Zamonaviy tarelkasimon ta`minlagichlar Reja : Ta`minlagichlar
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqzamonaviy tarelkasimon ta`minlagichlar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Likopsimon ta’minlagichlar.
Novli ta’ minlagichlar
Novli ta`minlagichlar mayda va o‘rta yirik materiallarni uzatish uchun qo‘llaniladi. Novli ta’minlagichramadan va unga uzatmali qurilma hamda osma nov o‘matilgandan tashkil topgan. Uzatmali qurilma elektrodvigateldan reduktordan novga birlashtirilgan shatunlar bilan ikkita krivoshiplardan tashkil topgan. Novli ikki juft g‘ildirakchalarga tayanadi, u orqali qaytma- ilgarilanma harakatida chinigadi. G‘ildirakchalar o‘qi ramaga mahkamlangan uchburchakli metall plastinkalarga o‘rnatilgan. Novning chiqish qismida surilma o‘rnatilgan bo‘lib, uning ko‘tarilishi yoki tushirilishi chambarak vositasida amalga oshiriladi. Surilma novdan materialning chiqishini boshqarishga imkon beradi. Novli ta’minlagichning ishlashi quyidagicha amalga oshiriladi: Novning ilgarilanma harakatida materialning bir qismi o‘rada ta’minlanayotgan maydondan olib chiqiladi, materialning teskari yurishida esa novdan tashlanadi. Likopsimon ta’minlagichlar. Likopsimon ta’minlagichlar mashinalarga mayda maydalangan materiallami uzluksiz uzatish uchun va kukunsimon materialllarni hajmli me’yorlash uchun qo`llaniladi. Likopsimon ta’minlagich sochiluvchan materiallar bilan bunker ostiga mahkamlangan silindrikli quvurlardan va elektrodvigateldan tishli yoki qo‘chqaroqli o‘tkazgich orqali harakatga keltiriladigan gorizontal diskdan tashkil topgan. Donador yoki kukunsimon material konus shaklidagi diskga bunkerdan to‘kiladi, uning o‘lchamlari ushbu materialning tabiiy qiyalik burchagi ya ta’minlovchi quvurlardan diskgacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. Ta’ minlagich diskining aylanishida unda mavjud bo‘lgan materialning bir qismi pichoq bilan yuklanadigan novga tashlanadi. Bir marotaba diskning aylanishida uzatiladigan materialning miqdorini quyidagi ikkita uslub bo‘yicha boshqarish mumkin. 1-uslub bo‘yicha boshqarilish ko‘tarilish yoki quvurga kiygizilgan qo‘zg‘aluvchan halganing tushirilishi bilan bajariladi. Maxovik , burama va richagli ayri yordami bilan halqani yugoriga ko‘tarib, diskga materialning konusini va uning uzatilishini ko‘paytirish mumkin; halqani pasaytirib, materialning konusini va uzatishni eng kichik miqdorgacha tushirib kamaytirish mumkin. Diskdan materialning tashlanishi burchak ostida o‘matilgan pichoq vositasida amalga oshiriladi. Diskning har bir aylanishida pichog materialni halqaning pastki diametrini aniqlaydigan silindr hajmidan ayirib olib, kesik konusning hajmiga teng qabul qiluvchi halqaga tashlaydi va qirqadi. Pichogning uskunasini boshgarib. tashlanadigan materialning halqasini enini va ta’minlagichning ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish mumkin. Osma tipidagi likopsimon ta’minlagich sement ishlab chigarish va boshqa zavodlarda qo'llaniladi.Ushbu ta’minlagich elektrodvigateldan ichiga o'matilgan va go‘chqaroqli reduktorlardan harakatga kelfiriladi. Massa diskga uzatiladi. Likopsimon ta’minlagich diskining aylanishlar soni ta’minlagich likopida materialning ishqalanish kuchlari va likop keskin aylanma tezligiga erishganda materialni tashlashga intiladigan markazdan qochma kuchlari nisbati bo'yicha aniqlanadi. Markazdan qochma kuchlar ishqalanish kuchlaridan oshmasligi zarur: mv²/R m/sek, g —og‘irlik kuchining tezlashishi, g = 9,81 m/sek²; R - likopdagi material konusining eng katta radiusi, m; n —likopning aylanishlar soni, ayl/sek, f— lipokning yuzasida materialning ishqalanish koeffitsienti. ƒ= 0,3 bolsa Ta’minlagichning ishlab chiqarish samaradorligi likopning aylanishlar sonidan va pichogni bir marotaba aylanishida qirqadigan materialning hajmidan bog‘ liqlikda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Q = [ 𝜋h/3·(R² +r²+ Rr) - 𝜋𝑟²h] · 3600ƴn h -material halgasining balandligi; R-kurak bilan qirqiladigan materialning asos halqasining tashqi radiusi, .r- materialning olinadigan halqasining yugori cheti radiusi,; n - likopning aylanishlar soni, ayl/sek,Ƴ-materialning hajmiy massasi, kg/m’. Likopning validagi va ta’minlagichning uzatmasi uchun zarur bo‘lgan quvvat uncha ko‘p emas va: N=Pvk- (1 + cos β)·ƒ vt; P- disk bo‘yicha materialning harakatida sodir bo‘ladigan ishqalanish kuchi, »; v -tashlanadigan materialning harakat tezligi, m/sek; k - qo‘shimchaqarshiliklar koeffitsienti; β- kurak bilan tashlanadigan materialning burchagi; ƒi - kurak vuzasida materialning ishgalanish koeffitsienti . Foydalanilgan adabiyotlar 1. Z.M. Sattorov. Qurilish industriyasining texnologik uskunalari 2. Sattorov Z.M., Rizaev AJ. Qurilish industrivasining mexanik uskuna va mashinalarini texnologik yangilash hamda modemizatsiya qilishda hisoblash Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling