozma javob qaytarish, rasmlarni izohlab berish;
2. Matndagi noaniq sо‘zlarni aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish; 3. Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish; 4. Bayon qilingan axborotni tinglash va tо‘g‘ri qabul qilish; 5. Sо‘zlarni og‘zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish; 6. Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish. Boshlang‘ish maktabning uch bosqichida о‘quv jarayonida tarix, geografiya bо‘yicha ham jiddiy talablar asosida bilim beriladi. Fransiya maktablarining boshlang‘ich sinflarida fuqarolik ta’lim predmeti ham о‘qitiladi. Buning mazmuni shundan iboratki, о‘quvchilar oila, maktab, sinf oldida ma’lum bir mas’uliyat sezishlari lozim. Ularni yoshligidanoq о‘z dо‘stlarini, sinfdoshlarini, oila a’zolarini hurmatlash, ular mehnatini qadrlash, jamoatchilik ishida о‘zini tutish kabi insoniy hislatlarni singdirishdan tashqari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayot, boshqarish ishlari tuzilishi, shahar meri, shahar kengashi va ularning vazifalari, saylov tizimlari, saylovoldi kompaniyasining qо‘yilishi, mohiyati va boshqalar о‘rgatiladi. О‘quvchilar о‘z mamlakatining siyosiy hayotini anglab yetishlari, u haqda dastlabki fikr berishni bilishlari lozim. Fransiya maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida ahamiyat beriladi, bu ta’lim uch tarkibdan iborat: musiqa, tasviriy san’at, sport. Ta’lim turli sikllar orqali amalga oshiriladi. Ta’limni sikllashtirish о‘qituvchi faoliyatiga keng erkinliklar beradi, uning pedagogik mas’uliyatini oshiradi. О‘quv dasturining mazmunini bevosita о‘qituvchining о‘zi belgilaydi. О‘qituvchi bolalar bilimi uchun mas’ul ekan, uning uslub tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga tо‘la erkinliklar ham beriladi. 1990 yildagi hukumat qaroriga muvofiq, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limga modullashtirish, bolalarni bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berilgan. Mamlakatdagi boshlang‘ich ta’lim maktabning yuqori bosqichlariga tayyorlashda muhim mas’uliyatni о‘z zimmasiga olgan. Bu jihat Fransiyaning “Ta’lim tо‘g‘risida”gi davlat qonunida ham ta’kidlangan. Niderlandiyada boshlang‘ich maktab 4-12 yoshli bolalarga mо‘ljallangan. Boshlang‘ich sinflarda о‘qish haftasiga 5 kun. Bolalar soat 8 00 dan 15 00 gacha
maktabda bо‘ladilar. Mashg‘ulotlar о‘yin formasida amalga oshiriladi, dars soatlari chegaralangan emas. Golland maktablarida 15, 20, 30, 40 minutlik darslarni uchratish mumkin. Soat 12 00 dan 13 30 gacha tushlik, ya’ni tanaffus. Bolalalar uylarida ovqatlanib keladilar. Mashg‘ulotlar aksariyat potok bо‘yicha amalga oshiriladi.
Bu yerda 4 yoshdan kichik bolalar uchun о‘quv-tarbiya muassasalari yо‘q. Bolalar yaslilari bor, lekin ular ta’lim vazirligi tasarrufida emas. Boshlang‘ich maktabning ikki yilida bolalarga о‘qish, yozish, hisoblash, rasm solish, о‘quv mehnatiga о‘rgatiladi. О‘quvning keyingi 6 yillik bosqichida bolalarga niderland tili, matematika, yozuv, tarix, geografiya, fizika, jamiyatshunoslik fanlari о‘qitiladi. Maxsus maktablarda ilohiyot darslari о‘qitiladi. Boshlang‘ich maktabning sо‘nggi bosqichida ingliz tili о‘qitiladi.
Bolalarning boshlang‘ich maktabdagi bilimi, aqliy va jismoniy rivojlanishiga qarab ota-onalar о‘rta maktab tanlaydilar.
beriladigan muassasalarga jalb etiladi. Lekin kо‘pincha, undan avval maktabgacha ta’lim muassasalarida о‘qish, yozish va hisob-kitob borasidagi ilk bilimlar beriladi. Shu bilan birga, kо‘p ingliz bolalari nodavlat tashkilotlari yoki xususiy maktablar tomonidan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim guruhlariga qatnaydilar. Bu guruhlarga maxsus boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari yoki amaliyotchi talabalar rahbarlik qiladi. E’tiborlisi, bu guruhlarda dastlabki bilim-kо‘nikmalarni shakllantirish bolalarni soat 9 00 dan kechki soat 4 00 gacha band qilgan holda kо‘proq qiziqarli tarzda, rivojlantiruvchi о‘yinlar orqali kechadi. Shu tariqa boshlang‘ich ta’lim maktabi yoshiga yetganda bolalar о‘qish, yozishni, sodda arifmetik amallarni bajarishni о‘rganib bо‘ladi.
Odatda 7 yoshidan bolalar e’tibori jiddiy ma’noda bilim olishga qaratiladi. Obrazli qilib aytganda, bunda rivojlantiruvchi о‘yinlar shaklida beriladigan bilimlarni egallashdan “haqiqiy ish” bilan mashg‘ul bо‘lishga о‘tiladi. Ushbu jarayonda boshlang‘ich (yoki tayanch) maktabi о‘quvchilar uchun qat’iy belgilangan holda dars jadvali tuziladi. Bunda birinchiо‘rinda arifmetika, о‘qish, insho yozish kabi darslar о‘rin olib, insho yozish kabi darslar о‘rin olib, ular bolalar boshlang‘ich maktabni bitirmaguncha, ya’ni 11 yoshga yetguniga qadar olib boriladi. Shuningdek, qо‘shimcha ravishda tarix, geografiya, tabiatshunoslik, jismoniy tarbiya, san’at, musiqa va suzish darslari ham jadvalga kiritiladi.
Britaniya maktablarida о‘quvchilar boshlang‘ich ta’limni ola boshlagach, ma’lum muddatdan sо‘ng bilim darajasiga qarab A, B, C, D guruhlariga bо‘lingan holda о‘qishni davom ettiradi. Bunday saralash ham davlat, ham xususiy boshlang‘ich ta’lim maktablarida amalda ekan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi yakunlanadigan 4-yil oxirida (ya’ni, 11 yoshga tо‘lganida) о‘quvchilar keyingi bosqich taqdirinigina emas, balki ularning bо‘lajak kasbini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadigan saralash imtihonlarini topshirishadi. Lekin sо‘nggi vaqtlarda soha mutaxassislari tomonidan bu imtihonlarni bekor qilib, о‘quvchilarni navbatdagi bosqich – umumiy о‘rta ta’limga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qamrab olish fikri ilgari surilmoqda.
Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning eng muhim muammolaridan yana biri – zamonaviy texnik vositalardan unumli foydalanishdir. Zero, ta’lim-tarbiya zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etib boradigan uzluksiz jarayondir. Buning uchun о‘qituvchi-murabbiylarga zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizdagi
qariyb barcha umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter texnikasi, multimedia vositalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan, har bir о‘qituvchining “Ziyonet” axborot-ta’lim portali orqali internetga ulanishi, kerakli ma’lumotlarni qidirish, ularni qayta ishlash va ta’lim jarayoniga samarali tadbiq etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
О‘qituvchi muntazam ravishda о‘z malakasi, bilim va mahoratini qо‘shimcha adabiyotlar, meodik qо‘llanmalar, sohaga oid yangiliklar hamda ish tajribalarini о‘rgangan holda oshirib borishi zarur. Bu borada internetning ham katta о‘rni bor.
kunda yurtimizda elektron resurslar, adabiyotlar, darslik va metodik qо‘llanmalarning katta bazasi shakllantirilgan. Jumladan, Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu.uz sayti orqali ta’lim sohasidagi eng sо‘nggi yangiliklar qabul qilingan qonun, yuridik hujjatlar va boshqalar haqida tezkor ma’lumotlarga ega bо‘lish mumkin. Shuningdek, www.ziyonet.uz , www.kitob.uz , www.fikr.uz saytlarida ham pedagog-murabbiylar uchun kо‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Respublika bolalar kutubxonasining veb-sahifasida ham pedagoglarning darsga tayyorgarlik kо‘rishida asqotuvchi kо‘plab ma’lumotlarni kо‘rish mumkin. Ayniqsa, veb- sahifada boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari uchun ham zarur bо‘ladigan elektron darsliklar, uslubiy qо‘llanmalar va boshqa adabiyotlar, tavsiyalar mavjud. 1-4 sinflar uchun elektron о‘quv darsliklari, uslubiy tavsiyalar, dars ishlanmalari, turli sana va bayramlar uchun tadbir ssenariylari, shuningdek, о‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, ertaklar eng qulay variantlarda berilgan.
Bundan tashqari, veb-saytlarda Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni о‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-1875-qaroriga binoan ingliz tilini о‘rgatishga doir elektron qо‘llanmalar, dastur va qiziqarli о‘yin mashg‘ulotlari, test tо‘plamlari, ingliz tilidagi ertaklarini uchratish mumkin. Hozirda deyarli barcha joylarda internetdan samarali foydalanib, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etayotgan kо‘plab boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari topiladi. Inson ma’lumotlarning 80 foizini kо‘rish, 15 foiziga yaqinini eshitish va qolgan 5 foizini maza-ta’m bilish sezgi a’zolari orqali qabul qiladi. Tasvirlar esa bu ma’lumotlarni yodda saqlab qolinishini osonlashtiradi. Bunda zamonaviy boshlang‘ich ta’limning eng muhim muammolaridan. YA’ni ta’lim berishning zamonaviy vositasi – elektron interaktiv doskalar (EID)dir. Ushbu elektron doskalar dars jarayonida interfaol muhitni shakllantirib, darslarni yanada qiziqarli va kо‘rgazmali tarzda о‘tish imkoniyatlarini kengaytiradi. Texnologiyalar shiddat bilan ilgarilayotgan bir paytda bolalar mobil telefon, kompyuterdan bemalol foydalana oladi. Shuning uchun elektron interaktiv doskada ishlash о‘quvchi tomonidan ancha tez о‘zlashtiriladi. Hamma gap о‘qituvchilarning ushbu zamonaviy uskunadan maqsadli foydalana olishida. Undan unumli foydalanishi uchun о‘qituvchi, avvalo, kompyuterdan foydalanishni bilishi lozim. Ushbu doskaning dasturiy ta’minoti о‘quvchilarni dars jarayonida yanada faolroq jalb etadigan va yangi mavzu bо‘yicha bilimlarni tezroq о‘zlashtirishga yordam beradigan noyob uslubiy materiallarni yaratish imkoniyatini beradi. Interaktiv doska maxsus elektron qalam (stilus, marker) yordamida, shuningdek, qо‘l barmoqlari bilan ham boshqarilishi mumkin, ya’ni ular sichqoncha vazifasini bajaradi. Har bir maktabning о‘z dasturlovchi mutaxassisi bо‘lishi kerak. Negaki, elektron doska yordamida о‘tiladigan dars muayyan dasturga asoslanadi. Elektron doska imkoniyatlari shunisi bilan kengki, uning yordamida faqatgina dars о‘tish emas, balki multfilmlar, filmlar tomosha qilish, ya’ni videomateriallar bilan ishlash mumkin. Bola elektron doskada amallarni bajarar ekan, о‘tilgan mavzuni qanchalik tushunganini bilib olsa bо‘ladi.
Boshlang‘ich sinfda olingan bilimlar ta’limning keyingi bosqichi uchun poydevor bо‘lishi sababli, boshlang‘ich sinf о‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklanadi. Ularni darsga tez va oson qiziqtirishda zamonaviy texnologiyalar samarali vositadir. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib dars о‘tish о‘quvchining dars davomida faol qatnashishining muhim omilidir.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasiga katta e’tibor qaratgan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadi. Bunda nafaqat ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, balki u yerda о‘g‘il- qizlarga saboq berayotgan pedagog-mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalaridan yetishib chiqayotgan bо‘lajak о‘qituvchi-murabbiylarning о‘z sohasining malakali egasi bо‘lishlari uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi keskin raqobat muhitida faqatgina izlanuvchan, eng sо‘nggi yangiliklar va yutuqlardan boxabar bо‘lgan о‘qituvchigina о‘z oldida turgan ulkan vazifalarni ado etishi, xalqimiz orzu qilgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda о‘zining beqiyos hissasini qо‘sha olishi mumkin. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, internet va albatta ilg‘or tajribalar ularning eng yaqin yordamchisiga aylanishi muhim.
Download 332.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling